O‘qish savodxonligini baholash Avvalgi bo‘limda o‘qish savodxonligining konseptual tuzilishi haqida so‘z bordi.
Qamrov doirasida qo‘llanilgan tushunchalar o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholash uchun, o‘z navbatida, turli topshiriqlar va savollar ko‘rinishida ifodalanadi.
Mazkur bo‘limda turli vaziyatlar, topshiriqning murakkablik darajasiga ta’sir
ko‘rsatadigan omillar, faoliyat sohasiga tegishli mezonlar va baholash jarayonining
tuzilishi va vazifadoshligiga doir boshqa asosiy masalalar haqida so‘z boradi.
Vaziyatlar (Senariylar) O‘qish muayyan maqsadli vaziyatda bajariladigan maqsadli faoliyat hisoblanadi.
Ko‘pgina an’anaviy o‘qish savodxonligini baholash dasturlarida test topshiruvchilarga
umumiy mavzularga tegishli qator bir-biriga bog‘lanmagan matnlar beriladi.
O‘quvchilar har bir matnda bir necha bir-biriga bog‘lanmagan (tarqoq) savollarga
javob berib, keyingi tarqoq matn bilan ishlashni boshlaydi. Bunday an’anaviy
yondashuvda, o‘quvchilar keyingi matn savollariga javob berib bo‘lgach, hozirgina
o‘qigan matndagi ma’lumotlarni “eslaridan chiqaradi”. Natijada, bu mashg‘ulot
shunchaki tarqoq savollarga javob berishdan boshqa narsa bo‘lmaydi (Rupp, Ferne
va Choi, 2006[83]). Aksincha, muayyan vaziyatga (ssenariyga) asoslangan baholash
tartibi o‘quvchilarga topshiriqlar bilan ishlash va o‘zlari bajarayotgan mashg‘ulotni
haqqoniy baholash (anglash) imkoniga ega bo‘ladi (Sabatini va boshqalar, 2014[84];
2015[85]).
PISA 2018 baholash dasturlarida o‘quvchilarga an’anaviy mustaqil PISA o‘qish
topshiriqlari bilan birga murakkab topshiriqlarni (masalan, bir necha matnlarga
asoslanib, tavsif yozish yoki ayrim kattaroq umumlashgan savollarga javob
berish) bajarish bilan birga qator mavzu jihatdan bir-biriga bog‘liq matnlarni
maqsadli o‘qishlari uchun ssenariylar (vaziyatlar) taqdim etiladi. O‘qishdan
ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilar berilgan matnlarni o‘qib-tushunishlari
va/yoki umumlashtirishlari uchun ma’lumot qidirish va matn manbaasi haqida fikr
yuritish qobiliyatini ishga solishda qo‘llaniladigan boshqa qo‘shimcha maqsad va
mezonlarni belgilaydi. Manbaalarni to‘plash turli usulda amalga oshirilishi mumkin,
ular adabiyotlardan, o‘quv darsliklaridan, elektron habarlardan, bloglardan, veb
sahifalardan, dasturiy hujjatlardan, birlamchi tarixiy hujjatlarda va shunga o‘xshash
manbaalardan olinishi mumkin. Mazkur qamrov doirasida joriy etilgan ko‘rsatmalar
va topshiriqlar o‘quvchilarga ularning o‘qishdan ko‘zlangan individual maqsadni va
o‘sha individual maqsadga muvofiq matnlarni erkin tanlash imkonini bermasada,
baholash dasturining maqsadi test topshiruvchi o‘quvchilarga birlamchi savollarga
javob berishda foydalanishlari uchun matnli manbaa va yo‘nalishlarni tanlashlari
42
mumkin. Shu tarzda, maqsadli o‘qish savodxonligi keng miqyosli baholash
jarayoniga qo‘yilgan cheklovlar doirasida baholanishi mumkin.