Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligi jamiyatda ishtirok etish, o‘z bilim va ichki 
imkoniyatlarni rivojlantirish, oldinga qo‘yilgan maqsadlariga 
erishishdir.
Bu ibora xususiy maktabdan davlat ta’lim maktablarigacha, maktablardan 
ishxonalargacha va rasmiy ta’lim olishdan tortib butun umr o‘rganish va faol fuqaro 
bo‘lishgacha bo‘lgan barcha jabhalarda o‘qish savodxonligi qanday muhim ahamiyat 
kasb etishini anglatadi. “O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish” va “o‘z bilim va 
ichki imkoniyatlarini rivojlantirish” iboralari maktabni bitirish yoki ish topish kabi 
doim eslatiladigan va o‘z shaxsiy hayotini yaxshilash va uzaytirish va uzoq vaqt 
mobaynida ta’lim olishga intilish kabi kam ta’riflanadigan mujdalarga erishishga, 
o‘qish savodxonligi individual maqsadlarni bajarishga imkon beradi, degan tez-tez 
takrorlanadigan mulohazani anglatadi (Grey va Rogers, 1956[48]). Shuningdek
PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligi ta’rifi XXI asrda o‘qish savodxonligining 
yangicha turini namoyon qiladi. U o‘qish savodxonligini zamonaviy jamiyatning 
madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etish sifatida 
talqin qiladi. Bu yerda “ishtirok etmoq” so‘zi ishlatilgan, chunki bu so‘z zamirida 
o‘qish savodxonligi insonlarga jamiyatga o‘z hissalarini qo‘shishlari hamda o‘z 
ehtiyojlarini qondirishlariga imkon berishi nazarda tutilgan bo‘lib, “ishtirok etish” 
so‘zi ijtimoiy, madaniy va siyosiy bandlik yoki faollik kabi tushunchalarni o‘z ichiga 
oladi (Hofstetter, Sticht va Hofstetter, 1999[49]). Misol uchun, savodli insonlar 
muassasa va tashkilotlarda ishlashga ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi va ularga 
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘ladi (OECD, 2013[3]). Yuqori saviyadagi o‘qish 
savodxonligi yaxshi sog‘liq va jinoyatchilikni kamayishi bilan bog‘liqlini kuzatish 
mumkin (Morrisroe, 2014[50]). Shuningdek, ishtirok etish tanqidiy yondashuv, 
shaxsiy erkinlikka, mustaqillik va ishonchga tashlangan qadamdir (Lundberg, 
1991[51]).

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə