Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Topshiriq bilan ishlash jarayonlari



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Topshiriq bilan ishlash jarayonlari
Biror topshiriq bilan bog‘liq vaziyatda, shuningdek, ko‘pgina kundalik o‘qish 
bilan bog‘liq holatlarda (Uayt, Chen va Forsayt, 2010[54]) o‘quvchilar matnlar 
bilan ishlaydi chunki matnlar bilan ishlash ular uchun berilgan topshiriq yoki 
tashqi ko‘rsatma bo‘lishi mumkin. O‘qish savodxonligi insonning ma’lum vaziyatda 
o‘qishdan maqsad-muddaosini aniqlaydi, o‘z oldiga topshiriqni bajarish bilan bog‘liq 
biror maqsad qo‘yishni, maqsadlarga nisbatan erishgan muvaffaqiyatini nazorat 
qilib borishni, o‘z maqsadlarini o‘zlari belgilashlarini va buning uchun qanday 
strategiyadan foydalanishini aniq ko‘rsatib beradi (Mustaqil o‘qish savodxonligiga 
oid muhokamalar uchun Haker (1998[79]) va Uin va Haduin, (1998[80]) kabilarga 
qarang). 
Topshiriqqa yo‘naltirilgan maqsad deganda o‘quvchilarni matndan topshiriqqa 
tegishli bo‘lgan so‘z va/yoki kerakli kalit so‘zlarni qidirishiga aytiladi (Makkruden 
va Shrou, 2007[52]; Rouet va Britt, 2011[53]; Vidal-Abarca, Mañá va Gil, 2010[57]). 
Vaniyoyat, nazorat qilib borish bilan birga o‘qish mobaynida o‘quvchi o‘z oldiga 
yangidan-yangi maqsadlarni belgilab boraveradi. Topshiriq matn bilan ishlash 
orqali bajariladi. Bu esa ma’lumotlarni turli yo‘sinda ichki aqliy imkoniyatlar 
yordamida qayta ishlashni taqozo etadi. 
O‘quvchining topshiriq shartlarini mustaqil tarzda talqin qila olishi topshiriqni 
bajarilish jarayoni uchun muhim bo‘lgani bois, o‘quvchining o‘qishdan oldiga qo‘ygan 
maqsadi topshiriqni bajarish uchun berilgan yaqqol ko‘rsatmasidan boshqacha 
bo‘lishi mumkin chunki maqsadlar insonning o‘z qiziqishlari va tashabbuslari 
asosida o‘z-o‘zidan belgilanib boraveradi. Shunday bo‘lsa-da, PISA o‘quvchilarning 
o‘qish savodxonligini baholovchi xalqaro dastur o‘quvchilar berilgan topshiriqni 
bajarishlari uchun tashqi ko‘rsatmalar asosida shakllanadigan maqsadlarga e’tibor 
qaratadi. Bundan tashqari, joriy etishda mavjud cheklovlar tufayli, topshiriqni 
bajarish jarayonlari ifoda qilinadi, ammo PISA 2018 tadqiqotlarining bir qismi 
sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mustaqil ravishda baholanmaydi. Shunga qaramasdan
asosiy so‘rovnoma o‘quvchining o‘qish savodxonligi strategiyasidan habardorligini 
tekshiradi. Kelasida nashr qilinishi mumkin bo‘lgan sikllarda o‘quvchilarning 
topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini baholash sifatida kompyuterda bajarilgan 


34
savollarni tahlil qilish (masalan, topshiriqni bajarish mobaynida o‘quvchi matnning 
muayyan sahifasini necha marotaba va qancha vaqt oralig‘ida o‘qishi yoki o‘quvchi 
savolga necha marotaba nazar tashlashi kabi) ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilishi 
mumkin.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə