Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Investitsion faoliyat samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

14.6. Investitsion faoliyat samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini
hisobi
Vaqt omili hisobi loyiha samaradorligini baholashning muhim tamoyillaridan
biridir. Bu hisob pullarning vaqtdagi qiymati nazariyasi tushunchalariga asoslanadi,
unga ko`ra bittagina pul summasi vaqtda joriy paytga nisbatan, masalan, inflyatsiya,
pul mablag’laridan muqobil foydalanish imkoniyatlari (pulni innovatsion loyihaga
kiritmaslik, balki bankka qo`yish mumkin va ularning qiymati vaqt davomida
o`zgaradi), ushbu ob`ektga investitsilar kiritish bilan bog’liq xatarlar va noaniqlilik va
boshqa sabablar tufayli har xil qiymatga ega bo`lishlari mumkin.
Ilmiy tadqiqotlarni boshqarish doimo o`zgaruvchan sharoitlarda amalga
oshiriladi. Shuning uchun ITTKIni doimo takomillashtirish zarur. Iste`molchilarning
talablari o`zgarishi mumkin.
Menejer ITTKIni dasturini boshqara turib, dinamik loyihalarni boshqarish
bilan to`qnashadi. ITTKI ning samaradorligi bozorda aniqlanadi.
Bozor segmentining asosiy xarakteristikalari to`rt o`zaro bog`liq o`zgaruvchilar
bilan ifodalanadi: bozor hajmi, narx, texnik samaradorlikka talab va vaqt.
Loyihani tanlash alternativ qarorlarni faol izlash bilan bog`liq.
ITTKI portfeli turli loyihalardan tashkil topgan: yirik va kichik; tugallashga
yakin va boshlanadigan. Xar bir loyiha resurslarini talab qiladi.
Portfel ma`lum konturga ega bo`lishi va barqaror bo`lishi kerak.
Ma`lum bir davrda portfeldagi loyihalar soni loyihalar xajmidan bog`liq. U
tadqiqot uchun zarur bo`lgan resurslarning umumiy xajmi va bir loyihani amalga
oshirish uchun zarur bo`lgan xarajatlar bilan o`lchanadi.
Portfeldagi loyihalar soni (n) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
xarajatlar
gan
sarflanadi
loyihaga
Bir
byudjeti
ITTKI
Davrdagi
n



360
Kichik loyihalardan tarkib topgan portfel ko`proq ishonchliroq. Odatda hamma
loyihalarning faqat 10% muvaffaqiyatli bo`ladi. Lekin kichik loyihalar kam sotish
hajmiga ega bo`lgan (kam foyda potentsialli) yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga
qaratilgan.
Portfelning umumiy bahosi o`rtacha rentabellik ko`rsatkichi bilan beriladi.
Loyihalar rentabelligi (Ri) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Ri = Pi /Zi
Bunda,
Pi
– i loyihadan olinadigan foyda;
Zi
– i loyiha xarajatlari;
i
– loyihaning navbatdagi raqami.
Har bir portfel rentabelligi o`rtacha rentabellik bilan aniqlanadi.
Rentabellik ko`rsatkichlari asosida afzallik koeffitsientini hisoblash mumkin
(Kp):
Kp = Ra/ Rb
Masalan, ikkita loyihadan iborat ikki portfel taklif qilinadigan bo`lsa, ularni
baholash uchun dastlab ikkita birinchi loyihaning rentabelligi, so`ng ikkita ikkinchi
loyihalarning rentabelligi taqqoslanadi. Buning uchun birinchi loyihaning rentabelligi
ikkinchi loyihanikiga bo`linadi. Xuddi shunday amal ikkinchi loyihalar uchun ham
o`tkaziladi. Agar Ra / Rb > 0 bo`lsa, birinchi loyihaning rentabelligi afzal
hisoblanadi. Agar Ra / Rb < 0 bo`lsa, unda loyiha rentabelliklari teng baholanadi yoki
B loyihaning rentabelligi yuqori hisoblanadi. Lekin, har qaysi loyiha o`zining
individual rentabelligiga (Ri) va xarajatlarning shakllanishida ma`lum bir xarajat
hissasiga ega (Dzi = Zi / Z). Bu shundan dalolat beradiki, demak, umumiy afzallik
koeffitsienti (Kp) rentabellik bo`yicha va xarajatlar tarkibi bo`yicha afzallik
koeffitsientlari tizimi ko`rinishida ifodalanishi mumkin.
Rentabellik bo`yicha afzallik koeffitsienti:
Kr = Rai * dzai / Rbi x dzai
Xarajatlar tarkibi bo`yicha afzallik koeffitsienti:
Kdz = Rbi * dzai/ Rbi * dzbi


361
Shunday qilib, umumiy afzallik koeffitsienti quyidagi formula orqali
aniqlanadi:

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə