Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-rasm. PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasidagi jarayonlar



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

2-rasm. PISA 2018 o‘qish savodxonligi qamrov doirasidagi jarayonlar
Matn ustida ishlash jarayoni
Ma’lumotlarni topish
- Matn ichidan ma’lumotni qidirib topish va ajratib olish
- Tegishli matnni izlash va saral
ash
Topshiriq 
bilan ishlash 
ko‘nikmasi
Maqsadlar va 
rejalar qo‘yish
Boshqarish, 
tartibga solish
Tushunish
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini ifoda qilish
- Xulosalarni umumlashtirish va hosil qilish
R
o
vo
n o
‘qi
sh 
Baholash va mulohaza yuritish
- matnning sifati va ishonchliligini baholash
- matn shakli va mazmuni ustida mulohaza yuritish 
- kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish


29
Bunday farqlanish o‘qishni maqsadli va o‘rinli faoliyat turi sifati baholash 
imkonini beradi (Snou va RAND Korporatsiyasi, 2002[18]). Kognitiv baholashning 
asosiy maqsadi matnli ma’lumotlarni qayta ishlash jadvalida tasvirlangan jarayonlar 
bilan bog‘liq.
Matn ustida ishlash jarayoni
2018-yilgi o‘qish jarayonlari tipologiyasi rovon o‘qish jarayonini matn 
ko‘rinishidagi ma’lumotlarni o‘qib-tushunish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa 
jarayonlardan ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Rovon o‘qish
Rovon o‘qish o‘quvchining matnning umumiy ma’nosini tushunishda matnlar va 
so‘zlarni qayta tahlil va talqin qilish va so‘zlarni va matnlarni to‘g‘ri va bir tekisda o‘qiy 
olish qobiliyati sifatida ifodalanishi mumkin (Kuyn va Shtal, 2003[58]). Boshqacha 
qilib aytganda, rovonlik o‘qilayotgan ma’lumotni to‘liq tushunish uchun ularni 
osonlik va samarali o‘qish demkdir. O‘qib-tushunish va oson va samarali o‘qish 
orasida bog‘liqlik bor ekanini ko‘rsatuvchi qator dalillar mavjud (Chard, Pikulski 
va McDonagh, 2006[59]; Kuhn va Stahl, 2003[58]; Wagner va boshqalar, 2010[60]; 
Wayman va boshqalar, 2007[61]; Woodcock, McGrew va Mather, 2001[62]; Jenkins 
va boshqalar, 2003[63]). Mazkur bog‘liqlikni tushuntirib beradigan asosiy psixologik 
mexanizm matnni oson va samarali o‘qish matnlarni sintaktik tahlil qilish, shifrlash 
va so‘zlarni tushunish ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash bilan bog‘liq ekanini 
ko‘rsatadi.
Rovon o‘qish inson diqqat-e’tiborini va xotiradagi ma’lumotlarni bo‘shatib, 
bu yuqori saviyada o‘qib-tushunish jarayonlariga yo‘l ochadi. Aksincha, o‘qish 
rovonligining sayozligi tushunilishi kerak bo‘lgan resurslarni (ma’lumotlarni) bosma 
matnni qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan quyi saviyadagi jarayonlarga o‘zgartirib, 
o‘qib-tushunish ko‘nikmasini susayishiga olib keladi (Kayn va Oakhill, 2008[64]; 
Perfetti, Marron va Foltz, 1996[65]). Rovonlik va tushunish orasidagi mazkur 
kuchli bog‘liqlikka e’tibor qaratish orqali AQShdagi Milliy O‘qish Savodxonligi 
Qo‘mitasi o‘quvchilarning tushunish ko‘nikmalarini yaxshilashda o‘qish rovonligini 
rivojlantirishni tavsiya etadi.

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə