Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


- Bob. INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

15- Bob. INNOVATSIYALAR TIZIMI VA INNOVATSION
FAOLIYATNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
15.1. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining
asoslari
Davlat innovatsion siyosati – bu innovatsion faoliyatni faollashtirish va uning
samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan tadbirlar yig`indisidir, bundan tashqari
innovatsion faoliyat natijalaridan mamlakatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishida va
jamiyat ehtiyojlarini to`la qondirishda keng foydalanishdir. Davlat innovatsion
siyosati uchta bosqichdan tashkil topgan:

Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy asoslangan kontseptsiyasini
ishlab chiqish;

Innovatsiyani davlat tomonidan qo`llab quvvatlashning asosiy yo`nalishlarini
aniqlash;

Innovatsion faoliyatni faollashtirish bo`yicha qo`yilgan maqsadga erishishga
amaliy ta`sir ko`rsatish.
Innovatsion siyosatning ikki turi mavjud: strategik va taktik. Davlat
innovatsion siyosatining strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
rivojlanishining uzoq muddatli kontseptsiyalari asosida shakllantiriladi. Innovatsion
siyosat strategiyasini tanlash o`z navbatida quyidagilarni talab qiladi: innovatsion
faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo`nalishlarini aniqlash, ilmiy
potentsialni rivojlantirish va undan foydalanish metodlarini tanlash, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishga mos holda innovatsion rivojlanishning asosiy maqsadlarini belgilash.
Taktik innovatsion siyosatda joriy maqsadlar va bu maqsadlarga yuqori
samaradorlik bilan erishishni ta`minlaydigan aniq tadbirlar aniqlanadi. Taktik
vositalar – bu ilmiy tadqiqot va loyiha-konstruktorlik ishlarni moliyalashtirish,
moddiy-texnik va axborot ta`minoti, xodimlarni tanlash, innovatsiyani rivojlantirish
bo`yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratishdir.
Davlat innovatsion siyosati, uni shakllantirish metodlarining samaradorligini va
innovatsiyani qo`llab-quvvatlashning asosiy yo`nalishlari bo`yicha davlatda fan
texnikaning rivojlanishiga baho berish mumkin. Fan texnika rivojlangan


368
mamlakatlarda ilmiy-texnika natijalarini (litsenziya, patent va boshkalar) eksport
qilish kengayadi, tayyor yangiliklarni eksport qilish ko`payadi va boshqa
mamlakatlarga ilmiy-texnik innovatsion yordam ko`rsatish kengayadi.
Davlat innovatsion siyosati asosan innovatsion jarayonni amalga oshirish
uchun qulay iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy, axborot va ijtimoiy-psixologik sharoitlar
yaratishga yo`naltirilgan.
Innovatsion siyosatning shakllanish metodlari, sharoitlaridan kelib chiqqan
holda, davlat tomonidan innovatsiyani qo`llab quvvatlashning asosiy yo`nalishlari
aniqlanadi. Innovatsiyani davlat tomonidan qo`llab quvvatlashning asosiy
yo`nalishlari quyidagilardan tashkil topgan:
2)
perspektiv yo`nalishdagi ilmiy tadqiqotlarning (fundamental, izlanish,
amaliy) rivojlanishini qo`llab quvvatlash;
3)
innovvatsion faoliyatni mutaxassislar bilan ta`minlash;
4)
innovatsion faollikni oshirishga yo`naltirilgan turli xil dasturlarni ishlab
chiqish;
5)
alohida firma (korxonalar)ning innovatsion faoliyatining samaradorligini
oshirishga rag`batlantiruvchi ta`sir ko`rsatuvchi fiskal va boshqa dastaklarni davlat
tomonidan tartibga solish;
6)
fanning turli sohalarining (akademiya, tarmoq va oliy o`quv yurti) o`zaro
aloqasini samarali tashkil etishda davlat vositachi sifatida ishtirok etishi va oliy o`quv
yurtlari (universitet, institut, akademiya) bilan sanoat korxonalari orasidagi
innovatsiya ishlamalari bo`yicha korporatsiyani rag`batlantirish;
7)
innovatsion ishlamalarga davlat buyurtmalarini shakllantirish;
8)
viloyatlardagi innovatsion faoliyatni tartibga solish;
9)
innovatsion faoliyatni huquqiy bazasini yaratish;
10) innovatsion jarayonlar bo`yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish.
Innovatsion faoliyat bo`yicha xalqaro aloqalarni tartibga solish shakllari turli
xildir. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

xorijiy innovatsion investitsiyalarni rag`batlantirish;

hamkorlikning eng perspektiv va ustivor yo`nalishlarini asosli tanlash;


369

innovatsion ishlamalarni eksport nazoratidan o`tkazish;

xalqaro kichik innovatsion tadbirkorlik aloqalarini qo`llab quvvatlash;

hamkorlikda bajarilayotgan innovatsion loyihaning ishtirokchi davlatlarga
(korxonalarga) maxsus soliq va kredit imtiyozlarini qo`llash;

mamlakatga xalqaro standart va normalarni joriy qilish
Bundan tashqari ushbu sohani davlat tomonidan tartibga solish shakllariga
quyidagilarni kiritish mumkin: ma`lum ma`noda innovatsiya muammolari bilan
shug`ullanayotgan xalqaro tashkilotlarning (YuNESKO, OESR, YuNIDO, MAGATE
va boshqalar) ishlarida ishtirok etish, xalqaro konventsiyalarda qo`shilish (masalan:
intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo`yicha konventsiyaga) xalqaro
innovatsiyalar aloqalarini huquqiy tartibga soluvchi maxsus qonunlar va normalar
ishlab chiqish, xalqaro patent-litsenziya operatsiyalarida ishtirok etish va hokazo.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə