|
Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markaziPISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasiTopshiriqlar
Har bir vaziyat (ssenariy) bir yoki bir necha topshiriqlardan iborat. Har bir
topshiriqda o‘quvchilarga an’anaviy, o‘qib-tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishga
mo‘ljallangan topshiriqlardan (ma’lumotlarni topish, xulosa chiqarish)dan tortib
qator matnlarda berilgan ma’lumotlar bilan ishlash yoki veb sahifa natijalarini
baholashi, murakkab matnlarni umumlashtirishi va tahlil qilishi kabi qator
murakkab matnlargacha berilishi mumkin. Har bir topshiriq qamrov doirasida
belgilab qo‘yilgan bir yoki bir necha jarayonlarni baholashga mo‘ljallangan.
Vaziyatli topshiriqlar o‘quvchilar qobiliyatini tekshirish maqsadida soddadan
murakkablikka qarab tartibga solingan. Misol uchun, o‘quvchiga u qidiruv natijasi
asoslanib, ma’lum hujjatni (materialni) topishi kerak bo‘lgan birlamchi topshiriqlar
berilishi mumkin. Ikkinchi topshiriqda o‘quvchiga berilgan matnda aratib
ko‘rsatilgan ma’lumotga oid savolga javob berishi talab etilishi mumkin. Vanihoyat,
uchinchi topshiriqda o‘quvchidan birinchi matndagi muallifning fikr-mulohazalari
ikkinchi matndagi fikr-mulohazalar bilan o‘xshashligini aniqlash talab etiladi.
Har bir holatda, ushbu topshiriqlar shunday tashkillashtirilganki, agar o‘quvchi
birinchi topshiriqda so‘ralgan to‘g‘ri ma’lumotni topa olsa, keyin unga ikkinchi
topshiriqni bajarishi uchun to‘g‘ri ma’lumot taqdim etiladi. Shu tarzda, murakkab
ko‘p jihatli ssenariylar (vaziyatlar) “barchasi yoki hech biri” qonuniyati asosida
shakllantirilmasdan, balki bir qator amaliy topshiriqlar berish bilan o‘quvchining
turli darajadagi qobiliyatini uch tomonlama baholash imkonini beradi. Shunday
ekan, PISA 2018 o‘qish savodxonligini baholash dasturida ssenariylar va topshiriqlar
avvalgi baholash dasturlarida qo‘llanilgan modul va topshiriqlarga bilan o‘xshash.
Ssenariy shaklida baholash jarayonlari o‘quvchining an’anaviy va biror vaziyatga
asoslanmagan baholash tizimiga qaraganda birmuncha haqqoniy vaziyatlarda
berilgan, savodxonlikni rivojlantirishga doir materiallardan foydalanishi va o‘zi
hayotda uchratishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga monand usulda tashkillashtirilgan.
U o‘quvchiga yechishi uchun real muammo va masalalarni taqdim etib, unda
o‘quvchi yuqori darajadagi o‘qish va mulohaza yuritish ko‘nikmlalarini ishga soladi
(O‘Reilly va Sabatini, 2013[86]).
Ssenariylar PISA tadqiqotlarida tabiiy ravishda kengaytirilgan, an’anaviy
va modul asosli yondashuvni aks ettiradi. Ssenariy asosli yondashuv PISA 2012
muammolarni yechish va PISA 2015 birgalikda muammoni yechish ko‘nikmalarini
baholash dasturida qo‘llanilgan. B-ilovaning 2-4 topshiriqlari murakkab topshiriqli
namunaviy ssenariylarni aks ettiradi.
|
|
|