Xalqbanki



Yüklə 78,5 Kb.
səhifə1/6
tarix19.05.2023
ölçüsü78,5 Kb.
#111573
  1   2   3   4   5   6
Qishloq xo`jaligi fanidan.



1. Mavzu; O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning strategiyasi doirasida.
MUSTAQIL TALIM ISHI
REJA.
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021 yilda:……………………2
2. Qulay agrobiznes muhitini………………………………………………....3
3. Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishida……………...4
4. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat
xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish…………………4
5. Ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish…6
6. Qishloq xo‘jaligi vazirligi…………………………………………………....9

1



  1. Mavzu.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2021 yilda:
1) oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida:
a) shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi. Bunda:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga qaratiladi;
kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki hamda tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirsin;
v) Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mavjud ekin maydonlaridan samarali foydalanish, 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin. Bunda, joriy yilda paxta maydonlarini 33,6 ming gektarga va g‘alla maydonlarini 40 ming gektarga qisqartirish hamda 320 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish hisobiga oziq-ovqat va ozuqa ekinlari maydonlari 193,6 ming gektarga kengaytiriladi;
g) Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi 2021 yil 1 apreldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlarda hudud ixtisosligidan kelib chiqib, tuman hokimliklari zaxirasidagi yaxlit holda 300 gektargacha yer maydonlarida plantatsiya usulida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish va yetti yil muddatda to‘lash sharti bilan aholiga sotish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yangi bog‘ va tokzorlar barpo etishga qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan ochiq yer maydonlari, zaxirada turgan hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan maydonlar, yaroqsiz va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan bog‘lar joylashgan yer maydonlari ajratilishini ta’minlasin;


d) kooperatsiya shartlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun yoshlarga foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari ijaraga beriladi, shuningdek, fermer xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining ekin maydonlari ikkilamchi ijaraga beriladi;
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda:
yoshlar uchun ekin maydonlari, avvalo, aholi yashaydigan qishloq hududlariga yaqin yerlardan tanlanishiga, konturlar yaxlitligi saqlanishiga hamda yoshlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga o‘rgatish uchun tajribali agronomlar jalb qilinishiga;
yerlarni ekishga tayyorlash va ekinlarga ishlov berish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnika va mexanizmlari, suv hamda ish qurollari bilan ta’minlashga;
yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashsin;

Yüklə 78,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə