Xalqpedagogikas I


- MAVZU: OSIYo DAVLATLARIDA TA’LIM-TARBIYa



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə5/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

4 - MAVZU: OSIYo DAVLATLARIDA TA’LIM-TARBIYa
MASALALARI (4 soat).
Asosiy savollar:
1.Xitoy ta’lim tizimi va undagi muammolar.
2.Xindiston va Indoneziyada mustaqillik yillarida ta’lim taraqqiyoti.
3.Osiyo mamlakatlari ta’lim tizimlarining qiyosiy analiz qilinishi.
1. Savodsizlar miqdori, ya’ni 15 yosh va undan katta bo’lgan yozishni xamda o’qishni bilmaydigai kishilar miqdori Janubiy Osiyoda juda kattadir. Afg’onistan va Yamanda savodsizlar miqdori 75% dan ortadi. Ba’zi janubiy-g’arbiy Osiyo mamlakatlarida savodsizlar 50% dan birozgina ko’prok. Baxrayn, Livan kabi davlatlarda savodsizlar nisbatan oz bo’lib, ular axolining 1G’4 qismini tashkil etadi. Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya kabi jug’rofiy jixatdan Osiyo qit’asiga kiruvchi davlatlarda savodsizlar juda oz. Mamlakatdagi savodsizlik darajasi, xech-shuxbasiz, bu erda ta’lim jarayonini yo’lga qo’yishdagi muammo va yutuqlarni o’zida aks ettiradi.
Shri-Lankada savodsizlar taxminan 15% bo’lsa Janubiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida 15 va undan katta yoshdagi axolining 2g’3 qismi o’qishni va yozishni bilmaydi. Bolalarning katta qismi maktablarga bormaydi. Buning sababi yoki yaqin atrofda maktablarning yo’qligi, yoki o’z oilalariga yordam berish uchun ishlashga majbur bo’lishlaridir.
Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridagi ta’lim qitadagi boshqa davlatlaridagi ta’limdan xam sifati, xam qamrov doirasi bilan keskin farqlanadi. Shuning ifodasini Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland va Vetnamda savodsizlar 30% dan xam kamligida ko’rish mumkin. Indoneziya, Birma, Laoz davlatlarida savodsizlar mikdori 39-45 % atrofida, Kombodjada 50% atrofidadir.
Osiyo davlatlari birin-ketin XX asr ikkinchi yarmida mustaqillikni qo’lga kiritgach ba’zilarning xukumatlari yangi maktablar qurish, axoli savodxonligini oshirish bo’yicha ko’pdan-ko’p chora tadbirlarini amalga oshira boshladi. Natijalar o’zini uzoq kuttirib qo’ymadi. Masalan, Indoneziyada 1945 yilga kelib savodsizlar miqdori 90% tashkil etgan bo’lsa, bugungi kunda ularning miqdori 33% gacha kamaygan.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə