27
Jarayonlar
O‘qish savodxonligini tashkil qiluvchi “aqliy (kognitiv) jihatlari” tasnifi PISA
tadqiqotlari tomonidan XXI asrning boshlarida ishlab chiqilgan (OECD, 2000[24]).
PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasida mazkur jihatlarning qayta ko‘rib
chiqilishiga kamida uchta asosiy sabab mavjud:
a) O‘qish savodxonligi ta’rifi matn va o‘qish bilan bog‘liq turli va murakkab
vaziyatlarning tobora ko‘payib borayotganini,
bosma va raqamli shakldagi
matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning sonini tobora oshib borayotganini,
jamiyatda insonlarning savodxonlik darajasini oshib borayotganini va ta’lim
tizimining takomillashuvini aks ettiradi. Mazkur rivojlanishlar silsilasi
qisman raqamli informatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi va ayniqsa
internetdan foydalanish ko‘lamining kengayib borishi bilan bog‘liqdir.
b) PISA 2018 qamrov doirasi zamonaviy nazariyotda qo‘llaniladigan
terminologiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qish savodxonligi ilmiy konseptual
modelini ishlab chiqishni takomillashuvini ham aks ettiradi. Izlanishga oid
adabiyotlar sonini
oshib borishini inobatga olib, o‘qishni tashkil qiladigan
bilish jarayonlarini aniqlashda qo‘llaniladigan lug‘atni yangilash talab etiladi.
c) Vanihoyat, qamrov doirasida tasvirlangan jihatlarning qisqacha ta’rifi va
keng miqyosdagi xalqaro baholash qamrov doirasining alohida jihatlarining
cheklangan imkoniyatlari orasidagi kerakli muvozanatni qayta baholash talab
etiladi. O‘qish savodxonligi qamrov doirasining bunday qayta baholanishi
asosiy mazmun sohasi o‘qish savodxonligi hisoblangan PISA 2018 tadqiqoti
konteksti uchun tegishlidir.
2018-yilgi qamrov doirasida uning avvalgi sonlarida qo‘llanilgan “aqliy jihatlar”
iborasi (yuqorida tasvirlangan o‘qish savodxonligi jarayonlari
bilan almashtirib
yubormaslik uchun) “bilish jarayonlari” iborasi bilan almashtirildi. “Bilish
jarayonlari” iborasi o‘qish psixologiyasi tadqiqotlarida qo‘llanilgan terminologiya
va o‘quvchi ko‘nikmalari va samaradorligi ta’rifi bilan bilan mos tushadi. “Jihatlar”
termini turli xil topshiriqga qo‘yilgan talablar (ya’ni, ma’lum turdagi savollarga
qo‘yilgan talablar) bilan o‘quvchining haqiqiy bilish jarayonlarini chalkashtirib
yuborishi mumkin. O‘qish jarayonlariga nisbatan ishlatilgan ta’rif 2018-yilgi qamrov
doirasiga mazkur jarayonlarini topshiriqlar tipologoyasida aks ettirish imkonini
beradi.
O‘qish savodxonligiga oid ilgari surilgan so‘nggi nazariyalar “o‘qish jarayoni
bo‘shliqda (yolg‘iz o‘zi, alohida tartibda) amalga oshirilmaydi”
degan faktni
tasdqilaydi (Snou va RAND Corporation, 2002[18]; Makkruden va Shrou, 2007[52];
Rouet and Britt, 2011[53]). Darhaqiqat, insonlar kundalik hayotida ma’lum maqsad
28
va sabab bilangina mutolaa qiladi (Uayt,
Chen va Forsayt, 2010[54]). Aqliy ko‘nikma
sifatida o‘qish o‘quvchilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarida kerakli
bo‘lgan muayyan o‘qish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Biror maqsadni qo‘yish va unga
erishish nafaqat o‘quvchining matnli ma’lumotlar bilan ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini
kuchaytiradi, balki ko‘p matnli topshiriqlar ichidan o‘ziga keraklisini saralab, o‘qish
ishtiyoqini ham belgilaydi (Britt and Rouet, 2012[46]; Goldman, 2004[55]; Perfetti,
Rouet va Britt, 1999[56]).
Mazkur qamrov doirasida belgilab qo‘yilganidek, o‘qish
savodxonligiga erishish
uchun inson turli hil jarayonlarni bajarishi talab etiladi. Ushbu jarayonlarni
samarali bajarilishi, o‘z navbatida, o‘quvchidan bu jarayonlarni amalga oshirishda
kerak bo‘lgan aqliy ko‘nikmalar, strategiyalar va motivatsiya talab etiladi.
PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasi o‘qish savodxonligining maqsadga
yo‘naltirilganlik va matnlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarning o‘ziga
xos xususiyatlarini
e’tiborga oladi (Makkruden va Shrou, 2007[52]; Vidal-Abarca, Mañá va Gil,
2010[57]). Natijada, o‘qish jarayonining o‘ziga xos jihatlarining avvalgi tipologiyasi
(OECD, 2000[24]) qayta ko‘rib chiqildi va o‘quvchilar ma’lumotlar xususiyati va
topshiriqlar kontekstidan kelib chiqib, biror ko‘nikmalarni egallashlari mumkin
bo‘lgan turli jarayonlarni yanada yaqqol namoyon qilish uchun kengaytirildi.
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘qish jarayonlarining ikkita keng qamrovli
jihatlariga PISA 2018 tadqiqotlarida aniqlik kiritildi. Bular matn ma’lumotlari bilan
qayta ishlash va topshiriq bilan ishlay olish ko‘nikmasi (2-rasm).
Dostları ilə paylaş: