Xalqpedagogikas I


ESTS – bu yagona Evropa ta’lim hududini yaratishning (ibtidosidir) boshlanishidir



Yüklə 452,6 Kb.
səhifə41/48
tarix23.12.2023
ölçüsü452,6 Kb.
#154997
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48
2-бўлим ўқув-услубий мажмуа Bilim sohasi 100000 – gumanitar Ta’-fayllar.org

ESTS – bu yagona Evropa ta’lim hududini yaratishning (ibtidosidir) boshlanishidir.

“Kredit” atamasi (ESTS- credit) – sinovdan o’tdi ma’lum bir kursni o’quv yurtida o’tganligi haqidagi guvohnoma ma’nosini anglatadi. Creditda “Kredit – shartli sinov birligi bo’lib talabaning o’quv fanining ma’lum bir qismini o’tganligi haqidagi ma’lumot beradi. Har bir o’quv faniga ma’lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni talabalarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.

Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg’ulotlari mustaqil ishlar va o’quv rejasida ko’zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o’z ichiga oladi. Ya’ni ESTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan talabalarning to’la yuklamasiga tayanadi. Shuning uchun ESTS kreditlarini talaba mehnat sarfining o’quv fanlari bo’yicha shartli-sonli ifodasi deb hisoblash mumkin.
Odatda o’quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng undan ko’p va kam sonli fanlar ham mavjud.
ESTSda kreditlar yig’indisi semestrda – 30 o’quv yilida – 60 bakalavriatdagi o’quv davrida – 240 ni tashkil etadi.
ESTS kreditlari barcha o’quv fanlariga ya’ni majburiy va talaba tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo’yicha kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur.
O’quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murkkabligiga va o’zlashtirish bog’liq bo’ladi. Ya’ni har qanday murakkab fan ham katta miqdordagi kreditlarga ega bo’la olmaydi.
Agar murakkab fan bilish va tushunish darajasida o’zlashtiriladigan bo’lsa, kam murakkabli o’quv fani malaka darajasida o’zlashtirilsa tabiiyki oxirgisiga ko’proq kreditlar ajratiladi. Shuning uchun turli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari uchun, bir fanning o’zi turli o’quv dasturlariga va unga muvofiq turli mehnat sarfi va kreditlarga ega bo’lishi mumkin.
ESTSning asosiy tamoyillari.
ESTS quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:
1.Transferancy- bu ESTS tizimiga xoxlagan shaxs yoki tashkilotning to’siqsiz kirishiga shart-sharoit yaratish. Ushbu shart-sharoit kuchli axborot targ’iboti vositasida yaratiladi, uning natijasida umumiy yangilik, aniqlik va ochiqlik muhiti shakllantiriladi.
Axborot targ’iboti quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o’qish natijalari haqida bir-biriga o’z vaqtida axborot etkazib turish;


  • oliy o’quv yurtlarining o’z axbrot paketlari bilan muntazam almashib turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o’rganish;


  • oliy o’quv yurtlarida, ESTS haqida to’la ma’lumotlarning mavjudligi.


2.Agreement – talaba bilan ikkala oliy ta’lim muassasasining ESTS koordinatorlari orasida tayyorlash mazmuni, o’quv tartibi va muddatlari, attestatsiya tadbirlari, o’quv rejalaridagi faro’ni bartaraf etish tartiblari haqida o’zaro kelishuvlarini anglatadi.


3. Sredits – Host universitetida (qabul qiladigan universitet) muvaffaqiyatli o’tilgan barcha fanlar Post – universitetda ( talabani boshqa OTMga jo’natgan universitet) hisobga olinishi zarur.
4. Ta’limning insonparvarlashuvi – bu shaxsning turli ta’lim xizmatlariga bo’lgan ehtiyojini qondirishi va ta’lim jarayonida inson qobiyatining ochilishini anglatadi. ESTS ta’limni davom ettirish uchun oliy ta’lim muassasasini, o’quv fanlarini va o’qituvchilarni tanlish imkoniyatini beradi.
5.Ta’limning individuallashtiruvi – bu har bir talabaning individual reja va ta’lim dasturlariga ega ekanligini ifoda etadi. Talaba tanlovi asosidagi fanlar 70%ni, majburiy fanlar esa 30% dan oshmaydi. Talabaning mustaqil ish hajmi 70%ni, auditoriyadagi ishi esa 30%ni tashkil etadi. Ushbu ko’rsatkichlar individual ta’limni tashkil qilishga asos bo’lib xizmat qiladi.
6.Ta’limning samaradorligi – guruhda individual o’qitishli auditoriya mashg’ulotlari va talabaning mustavqil ishlarini uyg’unlashtirish orqali ta’minlanadi. Auditoriya o’quv vaqtining 70% gacha qismini individual o’qitishga, shuningdek umumiy o’quv vaqtining 70%gacha qismini mustaqil ishga ajratilishi o’quv fanlarining talabalar tomonidan o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishga imkon yaratadi. Ushbu bilan ta’limning samaradorligi ta’minlanadi.

ESTS tamoyillari – shaxsning o’z qobiliyatini to’la rivojlanishi va ro’yobga chiqarishi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish zaruriyligini ko’zda tutadi.





Yüklə 452,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə