35
1-izoh.
Rovon o‘qish ko‘nikmasi uch bosqichda shkalaga solingan edi. Birinchi bosqichda, faqat o‘qish
savodxonligiga doir topshiriqlar shkalaga solingan.Ikkinchi bosqichda, mazkur o‘qish savodxonligiga
doir topshiriqlar tugatilgan va topshiriqning mutanosibligi rovon o‘qish bo‘yicha berilgan topshiriqlar
ta’sirida o‘zgarmaydigan qilib baholandi.
Uchinchi bosqichda, rovon o‘qish bo‘yicha berilgan topshiriqlar
shkalalash tartibiga kiritildi va topshiriqning mutanosibligi baholandi. Rovon o‘qish bo‘yicha berilgan
topshiriqlar topshiriq tili orfografiyasini aks ettirgani bois, baholash dasturida bunday topshiriqlar boshqa
topshiriqlarga qaraganda ishtirokchi mamalakatning o‘ziga xosligi va tili bilan bog‘liqligi ko‘proq
sezilib
turishi kutilgan edi.
Matnlar
O‘qish o‘quvchiga mutolaa qilishi uchun biror material bo‘lishini taqozo etadi.
Baholash jarayonida, ya’ni ma’lum topshiriqga tegishli matn yoki bir necha matnlar
ko‘rinishidagi materialda o‘quvchi topshiriqda qo‘yilgan savolga javob berishi va
topshiriqni tushunishi uchun yetarlicha ma’lumot bo‘lishi kerak. Garchi matnlar
turli
ko‘rinishda bo‘lishi va har qanday baholash jarayonida matnlardan (materiallardan)
foydalanish kerakligi ma’lum bo‘lsada, o‘quvchi ishlashi mumkin bo‘lgan turli
matnlarning yagona tanlangan formati majvud emas edi. Raqamli vositalarni
yaratilishi, (ayrimlari keyingi o‘n yillikda yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan) yangidan-
yangi formatdagi matnlar va matn ko‘rinishidagi kommunikatsiya xizmatlarining
mavjudligi bois, masala yanada murakablashdi. 3-shaklda PISA 2009 va PISA 2015
tadqiqotlarida qo‘llanilgan tasnif ko‘rsatilgan.