Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

FV = PV (1+K)
n
bu yerda,
FV
– kelajakdagi qiymat;
PV
– joriy qiymat;
K
– daromadlilik stavkasi;
N
– pulning band bo`lish davri (yil, chorak, oy).
Diskontlash pulning joriy qiymatini aniqlash imkoniyatini beradigan murakkab
foizlarni hisoblash uslubiga teskari amal bilan hisoblab chiqariladi:


n
K
FV
PV


1
1
Buning mohiyati shundan iboratki, kelajakda muayyan vaqt ichida qayta
tushadigan pul oqimlari evaziga investorlar bugungi kunda zarur mablag`larni
qo`yishga tayyor turadilar.
Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e`tibor
investitsiya imkoniyatlarining tahliliga jalb etilayotgan resurslar qiymatini
baholashga qaratilishi talab etiladi.
Ishlab chiqilayotgan investitsion loyiha bo`yicha biznes-reja tuzish quyidagi
ikki masalani hal etishga yordam beradi:

investitsion loyiha kontseptsiyasi xaqiqatdan ham daromadli hisoblanadimi
va uning ustidan ish olib borish ma`noga egami;

loyihani istiqboldagi muvaffaqiyatiga ta`sir etuvchi jihatlar ushbu
kontseptsiyada mavjudmi.


356
Biznes-reja – bu korxonani kelajakdagi asosiy jihatlarini belgilovchi hujjat
bo`lib, korxona oldida paydo bo`lishi mumkin bo`lgan muammolarni va ularni hal
etish usullarini aniqlab beradi. Shuning uchun to`g`ri to`zilgan biznes-reja
tadbirkorlarga quyidagi to`rtta asosiy masalani hal etishda yordam beradi:

bozor hajmini va uning istiqboldagi rivojlanishini aniqlash;

xarajatlarni baholash va narxlar bilan taqqoslash;

rejalashtirilayotgan loyiha oldidagi muammolarni aniqlash;

amalga oshirilayotgan faoliyatni baholovchi ko`rsatgichlarni aniqlash.
Biznes-reja istiqbolli (perspektiv) hujjat bo`lib, uni 3-5 yilga moslab to`zish
lozim. Birinchi yil uchun asosiy ko`rsatgichlarning har oydagi qiymatlarini aniqlash,
ikkinchi yil uchun – kvartal qiymatlarini va uchinchi yildan boshlab yillik
qiymatlarini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Biznes-reja muayyan tuzilishga ega
bo`lishi lozim. Masalan YUNIDO qullanmasi uning tuzilishidagi quyidagi
bo`limlarni ajratib chikaradi:

tovarlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash;

ishlab chiqarishni tashkil etish uchun muljallangan resurslar assortimenti va
hajmi;

yangi ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish;

ishlab chiqarishni tashkil etish texnik asosi;

ishlab chiqarishda, boshqaruvda va savdoda band bo`lgan personal bilan
bog`liq bo`lgan xarajatlar qiymati va strukturasi;

personalni mexnat faoliyatini tashkil etish;

loyihani amalga oshirish tashkiliy-huquqiy ta`minoti;

loyihani moliyaviy ta`minlash.
Loyihani detal, texnik-iqtisodiy asoslanishini va moliyaviy asoslanishini
tayyorlash muammolarni al`ternativ yechimlarini bera olishni ta`minlaydi. SHuning
uchun loyihani bu bosqichida turli profildagi mutaxassislar ishlashi maqsadga
muvofiqdir, ya`ni:

ushbu soha bilan yaxshi tanish iqtisodchi;


357

mahsulotni sotish bozorini tahlil qila oladigan mutaxassis;

o`rnatilayotgan texnologiya bilan yaxshi tanish injener-texnolog;

injener-konstruktor;

injener-quruvchi va x.k.

Loyihaning oxirgi ta`rifini aniqlashda quyidagilarga e`tibor berish lozim:

istiqboldagi loyiha masshtabi, ya`ni rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish
qiymati;

istiqboldagi ishlab chiqarish faoliyatining masshtablarini belgilash;

asosiy va qo`shimcha ishlar turlarining vaqtli davomiyligini aniqlash.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə