|
Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markaziPISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasiKichik hajmli matnlar
Kichik hajmli matnlar yirik hajmli matnlardan farq qiladi, shuning uchun,
ularga turlicha yondashish talab etiladi. Ko‘pgina kichik hajmli matnlar bir necha
sahifalarda iborat bo‘ladi (Kirsh va Mosenthal, 1990[23]). Ayrimlari bitta sodda
sahifadan, ammo ba’zilari esa bir necha, bir-biri bilan bog‘langan sahifalardan tashkil
topgan bo‘ladi. Kichik hajmli matnlarga sahifalar, jadvallar, grafalar, diagrammalar,
reklamalar, dars jadvallari, kataloglar, izohlar va shakllar misol bo‘ladi. Bunday
matn materiallari statik yoki faol (internet orqali doimiy yangilanib turadigan)
materiallar bo‘lishi mumkin.
Aralash matnlar
Ko‘pgina statik va faol matnlar yirik va kichik formatdagi elementlardan iborat
sodda va tushunarli materiallardan tashkil topgani bois, ular aralash matnlar
deyiladi. Aralash matnlarga tasvirli paragraflar (satr boshilar) yoki izohli shartli
belgilar misol bo‘lishi mumkin. Agar bunday aralash matnlar yaxshi tuzilishga ega
bo‘lsa, unda qo‘llanilgan qo‘shimcha komponentlar (misol uchun, tegishli ko‘rsatma
yoki izohli grafa yoki jadval) mahalliy (masalan, xaritadan shaharni topish) va
global (masalan, grafada ifodalangan o‘zgarishni muhokama qilish) miqyosda,
mantiqan tushunarli va mazmunan bir-butunlik yordamida bir-birga bog‘langan
bo‘ladi. Aralash matn statik matn ko‘rinishidagi jurnallar, ma’lumotnomalar va
bayonotlarda qo‘llaniladigan formatga ega bo‘lib, unda mualliflar ma’lumotlarni
yetkazib berish uchun turli ifoda va vositalardan foydalanadilar. Faol matnlardan
ma’lum muallifga ta’luqli veb sahifalar odatda ro‘yhatlarga ajratilgan, tasvirlar
bilan boyitilgan va bir necha paragraflardan iborat aralash matnlar hisoblanadi.
Onlayn shakldagi va elektron habarlar hamda forumlar kabi biror ma’lumotga
asoslangan matnlar ham yirik va kichik formatdagi matnlardan tashkil topadi.
Qamrov doirasining avvalgi sonlarida “murakkab” formatli deb yuritilgan matnlar
endilikda yuqorida aytib o‘tilganidek yangicha “manbaaga” asoslangan matn deb
yuritilmoqda.
|
|
|