Xalqpedagogikas I


- MAVZU: PEDAGOGIK QIYoSLASh FANI TARAQQIYoTINING ASOSIY BOSQIChLARI



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə3/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

2 - MAVZU: PEDAGOGIK QIYoSLASh FANI TARAQQIYoTINING ASOSIY BOSQIChLARI.


  1. Asosiy savollar:
  2. Pedagogik qiyoslash fani taraqqiyotiniig birinchi bosqichi.


  3. Pedagogik qiyoslash fani taraqqiyotiniig ikkinchi bosqichi.


  4. Pedagogik qiyoslash fani taraqqiyotiniig uchinchi bosqichi.


Pedagogik taqqoslash pedagogika fanlari tizimidagi nisbatan yangi soxalardandir.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: Turli davlatlar ta’lim tizimini qiyosiy tahlil qilishning asosiy negizi bo’lgan qiyosiy pedagogika nazariyasi bo’yicha talabalar bilimini chuqurlashtirish va tizimlashtirish. Talabalarga qiyosiy pedagogika- ning predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari haqida ma’lumotlar berish.
Tayanch so’zlari va iboralari: Qiyosiy pedagogika, qarashlar, olimlar, pedagogik hodisalar, turli mamlakatlar, konkret sharoit, tadqiq etadi.

Pedagogik qiyoslash fani taraqqiyotiniig birinchi bosqichi XVIII asr oxiri 1917 yilni qamrab oladi. «Qiyosiy pedagogikaning otasi» Mark Antuan Julen Parijskiy xisoblanadi. U o’zining «Qiyosiy pedagogikaga doir tadqiqotlar xaqida ocherk va dastlabki muloxazalar» degan ishida (Parij 1817) xozirda barcha mamlakatlarning pedagogik terminologiyaga chuqur kirib borgan «Qiyosiy pedagogika» va «Qiyosiy tarbiyalash» terminlarini birinchi bo’lib qo’lladi.Jaxonning turli mamlakatlarida maorif tizimini takomillashtirish muammolariga qiziqish va maktabni qiyosiy o’rganish zaruriyati ortadi. XIX asrning oxiriga kelib qiyosiy pedagogikaning ayrim nazariy asozlari va amaliy vazifalari o’z mamlakatdagi ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish uchun foydali tajribani olish maqsadida turli ta’lim sistemalarining ijobiy tomonlarini qayd etish vazifalari belgilanadi.


Ayrim olimlar maorif ishining qo’yilishi bilan tanishish uchun boshqa mamlakatlarga bordilar. Bu sayoxatlarning natijalarini nashr etib, muallimlar o’z milliy maktabini takomillashtirish yo’llarini ko’rsatdilar. Sarbonnadagi falsafa professori Viktor Kuzen nemis pedagoglari D.A.Kruze, Fridrix Tiriniig Amerika pedagoglari G.Mann, G.Bernard, K.Stou, Turber, A.Fleksnerning, ingliz pedagogi M-Sedler va boshqalarning ishlari shular jumlasidandir.
Qiyosiy pedagogik tadqiqotlar Rocsiyada xam ancha rivojlandi. Ayniqsa ulug’ rus pedagoglari K.D.Ushinskiy va L.N.Tolstoyning ishlari katta e’tiborga loyiq.
Pedagogik taqqoslash taraqqiyotining ikkinchi davri 1917 yildan 1945 yilgacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Bu davrdagi qiyosiy pedagogika turli ijtimoiy tuzumdagi mamlakatlar o’rtasidagi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy ziddiyatlarni aks ettirar edi.
20-30 yillarda qiyosiy pedagogika nazariyasi masalalariga bag’ishlangan bir qator ishlar xam e’lon qilindi. Masalai, professor I.Kendi «Qiyosiy pedagogika soxasidagi tadqiqotlar» (Boston, 1933) yilidan qiyosiy pedagogikaning axamiyati, predmeti, metodlarini qarab chiqadi va Angliya, Frandiya, Germaniya, Italiya, SSSR va AQShdagi taxlil sistemasini qiyoslab tasvirlaydi.
Pedagogik taqqoslash taraqqiyotining uchinchi davri (XX asrning 40-yillari oxiridan xozirgi davrgacha) xususiyatlari, bir tomondan xalqaro siyosiy vaziyatda yuz bergan muxim o’zgarishlar bilan ikkinchi tomondan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishi bilan belgilanadi. Fan texnika taraqqiyoti yanada yuqori malakaga ega bo’lgan mutaxassis va umumiy malumot darajasini muttasil talab qiladi. Ushbu talabni qondirish uchun 1945 y Parijda ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha BMT ning maxsus tashkiloti -YuNESKO tuzildi. Bu tashkilot qiyosiy pedagogika soxasida taraqqiyotlar uchun kerakli materiallar to’playdi, jaxon mamlakatlarida maorifning axvoli xaqida yilnoma na spravochniklar nashr qiladi, qiyosiy pedagogika muammolari bo’yicha xalqaro konferentsiyalar uyushtiradi. Kiyosiy pedagogika jamiyatlari YuNESKO qoshidagi xalqaro byuro bilan birgalikda kvartal byulletenini nashr etadi (Jeneva). YuNESKO uchun qiyosiy pedagogikaning nazariy muammolarini ishlab chiqish bilan maorif bo’yicha xalqaro byuro va YuNESKO - Gamburgdagi Pedagogika instituti (1951 y tashkil topgan) shug’ullanadi.
1956 yil AQSh qiyosiy pedagogika jamiyati tuzildi. U kollejlar va universitetlarda qiyosiy pedagogikani o’rgandi, qiyosiy pedagogika yuzasidan ilmiy tadqiqotlarning kengayishiga va qiyosiy pedagogikaga oid eng yangi axborotlarni tarqatishga imkon yaratadi. Yillik konferendiya va kengashlar o’tkazadi. Monografiyalar, to’plamlar va «Qiyosiy pedagogika obrazi» jurnalini nashr etadi.
Keyingi yillarda ta’lim tizimlari va ta’lim tarbiyaning ayrim muammolarini qiyosiy pedagogik tadqiq etishga xiyla ko’prok e’tibor berilmoqda.
Savollar.
1 .Pedagogik taqqoslashning birinchi taraqqiyot davrini ayting. 2.Pedagogik taqqoslash taraqqiyotiniig ikkinchi davri qaysi yillarga to’g’ri keladi.
3.Pedagogik taqqoslash taraqqiyotiniig uchinchi davri-chi?
3 - MAVZU: ChET EL TA’LIMI TARAQQIYoTINIIG ASOSIY YO’NALIShLARI.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə