Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-shakl. PISA 2009, 2012 va 2015 o‘qish savodxonligi qamrov



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

3-shakl. PISA 2009, 2012 va 2015 o‘qish savodxonligi qamrov
doirasida berilgan matnlarni tasniflashda qo‘llanilgan xususiyatlar
Matnlarni tasniflashda avvalgi qamrov doirasiga (2009) qo‘llanilgan to‘rtta 
asosiy mezon: 
1) Matn shakli: bosma yoki elektron
2) Matn manbaasi: muallif tomonidan yozilgan yoki boshqa manbaalardan 
olingan
3) Matn formati: yirik hajmli, kichik hajmli, aralash yoki murakkab
4) Matn turi: tasvirlashga oid, hikoyaviy, izohlashga oid, munozarali, 
ko‘rsatmali yoki kelishuvga oid.
PISA 2009 va 2012 tadqiqotlarida o‘qish savodxonligini raqamli tarzda baholash 
eng muvofiq baholash usuli sifatida taklif etildi. PISA 2015 o‘qish savodxonligini 
baholash xalqaro dasturida faqat bosma (qog‘oz) shaklda tayyorlangan 
matnlardan foydalanildi, hatto kompyuter yordamida bajariladigan test 
topshiriqlarida ham bozma shakldagi matnlardan foydalanildi. Aniqlik kiritish 
maqsadida, bu matnlar elektron shakldagi matnlar deb nomlanish o‘rniga, 
“ekranning matn joylashtiriladigan qismi” rukni ostida beriladigan odatiy 
(elektron shaklda bo‘lmagan) va faol (internet orqali doimiy tarzda yangilanib 
turadigan) matnlar deb yuritildi (aslida bu matnlar bosma-qog‘oz matnlar 
bo‘lganiga aniqlik kiritish maqsadida aytib o‘tish joizki, o‘quvchilar ularni 
kompyuter ekranida elektron shaklda o‘qidilar). O‘qish savodxonligi 2015 
tadqiqotlarida qo‘shimcha (asosiy bo‘lmagan) faoliyat sohasi hisoblangani bois, 
hech qanday yangi topshiriqlar ishlab chiqilmadi va joriy etilmadi. Natijada, 
giperssilkalar, menyular va elektron ma’lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan 
veb-sahifalar kabi faol matnlar PISA 2015 tadqiqotlari berilmagan edi.
O‘qish savodxonligi 2018-yil o‘tkazilgan tadqiqotda asosiy faoliyat turi hisoblanib
qayta ko‘rib chiqilgan qamrov doirasi bilan birgalikda endilikda baholash jarayonida 
keng qamrovli matnlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keldi. Bularga bosma 
shakldagi matnlar va raqamli vositalar yordamida ishlab chiqilgan matnlar ham 
kiradi. Bosma matnlar kabi, ayrim raqamli matnlar qaysidir ma’noda “odatiy” 
xarakterga ega, chunki ular bir necha uskunalar paneli yordamida bajariladi 
(sahifalarni ochish, varaqlash va funksiyalarni qidirib topish kabi). Bu, masalan, 
bosib chiqarilishi nazarda tutilgan, ammo kompyuter ekranida ko‘rsatiladigan 
materiallarni tasvirlaydi (masalan, matnlari qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan 
hujjatlar yoki PDF fayllar). Shunga qaramasdan, o‘quvchilarga ishlashlariga oson 
bo‘lishi uchun ko‘pgina raqamli matnlarni ishlab chiqishda yangicha innovatsion 


37
yondashuvlarga qo‘l urilgani bois, bunday matnlar “faol matnlar” deb yuritiladi. Faol 
matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘quvchilarga boshqa bo‘limlarga, sahifalarga 
yoki veb sahifalarga o‘tish imkonini beruvchi giperssilkalar, qidirilayotgan kalit 
so‘zlarning maxsus indekslarini beruvchi va/yoki shu so‘zlarni matnda ko‘rsatuvchi, 
takomillashtirilgan qidiruv panellari va elektron xat, forumlar va xat jo‘natish 
xizmatlari kabi interfaol matn ko‘rinishidagi kommunikatsion vositalar kabi ijtimoiy 
interfaol materiallardan iborat. 
PISA 2018 qamrov doirasida matnlarning to‘rt jihati ko‘rsatildi. Bular manbaa 
(bitta, ko‘p), tashkiliy va navigatsion strukturasi (statik, faol), formati (yirik hajmli, 
kichik hajmli, aralash) va turiga (tasvirlash, hikoya, izoh, munozara, ko‘rsatma 
yoki kelishuv) nisbatan ajraldi. Mazkur to‘rt mezon bo‘yicha o‘zgaradigan test 
materiallarining tuzilishi faoliyat turining keng qamrovli bo‘lishini, an’anaviy 
hamda yuzaga kelgan o‘qish amaliyotining ifoda qilinishini ta’minlaydi.
Manbaa
PISA 2018 qamrov doirasida manbaa sifatida biror matn beriladi. Ma’lum 
muallif tomonidan (yoki hammuallifda) yozilgan, ma’lum yozish vaqti yoki nashr 
qilish sanasiga, havola nomi yoki raqamiga ega matnlar 
yagona manbaali
matnlar 
deyiladi. Ko‘pgina an’anaviy bosma taboqli kitoblarda bo‘lgan matn muallifi haqida 
qisqacha ma’lumot beriladi yoki matn muallifi blog postlardagi taxallus yoki veb 
sahifani yaratuvchisi sifatida ko‘rsatiladi. Shunigdek, yagona manbaali matnlar 
izohlab ko‘rsatilishi ham mumkin, chunki matn biror aniq manbaadan olinmagan 
bo‘lsada, bu o‘quvchiga matnni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. 
Turli mualliflarga ta’luqli yoki turli davrlarda nashr etilgan yoki turlicha nom yoki 
qayd raqami bilan beriladigan matnlarga 
ko‘p manbaali
matnlar deyiladi. PISA 
qamrov doirasida “nom, titul” deganda bibliografik nuqtai nazardan “nomlanish, 
sarlavhani” tushuniladi. Shuningdek, sarlahvali va qo‘shimcha sarlavhali 
paragraflardan iborat katta hajmli, chop etilgan sanasi aniq ko‘rsatilgan, ma’lum 
muallif tomonidan (yoki hammuallifda yozilgan) matnlar ham yagona manbaali 
matnlar deyiladi. Shunday qilib, bir necha sahifadan iborat bo‘lgan veb safihalar ham 
yagona manbaali matnlar deyiladi, chunki ularda muallif yoki chop etilgan sana aniq 
ko‘rsatilmagan. Ko‘p manbaali matnlar bitta sahifada berilishi mumkin. Bu bosma 
gazetalar va ko‘pgina darsliklarda, shuningdek, forumlar, iste’molchi taqrizlarida 
va savol-javob ko‘rinishidagi veb sahifalarda shunday bo‘lishi mumkin. Vanihoyat, 
oddiy matn boshqa matnlar yoki mualliflarga ishora qiladigan havolalardan iborat 
bo‘lishi mumkin (Rouet va Britt, 2014[78]; Shtromso va boshqalar, 2013[81]). 
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, qamrov doirasining avvalgi sonlarida inobatga 
olingan qo‘shma matnlar PISA 2018 tadqiqotlarida ko‘p manbaali matnlarga mos 


38
keladi, binobarin, ular bir necha manbaalardan tashkil topgan. Qolgan barcha 
matnlar yagona manbaali matnlar tasnifiga tegishli bo‘ladi. 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə