Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Matn formati
Matnlarni tasniflashning muhim usuli hamda PISA 2000 qamrov doirasining 
asosiy tuzilishi va baholash mezonlari yirik hajmli va kichik hajmli matnlarni bir-
biridan ajrata olishdir. Yirik hajmli matnlar odatda gaplardan iborat bo‘lib, ular, o‘z 
navbatida, bir necha satr boshidan tashkil topgan bo‘ladi. Bular bo‘limlar, boblar va 
kitoblar kabi yanada kattaroq qismlarga ajratilishi mumkin. Kichik hajmli matnlar 
ko‘p hollarda bir necha jadvallardan iborat jadvalli shakllardan tashkil topadi. Yirik 
va kichik hajmli matnlar statik yoki faol matnlarga ajratiladi. Aralash va murakkab 
formatli matnlar ham statik matnlar bo‘lishi mumkin, ammo ko‘p hollarda ular faol 
matn ham bo‘lishi mumkin. Mazkur to‘rt formatdagi matn haqida quyida batafsil 
ma’lumotlar beriladi. Boshqa matn ko‘rinishida bo‘lmagan materiallar ham statik 
va faol matnlar bilan birga qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda statik matnlarda suratlar 
va grafik tasvirlardan foydalaniladi va bu ularning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Videolar, animatsiyalar va audio fayllar kabi o‘zgarmas tasvirlarni ko‘pincha faol 
matnlarda uchratish mumkin va bular ham faol matnlarning ajralmas qismi 
sifatida tavsiflanadi. O‘qish savodxonligini baholash dasturiga keladigan bo‘lsak, 
PISA tadqiqotlarida matn formatida bo‘lmagan materiallardan foydalanilmaydi, 
ammo umuman olganda, istalgan bunday materiallarni PISA tadqiqotlarida yozma 
shaklda bo‘lmagan matn qismi sifatida uchratish mumkin. Shunday bo‘lsada, 
amalda, hozirgi baholash dasturlarida video va animatsiyadan foydalanish darajasi 
cheklangan. Quloqchinlar va audio materiallarning tarjima variantlari kabi 
qo‘shimcha shartlarni talab etgani bois, tadqiqotlar doirasida audio materiallardan 
umuman foydalanilmaydi.
Yirik hajmli matnlar 
Yirik hajmli matnlar bir necha paragraflardan (satr boshidan) tashkil topgan 
bo‘ladi. Yirik hajmli matnlarga misol qilib gazeta yangiliklari, insholar, asarlar, 
qisqa hikoyalar, taqrizlar va xatlarni olish mumkin. O‘zining grafik yoki tasviriy 
xususiyatiga ko‘ra, matn bo‘shliq (masalan, xat boshi) va tinish belgilari yordamida 
gaplar va paragraflarga ajratilgan holda tuziladi. Shuningdek, o‘quvchilarga 
matnning tuzilishi tushunarli bo‘lishi uchun u sarlavha va mundarija yordamida 
bosqichma-bosqich tartibda tuzilgan bo‘ladi. Matndagi bunday ishoralar ham 
matnni tugallanganini ko‘rsatadi (masalan, gap oxirida nuqta qo‘yish shular 
jumlasidan). Ma’lumotlar kursiv va qalinlashtirilgan, satr hoshiya va andazasi kabi 
turli shrift o‘lchamlari va turlari kabilardan foydalanib joylashtiriladi. Tipografik 
va format imkoniyatlaridan foydalanish ham samarali o‘qish uchun kerakli 
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Kirish so‘zlari ham ma’lumot tuzilishining o‘ziga xos 


40
xususiyatlaridan biridir. Misol uchun, ketma-ketlikni (tartibni) ifodalovchi kirish 
so‘zlar (“birinchidan”, “ikkinchidan”, “uchinchidan”, va shu kabilar) matndagi 
ma’lumotlarni bir-biriga mazmunan bog‘langanini ko‘rsatadi. Sabab bog‘lovchilari 
(“shuning uchun,” “shu sababli”, “binobarin” va hakazo) matn qismari o‘rtasida 
sabab-natija munosabatlarini ko‘rsatadi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə