37
yondashuvlarga qo‘l urilgani bois, bunday matnlar “faol matnlar” deb yuritiladi. Faol
matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari o‘quvchilarga boshqa bo‘limlarga, sahifalarga
yoki veb sahifalarga o‘tish imkonini beruvchi giperssilkalar, qidirilayotgan kalit
so‘zlarning maxsus indekslarini beruvchi va/yoki shu so‘zlarni matnda ko‘rsatuvchi,
takomillashtirilgan qidiruv
panellari va elektron xat, forumlar va xat jo‘natish
xizmatlari kabi interfaol matn ko‘rinishidagi kommunikatsion vositalar kabi ijtimoiy
interfaol materiallardan iborat.
PISA 2018 qamrov doirasida matnlarning to‘rt jihati ko‘rsatildi. Bular manbaa
(bitta, ko‘p), tashkiliy va navigatsion strukturasi (statik, faol), formati (yirik hajmli,
kichik hajmli, aralash) va turiga (tasvirlash, hikoya, izoh, munozara, ko‘rsatma
yoki kelishuv) nisbatan ajraldi. Mazkur to‘rt mezon bo‘yicha o‘zgaradigan test
materiallarining tuzilishi faoliyat turining keng qamrovli bo‘lishini, an’anaviy
hamda yuzaga kelgan o‘qish amaliyotining ifoda qilinishini ta’minlaydi.
Manbaa
PISA 2018 qamrov doirasida manbaa sifatida biror matn beriladi. Ma’lum
muallif tomonidan (yoki hammuallifda) yozilgan, ma’lum yozish vaqti yoki nashr
qilish sanasiga, havola nomi
yoki raqamiga ega matnlar
yagona manbaali
matnlar
deyiladi. Ko‘pgina an’anaviy bosma taboqli kitoblarda bo‘lgan matn muallifi haqida
qisqacha ma’lumot beriladi yoki matn muallifi blog postlardagi taxallus yoki veb
sahifani yaratuvchisi sifatida ko‘rsatiladi. Shunigdek, yagona manbaali matnlar
izohlab ko‘rsatilishi ham mumkin, chunki matn biror aniq manbaadan olinmagan
bo‘lsada, bu o‘quvchiga matnni boshqalaridan ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Turli mualliflarga ta’luqli yoki turli davrlarda nashr etilgan yoki turlicha nom yoki
qayd raqami
bilan beriladigan matnlarga
ko‘p manbaali
matnlar deyiladi. PISA
qamrov doirasida “nom, titul” deganda bibliografik nuqtai nazardan “nomlanish,
sarlavhani” tushuniladi. Shuningdek, sarlahvali va qo‘shimcha sarlavhali
paragraflardan iborat katta hajmli, chop etilgan sanasi aniq ko‘rsatilgan, ma’lum
muallif tomonidan (yoki hammuallifda yozilgan) matnlar ham yagona manbaali
matnlar deyiladi. Shunday qilib, bir necha sahifadan iborat bo‘lgan veb safihalar ham
yagona manbaali matnlar deyiladi, chunki ularda muallif
yoki chop etilgan sana aniq
ko‘rsatilmagan. Ko‘p manbaali matnlar bitta sahifada berilishi mumkin. Bu bosma
gazetalar va ko‘pgina darsliklarda, shuningdek, forumlar, iste’molchi taqrizlarida
va savol-javob ko‘rinishidagi veb sahifalarda shunday bo‘lishi mumkin. Vanihoyat,
oddiy matn boshqa matnlar yoki mualliflarga ishora qiladigan havolalardan iborat
bo‘lishi mumkin (Rouet va Britt, 2014[78];
Shtromso va boshqalar, 2013[81]).
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, qamrov doirasining avvalgi sonlarida inobatga
olingan qo‘shma matnlar PISA 2018 tadqiqotlarida ko‘p manbaali matnlarga mos
38
keladi, binobarin, ular bir necha manbaalardan tashkil topgan. Qolgan barcha
matnlar yagona manbaali matnlar tasnifiga tegishli bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: