Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Tarkibiy va navigatsion struktura



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

Tarkibiy va navigatsion struktura
Raqamli vositalar bilan ishlaganda ekran o‘lchamlari sezilarli darajada bir-biridan 
farq qiladi. Ular an’anaviy hisob varaqasidan uncha katta bo‘lmagan mobil telefoni 
erkanidan to ayni bir vaqtda bir necha ma’lumotlarni ko‘rsata oladigan katta, bir 
necha ekrandan iborat displeylargacha bo‘lishi mumkin. Mazkur qamrov doirasini 
yaratish jarayonida odatdagi kompyuter (laptop va oddiy kompyuterlarning 15 
yoki 17 dyumli ekranlari kabi) ekrani 1024x768 pikselli tasvirlarni aks ettiradi. 
Qisqa matnli ma’lumotlar bilan ishlaganda A4 formatdagi yarim sahifali matnni 
aks ettirish uchun odatdagi shrift o‘lchami kifoya qiladi. Tasvirli matnlar bilan 
ishlaganda o‘quvchilar ma’lum sahifani qidirib topishlari uchun raqamli matnlarning 
kerakli qismini ko‘rsatishda qator uskunalar panelidan foydalaniladi. Bularga (word 
prosessorlari va elektron jadvallar kabi qator boshqa dasturiy ilovalarda bo‘lganidek) 
tasvirlarni o‘tkazib ko‘rish imkonini beruvchi elektron tugmacha va qo‘shimcha 
elektron sahifacha kabi umumiy uskunalar paneli va ekrandagi matn o‘lchamini 
kattalashtiradigan yoki boshqa joyga suradigan uskunalardan to menyular
mundarija jadvallari va matn qismlari o‘rtasida siljitiladigan giperssilkalar kabi 
muayyan uskunalar kiradi. Raqamli matnlar bilan ishlash o‘quvchilardan ma’lum 
bilim va ko‘nikmalarni talab etishi o‘z isbotini topmoqda (OECD, 2011[25]; Rouet, 
Voros va Pley, 2012[82]). Shuning uchun, o‘quvchilarning uskunalar panelidan va 
elektron ilovalardan foydalanib, matnlar bilan ishlash qobiliyatini baholash talab 
etiladi. Soddalashtirish maqsadida PISA 2018 qamrov doirasida ancha murakkab
chiziqli bo‘lmagan, ma’lum zichlikka ega bo‘lgan va navigatsion qurilamardan iborat 
“faol” matnlardan ko‘ra oson boshqariladigan (odatda bir yoki bir necha safihadan 
iborat) sodda navigatsion qurilmali “statik” matnlarni beriladi. “Zichlik” deganda 
faol matnlar statik matnlarga qaraganda hajman katta bo‘lmasligi kerakligiga e’tibor 
qaratish lozim. 
Faoliyat sohasini keng qamrab olish va avvalgi qamrov doiralari bilan 
muvofiqligini ta’minlash maqsadida 2018-yildagi qamrov doirasida ham matnlarni 
tasniflashning avvalgi ikki mezonlari saqlab qolingan bo‘lib, bular matnning 
“formati” va “turi” dir.


39

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə