Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Tegishli matnni izlab topish va saralash



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Tegishli matnni izlab topish va saralash. 
Yuqori saviyadagi o‘quvchi bir necha 
matnlar bilan ishlash jarayonida o‘ziga kerakli ma’lumotni saralay oladi. Elektron 
matnlar bilan ishlaganda esa, mavjud ma’lumotlar soni odatda o‘quvchi tomonidan 
tahlil qilinadigan ma’lumotlar sonidan ko‘p bo‘ladi. Bunday ko‘p matnli topshiriqlar 
bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar qaysi bir matnlar eng muhim, tegishli, to‘g‘ri 
yoki muvofiq ekanini haqida qaror qabul qilishlari kerak (Rouet va Britt, 2011[53]). 
Bu qarorlar o‘quvchilarning matnlarning sifatini baholash ko‘nikmalariga bog‘liq 
bo‘lib, bu esa veb link ichida berilgan ma’lumot kabi qisman va odatda noaniq 
ko‘rsatkichlardan tashkil topgan bo‘ladi (Gerjets, Kammerer va Werner, 2011[71]; 


31
Mason, Boldrin va Ariasi, 2010[72]; Naumann, 2015[36]; Rieh, 2002[73]). 
Shunday qilib, insonning qator matnlar ichidan kerakligini qidirib topib, saralay 
olish qobiliyati o‘qish savodxonligining ajralmas qismi hisoblanadi. PISA 2018 
tadqiqotlarida matnlarni izlab topish va saralash topshiriqlari sarlavhalar, birlamchi 
ma’lumotlar (masalan, muallif, vosita, sana) va qidirish natijalari kabi yashirin yoki 
ko‘rinarli linklar kabi matnning tasvirlovchi qo‘shimcha vositalaridan foydalanishni 
taqozo etadi.
Tushunish
Bir necha o‘qish faoliyatlari matn orqali berilgan ma’noni tushunish uchun 
matnning kengaytirilgan qismlarining tahlil qilishni va umumlashtirishni o‘z 
ichiga oladi. Matnni tushunish (shuningdek, matnni o‘qib-tushunish deb ham 
nomlanadi) o‘quvchining matnni nima haqida ekanligi haqida aqliy tasavvur 
qilish yoki Kintschning (1998[20]) fikricha, “vaziyat modeli” sifatida qaraladi. 
Vaziyat modeli ikki asosiy jarayonga asoslanadi. Ular 
matnning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ma’nosini xotirada gavdalantirish va tasvirlash va xulosa chiqarish 
jarayonlari 
orqali insonning avvalgi bilimlari bilan

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə