Xalqpedagogikas I



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə4/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

Asosiy savollar:
1. Chet el ta’limi tizimini islox qilish masalalari.
2. O’quv dasturlarini takomillashtirish va integratsiyalashgan kurslari.
3. Rivojlangan mamlakatlarda mexnat ta’limi va kasbga yo’naltirish masalalari.
4.Ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim tabaqalashtirish yo’llari.
5.Rivojlangan mamlakatlarda maktablarda ishlash o’zullari.

Ta’lim-tarbiyada samarali isloxotlarni amalga oshirishni talab etilayotgan xozirgi davrda chet el tajribasini o’rganish ayni muddaodir.


Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’lim-davlat ichki siyosatiga faol tasir etuvchi ijtimoiy jarayon. Yaponlar «maktab insonlarnn yaxshilaydi» deb xisoblaydilar. Ta’lim soxasiga g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilardan doim diqqat e’tiborida bo’lgan. (R.Reygan, M.Techcher. F.Mitteran va b).
Rivojlangan mamlakatlardagi pedagogik tadqiqotlar o’quv dasturlarini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.
Maktab dasturlarini o’zgartirish 2 asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi: ekstensiv va intensiv.
1-o’quv muddati uzaytiriladi, o’quv materiallari xajmi ko’paytiriladi. 2-mutlaqo yangi dastur yaratiladi.
Ko’pchilik mutaxassislar 2-yo’lni ma’kulrok deb xisoblamoqdalar. O’quv dasturlariga ma’lum cheklanishlar kiritish aloxida predmetlarni o’rganishni kuchaytirib, o’quvchilarni ortikcha «yuk» dan xalos qiladi. Bunga erishish uchun o’quv kurslari integratsiyasi talab qilinadi..
Xozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashgan kurslarni kiritish to’la amalga oshirildi. (Frantsiyada o’quv soatlaridan 61% B.Brit 15% ini integratsiyalashgan kurslar tashkil etadi.)
Integratsiyalashgan o’quv dasturlari yondosh o’quv kurslarini o’zak predmet va g’oya agrofida jipslashtiradi, bu o’quvchilarga ijodiy tafakkur yurgizishga yordam beradi. Lekin integratsiyalashgan o’quv kurslari mutlaq ko’pchilik uchun mo’ljallangan bo’lib, ular tarkibidagi fanlardan biri kimgadir juda zarur bo’lsa, kimgadir unchalik emas. Bu muammoni xal etish o’quvchilarni u yoki bu kursga bo’lgan extiyojini to’laroq qondirish uchun maktablar aloxida fanlardan chuqurlashtirilgan kurslarni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda mexnat ta’limi xamda kasbga yo’naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar aloxida e’tiborga loyiq.
AKShda 1977 yil «Mexnat faoliyatiga tayyorlash akti» kabul qilingan, unga muvofiq, masalan, avtomobillarni ta’mirlash, kompyuterlarni yig’ish kabi amaliy faol i ya t amalga oshiriladi.
Frantsiyada mexnat ta’limi uchun ajratilgan soatlar 1,5 barobar oshirilgan. Buyuk Britaniya da 1973 yilgi «Mexnat ta’limi va kasbga tayyorlash» aktiga binoan maktab o’quvchilari bir qancha soxalar bo’yicha majburiy kasb-kor dasturini o’zlashtirmoqdalar.
O’quv jarayonini tabaqalashtirish muammolarini tadqiq etish chet elda xamon davom etmoqda.
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. Iqtidorli bolalar maktablari g’arbda 60 yillardayoq paydo bo’lgan. AKShning ayrim shaxarlarida oliy toifali bolalar bog’chalari ochilgan, ularda 4-5 yoshli bolalar maktab dasturi bo’yicha o’qitiladi.
Shuningdeq aqli zaif bolalar uchun xam maxsus maktablar tashkil etilmoqda.
Rivojlangan maktablar ta’lim tizimida o’quvchilarning mustaqil ishlashiga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, Germaniyada sinf o’quvchilari sonini qisqartirish xisobiga ular bilan individual ishlashni takomillashtirish sari yo’l tutilmoqda. Bunda o’quvchilarning xar biriga individual paketlar tarqatiladi. Topshiriqlarni o’quvchilar mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda o’qituvchilardan konsultatsiya oladi.
Shubxasiz chet el ta’limidagi yuqoridagidek ibratli jixatlarni mamlakatimiz ta’lim tizimiga olib kirish mustaqil respublikamizda o’quv tarbiya - ishlarini islox kilish jarayonini tezlashtiradi.
Savollar.
1.Chet el ta’limi tizimini islox qilish masalalari xaqida fikringiz.
2.O’quv dasturlarini takomillashtirish va integratsiyalashgan kurslari xaqida nimalarni bilasiz.
3.Rivojlangai mamlakatlarda mexnat ta’limi va kasbga yo’naltirish xaqida nimalarni bilasiz?
  1. Ta’lim-tarbiya jarayonida tabaqalashtirilgan ta’lim qanday amalga oshiriladi?


  2. Rivojlangan mamlakatlarda maktablarda ishlash o’zullari xaqida


    nimalarni bilasiz?



Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə