Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-rasm. O‘qish savodxonligini oshishiga ko‘maklashuvchi omillar



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

1-rasm. O‘qish savodxonligini oshishiga ko‘maklashuvchi omillar
topadi. Barcha aytib o‘tilgan uchala omil sohani to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi. 
PISA tadqiqotlarida topshiriqning murakkabligi matnning o‘ziga xos xususiyatlari 
va topshiriqning maqsadidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin bo‘lib, bu keyinchalik 
turli bilish jarayonlarini amalga oshirishni talab etadi. Shunday ekan, PISA 
o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash dasturi matn hajmini (o‘qiladigan 
material ko‘lamini) o‘zgartirish va mavzu jihatidan tegishli bir necha matnlar bilan 
bog‘liq vaziyatlar (o‘qishdan ko‘zlangan maqsad yoki o‘qish uchun talab etilgan turli 
vaziyatlar) yordamida o‘quvchilarning o‘qish jarayonlarini (o‘quvchilarning matnga 
nisbatan aqlan yondashuvi) boshqara olishini tekshirishga yo‘naltirilgan. Har bir 
o‘quvchining bilimi va o‘qish ko‘nimkasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladigan “o‘quvchi 
bilan bog‘liq omillar” mavjud bo‘lib, mazkur omillar aqliy jihatdan boshqarilmasdan, 
balki so‘rovnomada berilgan baholash mezonlari orqali amalga oshiriladi. 
Ushbu uch xususiyatlardan baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. 
Ya’ni, bu xususiyatlarning har biri qabul qiladigan qiymatlarni ham aniqlashi kerak. 
Bu test tuzuvchilarga o‘zlari foydalanadigan materialni va natijalarni talqin etish va 
ma’lumotlarni izohlashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan topshiriqlarni tasniflashga 
imkon yaratadi. 


27
Jarayonlar
O‘qish savodxonligini tashkil qiluvchi “aqliy (kognitiv) jihatlari” tasnifi PISA 
tadqiqotlari tomonidan XXI asrning boshlarida ishlab chiqilgan (OECD, 2000[24]). 
PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasida mazkur jihatlarning qayta ko‘rib 
chiqilishiga kamida uchta asosiy sabab mavjud:
a) O‘qish savodxonligi ta’rifi matn va o‘qish bilan bog‘liq turli va murakkab 
vaziyatlarning tobora ko‘payib borayotganini, bosma va raqamli shakldagi 
matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarning sonini tobora oshib borayotganini, 
jamiyatda insonlarning savodxonlik darajasini oshib borayotganini va ta’lim 
tizimining takomillashuvini aks ettiradi. Mazkur rivojlanishlar silsilasi 
qisman raqamli informatsion texnologiyalarning keng joriy etilishi va ayniqsa 
internetdan foydalanish ko‘lamining kengayib borishi bilan bog‘liqdir.
b) PISA 2018 qamrov doirasi zamonaviy nazariyotda qo‘llaniladigan 
terminologiyalar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qish savodxonligi ilmiy konseptual 
modelini ishlab chiqishni takomillashuvini ham aks ettiradi. Izlanishga oid 
adabiyotlar sonini oshib borishini inobatga olib, o‘qishni tashkil qiladigan 
bilish jarayonlarini aniqlashda qo‘llaniladigan lug‘atni yangilash talab etiladi. 
c) Vanihoyat, qamrov doirasida tasvirlangan jihatlarning qisqacha ta’rifi va 
keng miqyosdagi xalqaro baholash qamrov doirasining alohida jihatlarining 
cheklangan imkoniyatlari orasidagi kerakli muvozanatni qayta baholash talab 
etiladi. O‘qish savodxonligi qamrov doirasining bunday qayta baholanishi 
asosiy mazmun sohasi o‘qish savodxonligi hisoblangan PISA 2018 tadqiqoti 
konteksti uchun tegishlidir.
2018-yilgi qamrov doirasida uning avvalgi sonlarida qo‘llanilgan “aqliy jihatlar” 
iborasi (yuqorida tasvirlangan o‘qish savodxonligi jarayonlari bilan almashtirib 
yubormaslik uchun) “bilish jarayonlari” iborasi bilan almashtirildi. “Bilish 
jarayonlari” iborasi o‘qish psixologiyasi tadqiqotlarida qo‘llanilgan terminologiya 
va o‘quvchi ko‘nikmalari va samaradorligi ta’rifi bilan bilan mos tushadi. “Jihatlar” 
termini turli xil topshiriqga qo‘yilgan talablar (ya’ni, ma’lum turdagi savollarga 
qo‘yilgan talablar) bilan o‘quvchining haqiqiy bilish jarayonlarini chalkashtirib 
yuborishi mumkin. O‘qish jarayonlariga nisbatan ishlatilgan ta’rif 2018-yilgi qamrov 
doirasiga mazkur jarayonlarini topshiriqlar tipologoyasida aks ettirish imkonini 
beradi. 
O‘qish savodxonligiga oid ilgari surilgan so‘nggi nazariyalar “o‘qish jarayoni 
bo‘shliqda (yolg‘iz o‘zi, alohida tartibda) amalga oshirilmaydi” degan faktni 
tasdqilaydi (Snou va RAND Corporation, 2002[18]; Makkruden va Shrou, 2007[52]; 
Rouet and Britt, 2011[53]). Darhaqiqat, insonlar kundalik hayotida ma’lum maqsad 


28
va sabab bilangina mutolaa qiladi (Uayt, Chen va Forsayt, 2010[54]). Aqliy ko‘nikma 
sifatida o‘qish o‘quvchilarning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarida kerakli 
bo‘lgan muayyan o‘qish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Biror maqsadni qo‘yish va unga 
erishish nafaqat o‘quvchining matnli ma’lumotlar bilan ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini 
kuchaytiradi, balki ko‘p matnli topshiriqlar ichidan o‘ziga keraklisini saralab, o‘qish 
ishtiyoqini ham belgilaydi (Britt and Rouet, 2012[46]; Goldman, 2004[55]; Perfetti, 
Rouet va Britt, 1999[56]). 
Mazkur qamrov doirasida belgilab qo‘yilganidek, o‘qish savodxonligiga erishish 
uchun inson turli hil jarayonlarni bajarishi talab etiladi. Ushbu jarayonlarni 
samarali bajarilishi, o‘z navbatida, o‘quvchidan bu jarayonlarni amalga oshirishda 
kerak bo‘lgan aqliy ko‘nikmalar, strategiyalar va motivatsiya talab etiladi. 
PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasi o‘qish savodxonligining maqsadga 
yo‘naltirilganlik va matnlar ko‘rinishidagi ma’lumotlarning o‘ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga oladi (Makkruden va Shrou, 2007[52]; Vidal-Abarca, Mañá va Gil, 
2010[57]). Natijada, o‘qish jarayonining o‘ziga xos jihatlarining avvalgi tipologiyasi 
(OECD, 2000[24]) qayta ko‘rib chiqildi va o‘quvchilar ma’lumotlar xususiyati va 
topshiriqlar kontekstidan kelib chiqib, biror ko‘nikmalarni egallashlari mumkin 
bo‘lgan turli jarayonlarni yanada yaqqol namoyon qilish uchun kengaytirildi. 
Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak, o‘qish jarayonlarining ikkita keng qamrovli 
jihatlariga PISA 2018 tadqiqotlarida aniqlik kiritildi. Bular matn ma’lumotlari bilan 
qayta ishlash va topshiriq bilan ishlay olish ko‘nikmasi (2-rasm). 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə