Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


O‘qish savodxonligini baholash



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

O‘qish savodxonligini baholash
Avvalgi bo‘limda o‘qish savodxonligining konseptual tuzilishi haqida so‘z bordi. 
Qamrov doirasida qo‘llanilgan tushunchalar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini 
baholash uchun, o‘z navbatida, turli topshiriqlar va savollar ko‘rinishida ifodalanadi. 
Mazkur bo‘limda turli vaziyatlar, topshiriqning murakkablik darajasiga ta’sir 
ko‘rsatadigan omillar, faoliyat sohasiga tegishli mezonlar va baholash jarayonining 
tuzilishi va vazifadoshligiga doir boshqa asosiy masalalar haqida so‘z boradi.
Vaziyatlar (Senariylar)
O‘qish muayyan maqsadli vaziyatda bajariladigan maqsadli faoliyat hisoblanadi. 
Ko‘pgina an’anaviy o‘qish savodxonligini baholash dasturlarida test topshiruvchilarga 
umumiy mavzularga tegishli qator bir-biriga bog‘lanmagan matnlar beriladi. 
O‘quvchilar har bir matnda bir necha bir-biriga bog‘lanmagan (tarqoq) savollarga 
javob berib, keyingi tarqoq matn bilan ishlashni boshlaydi. Bunday an’anaviy 
yondashuvda, o‘quvchilar keyingi matn savollariga javob berib bo‘lgach, hozirgina 
o‘qigan matndagi ma’lumotlarni “eslaridan chiqaradi”. Natijada, bu mashg‘ulot 
shunchaki tarqoq savollarga javob berishdan boshqa narsa bo‘lmaydi (Rupp, Ferne 
va Choi, 2006[83]). Aksincha, muayyan vaziyatga (ssenariyga) asoslangan baholash 
tartibi o‘quvchilarga topshiriqlar bilan ishlash va o‘zlari bajarayotgan mashg‘ulotni 
haqqoniy baholash (anglash) imkoniga ega bo‘ladi (Sabatini va boshqalar, 2014[84]; 
2015[85]). 
PISA 2018 baholash dasturlarida o‘quvchilarga an’anaviy mustaqil PISA o‘qish 
topshiriqlari bilan birga murakkab topshiriqlarni (masalan, bir necha matnlarga 
asoslanib, tavsif yozish yoki ayrim kattaroq umumlashgan savollarga javob 
berish) bajarish bilan birga qator mavzu jihatdan bir-biriga bog‘liq matnlarni 
maqsadli o‘qishlari uchun ssenariylar (vaziyatlar) taqdim etiladi. O‘qishdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar berilgan matnlarni o‘qib-tushunishlari 
va/yoki umumlashtirishlari uchun ma’lumot qidirish va matn manbaasi haqida fikr 
yuritish qobiliyatini ishga solishda qo‘llaniladigan boshqa qo‘shimcha maqsad va 
mezonlarni belgilaydi. Manbaalarni to‘plash turli usulda amalga oshirilishi mumkin, 
ular adabiyotlardan, o‘quv darsliklaridan, elektron habarlardan, bloglardan, veb 
sahifalardan, dasturiy hujjatlardan, birlamchi tarixiy hujjatlarda va shunga o‘xshash 
manbaalardan olinishi mumkin. Mazkur qamrov doirasida joriy etilgan ko‘rsatmalar 
va topshiriqlar o‘quvchilarga ularning o‘qishdan ko‘zlangan individual maqsadni va 
o‘sha individual maqsadga muvofiq matnlarni erkin tanlash imkonini bermasada, 
baholash dasturining maqsadi test topshiruvchi o‘quvchilarga birlamchi savollarga 
javob berishda foydalanishlari uchun matnli manbaa va yo‘nalishlarni tanlashlari 


42
mumkin. Shu tarzda, maqsadli o‘qish savodxonligi keng miqyosli baholash 
jarayoniga qo‘yilgan cheklovlar doirasida baholanishi mumkin.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə