Xalqpedagogikas I



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə2/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

1- O’QUV MATERIALLARI
1 –MAVZU: QIYOSIY PEDAGOGIKANING NAZARIY – METODOLOGIK ASOSLARI.
Asosiy savollar:
1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
2. Qiyosiy pedagogika o’quv predmeti sifatida.
3. Kiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Turli davlatlar ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qilishning asosiy negizi bo’lgan qiyosiy pedagogika nazariyasi bo’yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va tizimlashtirish. Talabalarga qiyosiy pedagogika- ning predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari haqida ma’lumotlar berish.


Tayanch so’zlari va iboralari: Qiyosiy pedagogika, qarashlar, olimlar, pedagogik hodisalar, turli mamlakatlar, konkret sharoit, tadqiq etadi.

Qiyosiy pedagogika yangi pedagogik konunlarini ochmaydi, buyuk pedagogika fanlari orttirgan ilmiy tajribalaridan foydalanib, mamlakatlar guruhi asocida hozirgi dunyoda maorif taraqqiyotining eng muhim muammolarini, qonuniyatlari va tendentsiyalarini o’rganadi.


Qiyosiy pedagogika predmetiga nisbatan har xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar qiyosiy pedagogika asosiy ma’rifiy pedagogik hodisalarni xamda ularning turli mamlakatlarda konkret tarixiy sharoitda va o’zaro tadqiq etadi (V.Kanitits va V. Makert) deb hisoblashsa, ayrimlar qiyosiy pedagogika maorif tizimlari hamda turli mamlakatlarda ta’lim-tarbiya muammolarini tushunish va hal kilishdagi o’xshash va farqli :omonlarini ko’rsatib beradi (P.Suxorolskiy) deb ta’rif beradilar. Bir gurux olimlar qiyosiy pedagogika rus milliy ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida turli chet el maktab tizimlarini qiyosiy baholash bilan shug’ullanadi (M.A. Julen, J.Sedler, R.King-Xoll) degan fikrdalar. Ko’rinib turibdiki, kiyosiy pedagogika predmeti juda bahslanuvchan mavzudir. Qiyosiy pedagogikaning metodologik asosi falsafadir.
Qiyosiy pedagogika bir qator ijtimoiy fanlar falsafa, tarix, iqtisod, siyosat, sotsiologiya, demografiya, etnografiya va boshqalar bilan bog’liq. Pedagogik xodisalarni qiyosiy tahlil kilishda bu ijtimoiy fanlarniig ilmiy kontseptsiyalari va metodlaridan foydalanish muqarrar. Qiyosiy pedagogika pedagogika tarixi nazariyasi bilan uzviy bog’langan. Kiyosiy pedagogika o’ziga xosligi shundaki, uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.
Qiyosiy pedagogika o’rganadigan predmet: xozirgi dunyodagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining ahvoli, rivojlanish qonuniyatlari va tendendiyalarining umumiy va farqli xususiyatlari.
Qiyosiy pedagogika vazifalari 1977 y. Londonda bo’lib o’tgan qiyosiy pedagogika bo’yicha Butunjaxon kongressida muxokama qilindi. Qiyosiy pedagogika vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi.
1.Xozirgi zamonda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotiga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish va ularning turli mamlakatlar maktabi va pedagogika ta’siri natijalarini qiyoslab taxlil qilib berish;
2.Turli mamlakatlardagi maorif taraqqiyotining eng aktual va umumiy muammolari va tendentsiyalarini aniqlash.
3.Chet el mamlakatlarining ijobiy tajribasini umumlashtirish, o’rganish va qiyosiy pedagogika va boshqa yondosh fanlarda qo’llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi.
1. Tavsiflash metodi turli mamlakatlardagi pedagogik xodisalarning tashqi belgilarini tavsiflashda qo’llanadi. Shu asozda keyin taqqozlash va taxlil qilish amalga oshiriladi.
2. Statistik metod maorif tizimiga va pedagogik xodisalarga oid raqamlar va ma’lumotlarni taxlil kilish va baxolashni ko’zda tutadi.
S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqoslashni bildiradi.
4.Sotsiologik metod maorif sistemalarining ijtimoiy xarakterini baxolashda qo’llanadi.
5. Analitik metodlarga analiz, sintez, mavxumlashtirish, induktsiya, deduktsiya kabi mantiqiy metodlar kiradi.
Xozirgi kunga qadar bir qator mamlakatlardan (Belgiya, Angliya, Yaponiya, Shvetsiya, AKSh va boshqalar) qiyosiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ilmiy xodimlar pedagog o’qituvchilari bo’lg’o’zi o’qituvchilarni chet elda ishlashga tayyorlashning zarur qismi sifatida o’qitiladi. Kurs xajmi xar bir mamlakatda o’ta xar xil (10 dan 100 soatgacha) biroq, ko’pchilik xollarda 30-40 soat lektsiyadan va mamlakatlar guruxida ta’limning axvoli batafsil o’rgatiladitan seminar mashgulotidan, chet elga sayoxat tanlangan mavzular bo’yicha mustaqil ishlash va kurs yakunida doklad yoki yozma imtixondan iborat.
Bugungi kunda mamlakatimizda qiyosiy pedagogika o’quv predmeti sifatida o’qitila boshlagan ekan bu borada chet el tajribasini chuqur o’rganish lozim. Boshqacha aytganda qiyosiy pedagogikani shakllantirib olish uchun qiyosiy pedagogika tadqiqotlar o’tkazish kerak.
Savollar:
1.Kiyosiy pedagogika predmeti mazmuni va moxiyatini tushuntiring. 2.Kiyosiy pedagogikaning metodologik asozlarini aytib bering.
3. Qiyosiy pedagogikaning vazifalari nimalardan iborat.



Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə