Xalqpedagogikas I


ESTS kreditlari, ESTS ning asosiy tamoyillari, estsning xususiyatlari



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə40/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

2.2. ESTS kreditlari, ESTS ning asosiy tamoyillari, estsning xususiyatlari.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyot o’zining yuksak cho’qqilariga erishdi.

Ilmiy texnik taraqqiyotining (ITT) hozirgi darajasi shundayki fan texnika va texnologiya rivojining erishilgan sur’atlarini mamlakat qay darajada rivojlangan bo’lmasin alohida olingan mamlakatda uni ta’minlab bo’lmaydi. ITT keyingi rivoji faqat turli mamlakatlardagi olim va mutaxassislarning hamkorligi ilmiy-tadqiqot ishlarning integratsiyasi natijasida amalga oshirilishi mumkin. Fan texnika va texnologiyaning taraqqiyoti ta’lim taraqqiyoti darajasi bilan chambarchas bog’liqligini e’tiborga oladigan bo’lsak ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi.


Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo’llanishining dolzarbligini belgilaydi!
Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o’quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi.
Ta’lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor Evropada boshlangan edi 1989 yilda Evropaning minglab talabalari Evropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students) TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
ERASMUS dasturi bo’yicha Evropa hamjamiyati universitetetlari o’rtasidagi talabalar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o’quv yurtlarini qamrab olgan edi.
ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Evropa universitetlaridagi o’qitish natijalarini o’zaro tan olish tizimi – (bu) (European Credit Transfer System (ESTS) ni yaratish sinash va amaliyotga keng qo’llash deb aytish lozim.
2001 yilda o’quv jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi ESTS Evropaning 1200 ta universitetlarida allaqachon qo’llanilgan edi.
2001 yilda 29 ta Evropa davlatlari ta’lim vazirlari tomonidan Bolonya deklaratsiyasining imzolanishi Evropa ta’lim hududini yaratilishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bolonya deklaratsiyasiga ko’ra diplomlarning o’zaro tan olinishi ya’ni o’qitish natijalarini yakuniy ko’rsatkichlarning o’zaro tan olinish muddati – 2010 yil deb belgilangan edi.
Bolonya deklaratsiyasiga kirish uchun quyidagi dastlabki talablar qo’yiladi:
  • Oliy o’quv yurtigacha 12 yillik ta’lim:


  • Ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;


  • o’quv jarayoni va o’qitish natijalarini baholash ESTS kredit texnologiyasi asosida tashkil etilishi.


Ko’rinib turganidek bizning mamalkatimizda birinchi va ikkinchi talablar bajarilgan! Endi navbat uchinchi talabni bajarishda – ya’ni o’quv jarayonini kredit texnologiyasi asosida tashkil etish!


Ushbu texnologiya asosida o’quv jarayonini tashkil etishdan maqsad qanaqa.
O’quv jarayonini tashkil etishning ESTS kredit texnologiyasiga o’tishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
-xorijda o’qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit yaratish;
-O’zbekistonda ta’lim olgan muddatnini xorijiy davlatlarda tan olinishini ta’minlash;
-Evropa oliy o’quv yurtlari o’quv rejalarini o’rganish va shu asosida o’quv jarayonini takomillashtirish;
-talabalar qobiliyatini to’laroq ochilishiga va o’qitishning yuqori natijalariga erishish.






Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə