Xalqpedagogikas I


Xitoy ta’lim tizimi va undagi muammolar



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə8/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

1. Xitoy ta’lim tizimi va undagi muammolar.
Xitoyliklar azaldan ta’limni kadrlaydilar, olimlarni xurmat kiladilar. Xitoyliklarning xayotiy akidasiga konfutsiylik g’oyalariga ko’ra odam ta’lim olishlari bilan o’z-o’zini takomillashtirib borishi mumkin. Xitoyliklar ta’lim va tarbiya o’rtasidagi farq unchalik katta emas deb biladilar. Chunki ularning akidasiga ko’ra ta’limning asosiy vazifalaridan biri inson xarakterini shakllantirishdir. Xitoyda konfutsiylik ta’limotiga sadokat shunchalar yuksakki, xatto xokimiyat organlariga tayinlanayotgan nomzodlar konfutsiylik asoslari buyicha maxsus imtixon topshirishlari zarur.
Kommunistik partiya Xitoyda xokimiyat teppasiga kelgach ta’limdan o’z siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy maksadlari yo’lida foydalana boshladi. Kommunistlar xukmdorligi boshlang’ich, axoli savodxonligi oshirish buyicha maxsus dasturlar amalga oshirila boshlandi. Bugungi kunda 15 va undan katta yoshdagi axolining 70% yozishni va o’qishni biladi.
An’anaviy tarzda Xitoyda bolalardan maktabga katnash talab kilinmasdi, ya’ni ta’lim majbur emasdi. Ammo 1986 yili Xitoyda maxsus qonun kabul dilinib, unga muvofik. bolalar kamida 6 yil davomida maktabga ta’lim olishi shart. Shunday bo’lsada, konun ijrosi ba’zi joylarda ayniqsa, kishlok joylarida biroz kechikmoqda.
Xitoy ta’lim soxasidagi eng jiddiy muammo - asosiy komunistik g’oyalar bilan mamlakat iqtisodini tez takomillashtirish zarurati o’rtasidagi ziddiyatdir.
Iqtisodni takomillashtirish ta’limning yuksak sifatiga ega bo’lishini talab qiladi. Ta’lim sifati ortishi uchun esa iqtidorli, yangiliklarga, kashfiyotlarga qodir talabalar uchun keng imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratish zarur bo’ladi. Vaxolanki, kommunistik g’oyaga binoan ta’limda xam barcha teng bo’lmog’i lozim. Ushbu g’oya 1949 yildan buyon joriy etib kelinmoqda biroq; so’nggi yillarda talimni islox qilish bo’yicha amalga oshirilgan bir qancha chora - tadbirlar natijasida endilikda yuksak qobiliyatli talabalar maxsus imtixonlardan o’tgach, mamlakatning eng nufuzli o’quv yurtlarida o’qish huquqini qo’lga kiritmoqda. O’zining boy imkoniyatlari bilan ajralib turadigan talim muassasalari boshlang’ich maktablar orasida xam, o’rta maktablar va kollejlar o’rtasida xam mavjud.
Xitoyda bolalar boshlang’ich maktabga 6-7yoshdan borib, bu erda 5-6 yil ta’lim oladilar, mamlakat bolalarining (boshlang’ich maktab yoshidagi) 95% boshlang’ich maktablarga boradilar. Boshlang’ich sinflarda bolalarga Xitoy tili, geografiya, tarix, matematika, mo’zikd, tabiatshunozliq tasviriy san’at jismoniy tarbiya va siyosiy ta’lim urgatiladi.
Boshlang’ich maktabni tamomlagach, bolalar o’rta maktabga borishlari mumkin. Quyi o’rta maktabda talim 3 yil, yuqori o’rta maktabda esa 2 yoki 3 yil davom etadi. O’rta maktabda boshlang’ich sinflardagi ko’pchilik fanlar xamda biologiya, ximiya, fizika, huquqshunozliq ingliz va boshka xorijiy tillar o’qitiladi. Professional va texnik o’rta maktablarda, shuningdek. qishlok xujaligi asoslari, industrial texnologiya va boshqa ixtisoslikka oid fanlar o’qitiladi. Xitoylik bolalarning 2g’3 qismi o’rta maktabda ta’lim ola boshlaydi, ammo ularning xammasi xam o’qishni yakuniga etkazmaydi.
Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun yoshlar maxsus imtixonlardan o’tishlari kerak. Imtixonlardan o’tgan yoshlar talabalar qatoriga qabul qilinadi. Universitetlarda o’qitiladigan asosiy fanlar: iqtisod, xorijiy tillar, matematika, tibbiy va gumanitar fanlar imtixonlardan o’tgan yoshlarning bir qismi texnik kollejlarda qabul qilinadi. Xar bir kollej o’z ixtisozligiga ega bo’lib, kishlok xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, tibbiyot, tog’-kon yoki o’qituvchilik yo’nalishlarda mutaxassis tayyorlaydi. Ko’pchilik maktablar tegishli soxa vazirligi (masalan, tibbiyot yo’nalishidagi texnik kollejlar tibbiyot vazirligi)tomonidan boshqariladi.
Xitoyda jami 1,000 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari mavjud. (universitet va kollejlar). Ulardan 1, 700 000 (1 million 700 ming) talaba taxsil olmoqda. Oliy ta’lim olishni istagan yoshlar soni tobora ortib bormoqda. Ammo fakultetlar va imkoniyatlar etishmasligi bois yoshlarning-oz qismigina oliy ta’lim jarayoniga jalb etilmoqda.
Kirish imtixonlaridan o’ta olmagan yoshlar «ishchi universitetlar» deb atalmish qisqa muddatli kurslarda ta’lim olishlari mumkin. O’rta maktabni tashlab ketgan yoshlar erkin vaqt o’rgatiladigan maxsus maktablarda yoki televizion kurslar orkali ta’lim olishni davom ettirishlari mumkin.
Ushbu o’zgarish faqatgina oliy o’quv yurtlarida ta’lim olish jarayonini isloh qilish emas, balki butun maorif sohasini yangi va zamon talabiga mos xolda yo’lga qo’yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar orasida muhim o’rin egallaydi. Xitoy mutaxassislarini aytishlaricha, bu isloxot Xitoyda so’nggi 40 yil davomida amalga oshirilgan maorif ishlarini natijasi va shu uzok davr davomida qo’lga kiritilgan tajribalarning yakuni xisoblanadi. Xitoy matbuotida keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra bu tasodifiy voqea emas. Binobarin bunday o’zgarish sunggi bir necha yil davomida 37 ta oliy o’quv yurtlarida o’tkazilgan tajribalarga asoslanadi. Mazkur tajribalarga ko’ra ayrim oliy o’quv yurtlarida o’qitish jarayoni talabalar tomonidan to’langan mablagning bir kismi ayrim xollarda tashkilotlar, xususiy va xorijiy kompaniyalarning oliy o’quv yurtlariga pul o’tkazishi xisobiga, ikkinchi bir qismi esa ota-onalar tomonidan tulangan nakd pul xisobiga shakllanadi. Tajribalar shuni kursatadiki, ota-onasi pul to’lashga qodir bo’lmagan va o’qish pulini to’lashni o’z zimmasiga oladigan tashkilotni topolmagan yigit-qizlar pullik oliy o’quv yurtiga kira olmaganlar. Ular xukumat mablagi asosida o’qitiladigan universitet va institutlarga o’qishga kirishga xarakat kilganlar. Natijada bunday oliy dargoxlarga kirish tanlovi nixoyatda baland bulib ketgan. Bu axvol ayrim qonundan chekinish xolatlariga qulaylik tug’dirgan va o’qish sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Pullik oliy o’quv yurtlarida esa o’qish jarayonining sifati oshgan. Ijobiy natijalarga erishgan pullik universitetlarda «yomon o’qisa xam pul to’lasa, o’qishni davom eggirish mumkin» degan tamoyil asos bo’lmay, balki talabalarga qo’yilgan talablar kuchaytirilgan. Shu bilan birga oliy o’quv yurtlarida o’z xisobidan o’qiydigan talabalarning moddiy axvolini engillashtirish va ularning o’qishga bo’lgan qizikishini oshirish maksadida pullik o’qish jarayonini amalga oshirayotgan o’quv dargoxlarida xukumat mablagi asosida yangi mukofot va yordam jamgarmalari tashkil etildi.

Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə