Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


matn mazmunini umumlashtirish



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

 matn mazmunini umumlashtirish
dir 
(McNamara va Magliano, 2009[42]; Zuan va Singer, 2003[21]).
Matnning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini xotirada gavdalantirish 
o‘quvchidan 
gaplarni yoki matnning qisqa parchalarini tushunish talab etiladi. So‘zma-so‘z 
tushunish topshiriqlari matn ichidagi birlamchi ma’no va saov o‘rtasidagi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri yoki ikkilamchi moslashuvni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi ma’lumotlarni qismlarga 
ajratgan holda tartibga soladi, to‘playdi yoki joylashtiradi. (E’tibor bering, matnning 
asosiy mazmunini aniqlash, matn parchalarini umumlashtirish yoki matnga mos 
sarlavha topish kabi butun matn bilan ishlanadigan topshiriqlar umumlashtiruvchi 
topshiriqlar sifatida qaraladi; quyida berilgan ma’lumotga qarang.)
Umumlashgan matnni 
hosil qilish butun-bir yaxlit matnning alohida gaplari 
darajasida ishlashni taqozo etadi. O‘quvchi sodda bog‘lovchi xulosalardan (anofora 
kabi) ancha murakkab bog‘lanishlargacha bo‘lgan (masalan, joy, vaqt, sabab yoki 
shart bog‘lanishli gaplar) turli xulosalarni hosil qiladi (van den Broek, Risden va 
Husbye-Hartmann, 1995[44]). Xulosalar matnning turli qismlari bir-biriga bog‘lashi 
mumkin yoki ular matnni savol bilan bog‘laydi. Vanihoyat, ba’zi topshiriqlarda 
o‘quvchidan xulosa chiqarish ham talab etilib, unda o‘quvchi matn uchun yetakchi 
sarlavha yoki nom topish uchun berilgan matnning yashirin asosiy g‘oyasini 
aniqlashi kerak bo‘ladi. Agar o‘quvchilar bir necha matnlar bilan ishlashiga to‘g‘ri 
kelsa, matnga oid xulosa chiqarish va umumlashtirish matnning turli qismlarida 
joylashgan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi ham mumkin (Perfetti, Rouet va 
Britt, 1999[56]). Matnning turli qismlari yordamida ma’lumotni umumlashtirishda 


32
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir o‘ziga xos muammo shundan iboratki, bu 
qismlar zid ma’noli yoki nomutanosib ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin. 
Bunday hollarda, o‘quvchilar yuzaga kelgan ixtilofni aniqlab, bartaraf etish uchun 
baholash jarayonini amalga oshirishi kerak (Braten, Shtromso va Brit, 2009[74]; 
Stadtler va Bromme, 2014[75]).

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə