Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Topshiriqlar
Har bir vaziyat (ssenariy) bir yoki bir necha topshiriqlardan iborat. Har bir 
topshiriqda o‘quvchilarga an’anaviy, o‘qib-tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga 
mo‘ljallangan topshiriqlardan (ma’lumotlarni topish, xulosa chiqarish)dan tortib 
qator matnlarda berilgan ma’lumotlar bilan ishlash yoki veb sahifa natijalarini 
baholashi, murakkab matnlarni umumlashtirishi va tahlil qilishi kabi qator 
murakkab matnlargacha berilishi mumkin. Har bir topshiriq qamrov doirasida 
belgilab qo‘yilgan bir yoki bir necha jarayonlarni baholashga mo‘ljallangan. 
Vaziyatli topshiriqlar o‘quvchilar qobiliyatini tekshirish maqsadida soddadan 
murakkablikka qarab tartibga solingan. Misol uchun, o‘quvchiga u qidiruv natijasi 
asoslanib, ma’lum hujjatni (materialni) topishi kerak bo‘lgan birlamchi topshiriqlar 
berilishi mumkin. Ikkinchi topshiriqda o‘quvchiga berilgan matnda aratib 
ko‘rsatilgan ma’lumotga oid savolga javob berishi talab etilishi mumkin. Vanihoyat, 
uchinchi topshiriqda o‘quvchidan birinchi matndagi muallifning fikr-mulohazalari 
ikkinchi matndagi fikr-mulohazalar bilan o‘xshashligini aniqlash talab etiladi. 
Har bir holatda, ushbu topshiriqlar shunday tashkillashtirilganki, agar o‘quvchi 
birinchi topshiriqda so‘ralgan to‘g‘ri ma’lumotni topa olsa, keyin unga ikkinchi 
topshiriqni bajarishi uchun to‘g‘ri ma’lumot taqdim etiladi. Shu tarzda, murakkab 
ko‘p jihatli ssenariylar (vaziyatlar) “barchasi yoki hech biri” qonuniyati asosida 
shakllantirilmasdan, balki bir qator amaliy topshiriqlar berish bilan o‘quvchining 
turli darajadagi qobiliyatini uch tomonlama baholash imkonini beradi. Shunday 
ekan, PISA 2018 o‘qish savodxonligini baholash dasturida ssenariylar va topshiriqlar 
avvalgi baholash dasturlarida qo‘llanilgan modul va topshiriqlarga bilan o‘xshash. 
Ssenariy shaklida baholash jarayonlari o‘quvchining an’anaviy va biror vaziyatga 
asoslanmagan baholash tizimiga qaraganda birmuncha haqqoniy vaziyatlarda 
berilgan, savodxonlikni rivojlantirishga doir materiallardan foydalanishi va o‘zi 
hayotda uchratishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga monand usulda tashkillashtirilgan. 
U o‘quvchiga yechishi uchun real muammo va masalalarni taqdim etib, unda 
o‘quvchi yuqori darajadagi o‘qish va mulohaza yuritish ko‘nikmlalarini ishga soladi 
(O‘Reilly va Sabatini, 2013[86]). 
Ssenariylar PISA tadqiqotlarida tabiiy ravishda kengaytirilgan, an’anaviy 
va modul asosli yondashuvni aks ettiradi. Ssenariy asosli yondashuv PISA 2012 
muammolarni yechish va PISA 2015 birgalikda muammoni yechish ko‘nikmalarini 
baholash dasturida qo‘llanilgan. B-ilovaning 2-4 topshiriqlari murakkab topshiriqli 
namunaviy ssenariylarni aks ettiradi.


43

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə