Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Tayanch iboralar:
Innovatsion siyosat, innovatsion faoliyatni boshqarish, innovatsion
siyosatning asosiy yo`nalishlari, innovatsion faoliyatni tartibga solish metodlari,
innovatsion kontseptsiya, texnopolislar.
Mavzu bo`yicha nazorat savollari:
1. Davlat innovatsion siyosati deganda nimani tushunasiz?
2. Davlat innovatsion siyosati qanday bosqichlardan tashkil topgan?
3. Innovatsiyani davlat tomonidan qo`llab quvvatlashning qanday yo`nalishlari
mavjud?
4. Innovatsion faoliyatga davlat tomonidan ta`sir qilishning qanday metodlari bor?
5. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan boshqarishning ahamiyati?
6. AQShda innovatsion faoliyatni boshqarish organlari?
7. AQShda innovatsion faoliyatni qo`llab quvvatlashning o`ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
8. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni qo`llab quvvatlashda qanday
imtiyozlar beriladi?
9. Yaponiyada innovatsion faoliyatni
qo`llab
quvvatlashning o`ziga xos
xususiyatlari?
10.
Evropa 
Ittifoqi 
mamlakatlarida 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotini
qo`llab
quvvatlashning o`ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?


383
16-Bob. INNOVATSION LOYIHALAR SAMARADORLIGI
16.1. Innovatsion loyihalarni (mavzularni) tanlash
Innovatsion faoliyat har xil tavakkal turlari bilan bog`liq. Umumiy ko`rinishda
innovatsion faorliyatdagi tavakkal yangiliklarni yaratish va ishlab chiqarishda
mablag`lar qo`yishda paydo bo`ladigan yo`qotishlar ehtimolligi kabi aniqlanadi.
Korxonalar 
va 
tashkilotlarning 
innovatsion 
faoliyatida 
paydo 
bo`ladigan
tavakkallarga quyidagilar kiradi: loyihani noto`g`ri tanlash tavakkali, marketing
tavakkallari, raqobatni kuchaytirish tavakkali, loyihalarning yetarli moliyaviy
resurslar bilan ta`minlanmasligi tavakkali, oldindan o`ylanmagan harajatlar tavakkali,
shartnomalarni bajarmaslik tavakkali va boshqalar.
Bundan tashqari innovatsion faoliyatga kredit, innovatsion, tashqi iqtisodiy
tavakkallari hamda axborotlarning to`liq emasligi va noto`g`riligi tavakkallari ta`sir
ko`rsatadi.
Innovatsion faoliyat tavakkallarini kamaytirish uchun birinchi navbatda amalga
oshirishga taklif etiladigan loyihalarining (mavzularning) sinchkov tanlovini amalga
oshirish kerak. Innovatsion loyihalarni (mavzularni) tanlashning muhimligi avvalo,
loyihadan oldin quyidagi holatlar bilan aniqlanadi:

Innovatsion yangiliklarga keng ko`lamdagi va yuqori darajadagi
harajatlar;

Innovatsion yangiliklar yoki mavzularning alohida yo`nalishlariga
ajratilgan mablag`larning cheklanganligi;

Yuqori samara olish uchun tanlov asosida istiqbolli va dolzarb mavzularni
ajratib olishga intilish;

Buyurtmachilar va bevosita ilmiy-texnik hodimlar tomonidan taklif
etiladigan ko`p sonli mavzular;

Innovatsion yangiliklar va izlanuvchanlik tadqiqot yo`nalishlarida
kelajakda jahon darajasiga erishish uchun ilmiy-texnik va iqtisodiy tavakkallarni
kamaytirish zaruriyati;

Innovatsion yangiliklar natijalari korxonalar faoliyati strategiyalariga mos
kelishi zaruriyati.


384
Innovatsion yangiliklar mavzularini tanlashning muhim vazifalari bo`lib,
quyidagilar hisoblanadi: istiqbolli, dolzarb va samaraliroq mavzularni to`g`ri tanlash,
noma`lum, tasodifiy va texnik jihatdan bo`ladigan o`zgarishlar kelajakda mavzu
bo`yicha ishlarni bajara olmaslikni inobatga olish, taklif etiladigan innovatsiyalarning
ilmiy-texnik va iqtisodiy darajalarini pasaytiradigan sabablarni (omillarni) aniqlash;
innovatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib qabul qilinadigan va
tasdiqlanadigan mavzular sonini aniqlash; tanlov uchun uslubiy tavsiyalar berishga
ketgan harajatlarni qoplash.
Ilmiy-texnik tashkilotlarni va birlashmalarni (korxonalarni) istiqbolli va
mavzuiy rejalashtirish tajribasi mavzularni tanlashning umumiy, hamma qullay
uslublarini qo`llab yangiliklar yaratishning imkoniyati yo`qligini ko`rsatadi va har
qanday holatda ham baholashni samarali amalga oshirish ko`rsatkichlari sistemasini
ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi. Layoqatlarning ko`p maqsadli
harakterini, umri amalga oshirishning har taraflama natijalarini (iqtisodiy, ijtimoiy va
boshqa), mavzularni shakllantirish manbalari va zaruriy ma`lumotlarning
ishlanganliligi, shuningdek tarmoq va xudud xususiyatlarini inobatga oladigan
uslublar majmuasi va differentsiyalangan ko`rsatkichlar sistemasi ishlab chiqilishi
kerak. Bundan tashqari, mavzularni tanlashning asosiy printsiplari, omillar va
ko`rsatkichlar guruhlari, tanlash protsedurasi va uni amalga oshirish tashkiliy
shakllari umumiy va ko`p tarmoqli bo`lishi kerak.
Mavzularni tanlashdagi amaliy faoliyatda ular maxsus ko`rsatkichlar va ularni
hisoblash uslublari bilan, shuningdek, tanlovni ancha aniqroq amalga oshiruvchi,
tarmoq va xududning xususiyatlarini, maqsadli belgilarni ifodalovchi va mavzuni
shakllantirish manbalarini aniqlab beruvchi uslublar bilan to`ldirilishi mumkin.
Istiqbolli loyihalarni (mavzularni) tanlashda ularning tarkibini, ko`rsatkichlar
guruhini va ularning egallagan ulushlarini aniqlash bir qator printsiplar asosida
amalga oshiriladi. Mavzuni tanlashning asosi sifatida qo`yish mumkin bo`lgan
muhim printsip - bu innovatsion yangiliklarni amalga oshirishning oxirgi natijasiga
yo`naltirilganlikdir.


385
Mavzuni tanlash uchun ko`rsatkichlar sistemasini aniqlashda yangilik harakteri
va mazmunining tarmoq korxonalarini ishlab chiqarish – texnik va moliyaviy
imkoniyatlariga mos kelishi printsipini hisobga olish zarur. Istiqbolli mavzularni
tanlashning muhim printsiplariga yondashuvlarning kompleksliligi printsipi kiradi.
Ko`rsatkichlarni tanlashda turli guruhlarga kiruvchi alohida ko`rsatkichlarning
(tannarx, mehnat, vaqt, natural ko`rsatkichlarning) ratsional – muvofiqligi printsipi va
ko`rsatkichlarning samaradorlik natijalariga ta`sir cheklanganligi printsiplari inobatga
olinadi. Ko`rsatkichlarning tartibga solinuvchanlik printsipi shuni bildiradi-ki, bir
qancha ko`rsatkichlar o`z asosiy maqsadidan bog`liq holda mohiyati bo`yicha turlicha
bo`lishi mumkin, kengaytirilgan yoki qisqartirilgan bo`lishi mumkin. Bir qancha
ko`rsatkichlar nisbiy olinadi va o`suvchi ko`rsatkichlar yoki kamayuvchi
ko`rsatkichlar bo`lishi mumkin.
Ko`rsatkichlarga quyidagi talablar qo`yiladi: tanlangan mavzuni amalga
oshirishning oxirgi maqsadlari bilan mantiqiy bog`liqlik, obyektivlik, oddiylik va
hisoblashning qulayligi, aniqlik va olingan natijalarning bir xil ma`noga egaligi,
ko`rsatkichlarning qarama-qarshi emasligi, amalga oshirilayotgan hisob va hisobot
shakllariga mos kelishi.
Ko`rsatkichlar sistemasini o`rnatishning aytib o`tilgan printsiplarini hisobga
olib va ularga qo`yilgan talablardan kelib chiqib, istiqbolli va dolzarb loyihalarni
(mavzularni) tanlash uchun quyidagi ko`rsatkichlar guruhi qo`llanilishi mumkin:

Ilmiy-texnik;

Ishlab chiqarish-texnologik;

Moliyaviy-iqtisodiy;

Ijtimoiy-ekologik;

Tarmoq (hududiy);

Huquqiy;

Vaqt (omili) ko`rsatkichlari;

Bozor (marketing) ko`rsatkichlari.
Ko`rsatkichlarning har bir guruhi o`zining alohida ko`rsatkichlari: tarkibi,
strukturasi, soni va ular tarmoqning ixtisosligidan va alohida innovatsion tashkilotlar


386
doirasidan bog`liq bo`lgan mohiyati, mavzuni tanlashning maqsadi, bajarish
bosqichlari va ularni shakllantirish manbalari bilan harakterlanadi. Olimlarning
guruhlari alohida ko`rsatkichlari tarkibi, loyihalarni tanlash uslublarida o`z ifodasini
topadi. Mavzularni tanlash uslublariga bir qancha talablar qo`yiladi: istiqbolli va
samaraliroq mavzularni qat`iy tanlash, tanlangan mavzular natijalarining ishlab-
chiqarish – xo`jalik va fan – ishlab chiqarish sistemasi faoliyati maqsadlariga mosligi,
tanlangan mavzularning maqsadga yo`naltirilganligi, to`g`ri baholashning yuqori
darajada bo`lishi - birinchi navbatda kutiladigan natijalarga erishishni va mavzuni
shakllantirish 
manbalarini 
baholash 
to`g`ri 
bo`lishi, 
tarmoq 
va 
hudud
xususiyatlarining inobatga olinishi va hokazo.
Bu talablar majmuasini hisobga olish turli uslublardan kompleks foydalanish
yo`li bilan amalga oshiriladi. Mavzularni (loyihalarni) tanlashda qo`llaniladigan
uslublar sifat va miqdor uslublariga bo`linadi. Dastlabki bosqichlarda ilmiy-texnik
yangiliklarni tanlashda qo`llaniladi:
1)
Sifat uslubi, aql-farosat bilan ish tutishga asoslanish, shaxsiy tajriba va
malakaga asoslangan holda rejalashtirilgan innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq eta
olish. Uning obyektivligini oshirish yaxshi tashkil etilgan ekspert baholashlari va
matematik usullarni qo`llash orqali ta`minlanadi.
2)
Jadval-analitik uslubi;
3)
Miqdor uslubi - u baholashni ko`p darajali sistemasini qo`llash
ko`rsatkichlari majmuasidan foydalanishga asoslanadi.
Mavzuni tanlashdagi jadval-analitik uslubini qo`llashda hammadan oldin
natijalari mavzularni tanlashda inobatga olinadigan omillar (ko`rsatkichlar guruhi)
qayd qilinadi. Yagona uslubiyot nuqtai-nazaridan mavzuni tanlashdagi hamma
uslublar uchun yagona omillar majmuasi qo`llaniladi. Tanlanadigan har bir omilning
ta`sirini tavsiflash uchun turli xil baholar (a`lo, qoniqarli va boshqalar) qo`llaniladi.
Har bir alohida holat uchun faqat bitta baho qo`yiladi.
Ilmiy-texnik harakterdagi ko`rsatkichlarning ta`sirini bajarishi nuqtai-nazaridan
umumiy baholash uchun baholarning o`rtacha miqdori hisoblanadi. Mavzu shunga
o`xshash holda boshqa omillar, iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik va boshqa omillar


387
bo`yicha baholanadi. Olingan baholar umumiy jadvalga joylashtiriladi, ularga
asoslanib taklif etiladigan mavzular (loyihalar)ni tanlash to`g`risidagi masalalar
yechiladi.
Olingan
umumiy
ko`rsatkichlar
bo`yicha
turli
mavzular
(loyihalar)ni
solishtirib, u yoki bu innovatsion mavzuning afzalligining xaqiqiy (sof) bahosini olish
mumkin. Loyihani amalga oshirish chog`ida qo`llaniladigan yoki topilgan, yangi
to`zilgan davriy grafik va jadvallar dastlabki bashoratlar bilan solishtiriladi, (odatda
birta grafikda yangi va dastlabki baholar aks ettiriladi). Oxirida xaqiqiy natijalar
dastlabki
baholash
bilan
taqqoslanadi.
Shuningdek
taqqoslashlar
alohida
ko`rsatkichlarning ijobiy yoki salbiy tomonga o`zgarganini ko`rsatdi.
Ular loyihalarni baholagan mutaxassislar nuqtai nazaridan foydali bo`lishi
mumkin va ulardan eng yaxshilari loyihani tanlashda qo`llanilishi mumkin.
Sifat va grafik-analitik uslublari ken qo`llaniladigan keyin ulardan voz
kechilishi va grafiklar faqat-loyihalarning bajarilishini nazorat qilish uchun
qo`llanilishi mumkin. Birgina ularning o`zi obyektiv baholash uchun yetarli bo`lmay,
ularga qo`shimcha ravishda miqdor uslublari ham qo`llaniladi. Miqdor uslublarini
qo`llashda har bir aniq mavzu uchun birinchi darajali ko`rsatkichlar, asosiy
ko`rsatkichlar aniqlanadi, ularning ro`yxati to`ziladi va tenglashtiriladigan qiymatlari
aniqlanadi. Har bir innovatsion tashkilot yoki korxona loyihalar uchun foydali va
kadrli bo`lgan ko`rsatkichlarni qo`llashi mumkin.
Umumiy ko`rsatkichlar bo`yicha mavzular olingan summalarning kamayib
borish tartibida taqsimlanadi va ularning har bir mavzudagi joyi aniqlanadi. Bunda
baholashning ishonchlilik darajasini oshirish uchun mavzularning taqsimlanishida
ularga qo`shimcha ravishda, ko`rsatkichlar olingan ballar yig`indisidan bog`liq
ravishda kategoriyalarga (oliy, birinchi, ikkinchi darajali) turkumlanadi. Bunga
asoslanib, mavzularning dastlabki tanlovi amalga oshiriladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə