Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Baholash va mulohaza yuritish



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Baholash va mulohaza yuritish
Qobiliyatli o‘quvchilar matndan anglashilgan yoki matnning so‘zma-so‘z 
ma’nosidan boshqa ko‘chma ma’nolarini ham tushunishlari kerak. Ular matnning 
shakl va mazmuni ustida mulohaza yuritishlari va u yerda berilgan ma’lumotning 
yaroqliligi va sifatini tanqidiy baholashlari mumkin. 
Matnning sifati va ishonchliligini baholash. 
Qobiliyatli o‘quvchilar biror matnda 
berilgan ma’lumotnining yaroqliligi va sifatini ya’ni unda keltirilgan ma’lumot 
yaroqli, so‘nggi ma’lumot ekanini, to‘g‘ri va/yoki mavhum emasligini baholashlari 
mumkin. Mukammal baholash odatda o‘quvchidan ma’lumot manbaasini, yani 
muallifning iqtidori, yaxshi habardorligi va ijobiy xarakterga egaligini aniqlash va 
baholashni talab etadi.
Matn shakli va mazmuni ustida mulohaza yuritish.
 
Shuningdek, qobiliyatli 
o‘quvchilar yozuv usuli va sifati ustida ham mulohaza yuritishi kerak. Bu 
mulohazada yozuvning (yozma ma’lumotning) shaklini baholashni va matnning 
shakli va mazmuni bir-biriga qanday mos kelishi va muallifning maqsadlari va 
dunyoqarashini qay darajada ifoda qilishini baholashni o‘z ichiga oladi. Mulohaza 
yuritish matndan anglashilgan ma’lumot insonning o‘z tajriba va tushunchalariga 
hamda aql-shuuriga qanchalik mos kelishini tushunishi uchun uning matndan 
tashqaridagi bilimi, fikr-mulohazalari yoki munosabatlaridan foydalanishni taqozo 
etadi. Mulohaza yuritishga chorlaydigan mavzular o‘quvchidan turli fikrlar yoki 
mulohazalarni taqqoslash, zidlash yoki tushuntirishi uchun kerakli tajriba yoki 
bilimlariga tayanishni taqozo qiladi. Baholash va mulohaza yuritish doim o‘qish 
savodxonligining ajralmas qismi bo‘lib kelgan, ammo o‘quvchi bugun o‘zi duch 
kelyotgan turli ma’lumotlar sonini ko‘payib borishi bilan ularning ahamiyati ham 
oshib bormoqda.
Kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish.
 
O‘quvchi mazmunan bir-biriga zid 
bo‘lgan bir necha matnlar bilan ishlaganda, ular orasidagi ixtilofni ham inobatga 
olib, uni bartaraf etish yo‘llarini topishi kerak (Britt va Rouet, 2012[46]; Shtadler 
va Brom, 2013[76]; 2014[75]). Ziddiyatni odatiy hal etish o‘quvchidan tegishli 
manbaalarga nisbatan o‘ziga xos yondashuvni qo‘llashni va manbaalarning 


33
yaroqliligi va/yoki da’volarning to‘g‘riligini baholashni talab etadi. Bu ko‘nikmalar 
o‘quvchilarning zamonaviy o‘qish tarzi bilan bog‘liq bo‘lgani bois, 15 yoshli 
o‘quvchilarning matnlarni tushunish, qiyoslash va talqin etish bilan yuzaga keladigan 
murakkabliklarni aniqlash uchun muhim vositadir (Braten va boshqalar, 2011[77]; 
Koiro va boshqalar, 2008[47]; Goldman, 2004[55]; Leu va boshqalar, 2015[12]; 
Mason, Boldrin va Ariasi, 2010[72]; Rouet va Britt, 2014[78]).

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə