Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Investitsiyalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

16.3. Investitsiyalar samaradorligini baholash ko`rsatkichlari
Investitsiyalarning samaradorligini baholash ko`rsatgichlari:
1. Sof keltirilgan daromad. Investitsion loyiha bo`yicha sof keltirilgan daromad
ko`rsatgichi manfiy yoki nolga teng bo`lsa, ushbu loyiha qabul kilinmasligi kerak,
chunki u investor uchun quyilgan kapitalga qushimcha daromad keltirmaydi. Musbat
ishorali ko`rsatgich loyiha bo`yicha investor uchun kapitalni ko`paytirishga imkon
beradi.
2. Daromadlilik indeksi metodik jixatdan «kapital qo`yilmalar samaradorligi
koeffitsientini» baholash ko`rsatgichiga yaqin. Ammo iqtisodiy mohiyat jixatdan
ushbu ko`rsatgich undan farq qiladi, chunki investitsiyalardan kelayotgan daromad
sifatida sof foyda emas, balki pul oqimi ko`rsatgichidan foydalaniladi.
Daromadlilik indeksi taqqoslash baholash uchun ishlatiladi va investitsion
loyihani amalga oshirish uchun ishlatiladi. Agar daromadlilik indeksi miqdori birdan
«1» kichik yoki unga teng bo`lsa, ushbu loyiha qabul qilinmasligi lozim, chunki u
investor uchun qushimcha daromad keltirmaydi. Boshqacha kilib aytganda
daromadlilik indeksi ko`rsatgichi birdan «1» katta investitsiya loyihalari amalga
oshirilishi mumkin.


394
3. Qaytib kelish muddati ko`rsatgichi investitsiya loyihalarini samaradorligini
baholash ko`rsatgichlari o`rtasida eng ko`p tarkalganidir. Ushbu ko`rsatgich xaqiqiy
qiymatga keltirilgan investitsion vositalar va pul oqimi summasi asoslangan pul
oqimiga asoslanadi. Ushbu ko`rsatgichdan nafaqat investitsiyalar samaradorligini
baholashda, balki investitsion xavflarni hisoblashda ham foydalanish mumkin.
4. Daromadlilik ichki normasi hisob mexanizmi bo`yicha butunlay yangi
ko`rsatgich hisoblanadi. U aniq investitsion loyiha bo`yicha daromadlilik darajasini
xarakterlaydi va diskont stavkasi bilan ifodalanadi.
Daromadlilik ichki normasi ko`rsatgichi taqqoslash baholash uchun ishlatiladi.
Bunda ushbu ko`rsatgich investitsion loyihalar bo`yicha hisoblanadi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan ko`rsatgichlar bir biri bilan o`zviy aloqada
bo`lganligi sababli reinvestitsiyalarni samaradorligini baholashda ulardan kompleks
ravishda foydalanish mumkin.
Investitsion loyihalar samaradorligini baholash natijalari korxona investitsion
portfelini tashkil etishda ishlatilishi mumkin.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə