Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish
.
Yuqorida ko`rsatilgan davlatlar Angliya, Frantsiya, Germaniya Yevropa ittifoqi
davlatlari orasida eng ilg`orlari hisoblanadi. Yevropa ittifoqidagi davlatlar soni 20
dan oshib ketdi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: tabiiy
resurslarning, yer va ish kuchining qimmatligi, yuqori darajada aholining zichligi,
ishlab chiqarishning texnologik darajasining yuqoriligi, ma`lumot, madaniyat, tarixiy
an`analarga nisbatan ijobiy munosabat, muhim oziq-ovqat mahsulotlarning bahosi
davlat tomonidan nazorat qilinishi; ishlab chiqarishni boshqarishda xalqaro va
Yevropa standartlaridan foydalanish; mahsulotlarni sertifikatsiyalash; innovatsion
faoliyatni idikativ rejalashtirish; xalq xo`jaligining ilm talab bo`lgan tarmoqlarining
rivojlanishi, ishlab chiqarishni kontsentratsiya va kooperativlashtirish darajasining
yuqoriligi. Buning natijasida ushbu davlatlarda hayot darajasining yuqoriligi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga katta
e`tibor berilmoqda. Yevropa ittifoqida innovatsion siyosatning asosiy yo`nalishlariga
quyidagilar kiradi:

yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqarish:

dastgohlarning amortizatsiyasini tezlashtiruvchi sistemadan foydalanish;

ITTKI imtiyozli soliqqa tortish;

kichik ilmtalab biznesni rag`batlantirish;

namunaviy
texnologiyalar
sohasi
bo`yicha
innovatsiyalarni
davlat
tomonidan to`g`ridan to`g`ri moliyalashtirish;

universitet
fani
bilan
ilmtalab
mahsulotlarni
ishlab
chiqarilyotgan
firmalarning hamkorligini rag`batlantirish.
Evropa ittifoqi innovatsion faoliyatining asosini 1985 yilda qabul qilingan
«Texnologiyalarni
innovatsiya
va
almashishning
xalqaro
infratuzilmasini
rivojlantirish rejasi» tashkil qiladi. Ushbu hujjatning asosiy maqsadi - milliy va undan
yuqori darajada ilmiy tadqiqot natijalarini tayyor mahsulotga joriy qilish jarayonini
tezlashtirish va oddiylashtirish, Yevropa ittifoqida innovatsiyalarning tarqalishini
qo`llab quvvatlashdan iborat. Ushbu rejaning quyidagi bo`limida, ya`ni «Innovatsiya


378
sohasida
davlatlararo
kooperatsiya»da
innovatsiyalarni
boshqarish
va
texnologiyalarni almashish bo`yicha funktsional konsalting xizmatini tashkil qilish va
faoliyat ko`rsatilishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi bo`limda yuqoridagi rejaning bajarilishi muvofiqlashtirib yoritilgan.
Uchinchida-innovatsiya va texnologiyalar bo`yicha axborotlar almashish tizimini
tuzish, patent tizimini, unifikatsiya va standartizatsiyalashni takomillashtirish
masalalari, to`rtinchi bo`limda - past rivojlangan davlatlarning (Gretsiya, Irlandiya)
innovatsion imkoniyatlarini ko`tarish bo`yicha tadbirlar yoritilgan.
1988 yildan boshlab Yevropa ittifoqida ITTKI natijalarini tarqatish bo`yicha
«VEL`YU» dasturi faoliyat ko`rsatmoqda.
Evropa mamlakatlarining jahon yuqori texnologiya bozorlaridagi ulushining
kamayishiga javoban quyidagilar qabul qilindi:
EKSPRIT - 1984 yilda qabul qilingan, axborotlar tizimi texnologiyasi doirasida
ilmiy tadqiqotlar Yevropa strategik dasturi (250 ta kompaniya va 3 mingta
tadqiqotchilar ishtirok etishadi).
RASE-1985 yilda qabul qilingan, Yevropada aloqaning ilg`or usullarini
tadqiqot qilish dasturi.
EVRIKA- Frantsiya tashabbusi bilan 1985 yilda qabul qilingan kompleks
dastur. Uning maqsadi - Amerika va Yaponiya korporatsiyalari tomonidan raqobatga
qarshi tura oladigan, alyans yo`li bilan paydo bo`lgan yirik Yevropa sanoat
korxonalarini rag`batlantirish, Yevropa ITTKIlarni 6 sohasi bo`yicha ishlarni tashkil
etish va muvofiklashtirish: optronika; yangi materiallar; katta EHM, kuchli lazerlar;
zarrachalarni tezlashtiruvchilar, sun`iy intellekt.
Evrikaning oliy organi - ishtirokchi davlatlar vazirlari darajasida yiliga ikki
marta bo`ladigan anjuman. Ishchi organi - 7 ta mutaxassisdan va 6 ta texnik
xodimdan tashkil topgan, uning sekretariati Bryusselda joylashgan.
ITTKI axborotlar bilan ta`minlashni takomillashtirish maqsadida Yevropa
axborot markazi (EAM) tashkil etilgan va u o`z tarkibiga 1995 yili Buyuk
Britaniyada joylashgan 21 guruhdan va Yevropaning boshqa mamlakatlarida 210 ta
guruxdan tashkil topgan edi. EAM 25% i
Yevropa
ittifoqi tomonidan


379
moliyalashtirilsa, qolgan 75% - homiylarning mablag`lari va pullik xizmat ko`rsatishi
hisobiga olingan mablag`lardir.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə