Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishning xorijiy



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

15.3. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishning xorijiy
tajribalari
Ushbu tadqiqotning obyekti bulib jaxondagi eng rivojlangan davlatlar tanlab
olindi: AKSh, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Frantsiya. Tadqiqot predmeti:
innovatsion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi davlat organlari, moliyalashtirish, kredit
va solik tizimidagi imtiyozlar, tashki iqtisodiy faoliyat; innovatsion faoliyatning
ilmiy-metodik va axborot ta`minotini qo`llab quvvatlashning shakllari; kooperatsiya
va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini rag`batlantirish.
Jahon tajribasida innovatsion faoliyatni rag`batlantishda soliq imtiyozlarining
quyidagi turlaridan foydalaniladi.

Innovatsion va ilmiy tadqiqot soliq kreditlarini taqdim etish, ya`ni foydadan
innovatsion maksadlarga ajratilgan mablag`larga foyda solig`i bo`yicha imtiyozlar
berish.

Innovatsion xarajatlar ko`payganda soliqlarni kamaytirish;

Innovatsion faoliyat bo`yicha olingan foyda solig`idan ozod qilish;

Yuridik va jismoniy shaxslar innovatsion tashkilotlarning aktsiyalarini sotib
olishlari natijasida olinadigan dividentlari imtiyozli soliqlarga tortish;

Loyihalarning ustivor yo`nalishlarda bajarilayotganligini hisobga olib
imtiyozlar berish;

Intellektual mulkning natijalari bo`lmish patent, litsenziya, nou-xau hisobiga
olingan foydani imtiyozli soliklarga tortish;

Mashina va dastgohlar ITI, oliy o`quv yurtlari va boshqa innovatsion
tashkilotlarga berilganda foydaning soliqqa tortiladigan qismini ularning qiymatiga
mos holda kamaytirish;
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-innovatsion
rivojlanishning uchta modelini ajratish mumkin.
1)
Fanda yetakchilikka intilayotgan mamlakatlar, ilmiy-ishlab chiqarish
bosqichlarining barcha bo`g`inlarini qamrab olgan yirik masshtabli maqsadli
loyihalar amalga oshiriladi va bu yerda mudofaa sektorining ilmiy-innovatsion ulushi
juda katta. (AQSh, Angliya, Frantsiya)


372
2)
Yangiliklarni kengaytirishga, qulay innovatsion muhit yaratishga
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ratsionallashtirishga intilayotgan mamlakatlar
Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya;
3)
Innovatsion infrastrukturalarni rivojlantirish yo`li bilan yangiliklarni
rag`batlantiruvchi, jahon ilmiy texnika yutuqlariga moslashuvini ta`minlovchi, fan va
texnologiya sohalarining barcha sohalarini muvofiqlashtiruvchi mamlakatlar
(Yaponiya, Janubiy Koreya).

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə