Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash tamoyillari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

16.2. Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash tamoyillari
Investitsion 
qarorlarni 
qabul 
qilish 
jarayonida 
investitsiyalarning
samaradorligini baholash eng murakkab bosqich hisoblanadi. Ushbu baholash xar


388
tomonlama va obyektiv bajarilishi quyilayotgan kapitalning qaytib kelishi muddati va
korxonaning rivojlanish templarini ta`minlab beradi. Kapital qo`yilmalar
samaradorligini baholash usullarida samaradorlik koeffitsienti va qaytib kelish
muddati ko`rsatgichlaridan foydalaniladi.
summasi
yilmalar
qo
Kapital
summasi
foyda
yillik
rtacha
O
nti
koeffitsie
ik
Samaradorl
`
`

Real investitsiyalarni samaradorligini 
baholashga qo`yidagi 
metodik
yondoshuvlar mavjud.
Pul oqimi ko`rsatgichi asosida investitsiyalanayotgan kapitalning qaytib
kelishini baholash tamoyili.
Bunda pul oqimi sof foyda va amortizatsion ajratmalar
hisobiga tashkil topadi.
Investitsiyalanayotgan kapital va pul oqimini xaqiqiy qiymatga keltirish
tamoyili
. Investitsiyalash jarayoni ma`lum vaqt mobaynida bir necha bosqichlardan
o`tishi sababli, investitsiyalanayotgan summalar xaqiqiy qiymatga (har bir keyingi
bosqichla differentsiyalash) keltirilishi lozim. Xuddi shunday pul oqimi ham xaqiqiy
qiymatga keltirilishi lozim.
Turli investitsion loyihalar uchun pul oqimini diskontlash jarayonida
diskont
stavkasini tanlash
baholashning uchinchi tamoyili hisoblanadi.
Loyihalarni moliyalashtirishga yo`naltiriladigan moliyaviy resurslardan samarali
foydalanish uchun investitsiya loyihalarini saralashda ular ustuvorliklari va
mezonlarini tanlash jarayonlarini mukammallashtirish talab etiladi.
Investitsiya loyihalarini atroflicha ekspertiza qilish va tahlil etish chog`ida
respublikadagi loyiha tashabbuskori nuqtai nazaridan asosiy kapitalni takror
yaratish bilan bog`liq investitsiya sarflari hisobga olinadi. Investitsiya loyihalari
tenderi ham TIA, qurilishning smeta hujjatlari va smeta qiymati asosida jami xarajatlar
majmuini hisobga oladi. Investitsiya loyihalarining iqtisodiy va moliyaviy tahlili
investitsiyalar xarajatlarini hisobga olinadi. Loyiha tashabbuskori chet ellik
hamkor bo`lgan
hollarda va aralash tarzda moliyalashtirish usullaridan
foydalanish ko`zda tutilganda moliyalashtirish ichki manbalarining qiymatini baholashni
nazarda tutish muhimdir. Inves-titsiya loyihalari tenderida TIA, loyihada ko`zda


389
tutilgan smeta hujjatlari asosida barcha sarflar hisobga olinadi. Asosiy kapitalni
oluvchi (buyurtmachi) nuqtai nazaridan ish butunlay boshqacha tusda bo`ladi, unga
bular qo`shilgan qiymat solig`i hisobga olingan holda tushadi, bu investitsiya
sarflarini oshiradi. Shu munosabat bilan investitsiya qiymatini saklash va
kapitallashuvni ta`minlash nuqtai nazaridan, shuningdek, sarflarning qoplanishi
nuqtai nazaridan qaralganda amalda loyiha ko`rsatkichlari ta`minlanmaydi. Buni
investitsiya loyihasi amalga oshirilgandan so`ng uning qiymati QQS stavkasi miqdorida
oshishi, loyiha ko`rsatkichlari shunga muvofiq tarzda pasayishi bilan tushuntirish
mumkin.
Shunday
qilib, kompleks ekspertizada, loyiha qiymatini
baholashda,
iqtisodiy, moliyaviy va boshqa tahlillarda investitsiya faoliyati natijalariga va
qurilish mahsulotlari qiymatiga egri soliqlar solish hisobga olinmaydi, bu esa
investitsiyalar sarflarini ko`paytiradi va investitsiyalarning kapitallashuvi darajasini
pasaytiradi. 
Bularning 
hammasi
kapital 
qiymatini 
baholash
loyihalar
ekspertizasini o`tkazish va saralash, tahlil qilishda investitsiya faoliyatini soliqqa
tortish natijalarini hisobga olishni talab qiladi.
Davlat investitsiya dasturlarini tuzishda moddiy va moliya resurslarini
balanslash masalasi e`tibordan chetda qoladi. Ushbu investitsiyalarning moliyaviy
ta`minoti dasturlari tuzilmaydi, holbuki bu dasturlarda investitsiya qarorlarini qabul
qilish uchun ulardan har birining qiymatini baholash maqsadlarida turli resurs
manbalar nisbatlarini aniq-ravshan belgilash mumkin bo`lar edi.Davlat
investitsiya dasturlarini turli moliyalashtirish
manbalari tuzilmalari
bilan
balanslashtirilmaganligi investitsiyalarni amalda o`zlashtirish natijalarining
istiqbol ko`rsatkichlaridan farq qilishiga olib keladi.
Investitsiyalar xususidagi qarorlar, davlat investitsiya dasturlari menejmentini
tashkil qilish, ularni moliyalashtirish manbalari va investitsiya loyihalarini amalga
oshirish moddiy resurslari bilan bog`liqlikda olib borilishi kerak. Davlat
investitsiyalar dasturlari menejmenti resurslarni jalb qilish geografiyasidan kelib
chiqqan holda xalqaro darajada amalga oshirilishi lozim. Davlat darajasida


390
investitsiya dasturlarining moliyaviy ta`minlash manbalari dasturi va ularni
ta`minlaydigan moddiy resurslar dasturi tuzilishi talab etiladi.
Ta`kidlab o`tilgan nuqtai nazardan O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
faoliyat Milliy bankining investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo`yicha xalqaro
moliya institutlari bilan olib borgan ish tajribalari diqqatga sazovordir. Bank
xalqaro moliya institutlari bilan aniq investitsiya loyihalarini amalga oshirish
bo`yicha 
hamkorlik
qiladi. 
Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
Milliy 
banki
investitsiyalarning asosiy oqimi kanali vazifasini bajarib, ularning taqsimoti
hamda ularga xizmat ko`rsatishda qatnashib tijorat banki hamda tiklanish va
taraqqiyot banki belgilarini mujassam etadi. Bank uchun loyihaviy moliyalashtirish
kabi faoliyat turi ustuvor hisoblanadi. Baholash va tanlab olishda iqtisodiyotning
ustuvor sohalarida eksport potentsialini o`stirishga va import o`rnini bosishga
yordam beradigan, o`zini oqlaydigan, ekologik toza loyihalar ma`qul ko`riladi. Bu
bank tizimida chet el kreditlarini jalb qilish va foydalanish hamda investitsiya
loyihalarini saralash bo`yicha qat`iy va samarali tizim yaratilgan.
Iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Jahon banki, Yevropa
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, KFW banki hamda
boshqalar kredit liniyalari berish yo`li bilan yordam ko`rsatadi.Loyihalarni tahlil
qilishda ularning barchasi resurslardan foydalanishning muqobil yo`llarini
taqqoslashga alohida ahamiyat beradi. Bunday usul qabul qilinadigan qarorlarni
asoslash imkoniyatlarini yaratib, bu jarayonga aniqlik va puxtalik beradi.
Ko`rib chiqiladigan loyihalarning natijalari ularning milliy iqtisodiyot
rivojlanishi yo`nalishlari uchun aha-miyati bilan belgilanadi. Muqobil variantlarni
hisobga olish jami loyiha tsikli davomida, tarmoqni rivojlantirish rejasini
tuzishdan boshlab loyihani belgilash va uni baholashga qadar, loyihalar tahlilining
eng muhim tomoni hisoblanadi. Loyiha tahlilining o`zagini sarflar/ naflar
kontseptsiyasiga tayanadigan iqtisodiy va moliyaviy tahlil tashkil qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki loyihalarni tanlab olishda eksportga
mo`ljallangan va import o`rnini bosadigan, mahalliy xom ashyodan foydalanish va
uni qayta ishlashga asoslangan korxonalarga afzallik beradi. Tahlil va tanlovda


391
baholashni o`tkazishni va investitsiya loyihalarini qiyoslashni tezlashtirishga
yordam beradigan turli amaliy
komp`yuter programmalari vositalaridan
foydalaniladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda
qo`llaniladigan
programmali vositalar paketlari orasida:
SOMG`AR;
RKOSPIN;
RROJECT
EXRERT;
TIA

INVEST va
boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin. Shu bilan birga, shuni ta`kidlash joizki, bu
programmali vositalar tahlil va baholash jarayonlarini tezlatish imkoniyatini
berish bilan birga, har biri o`ziga xos qator cheklanishlarga egadir.
O`zbekistonda kredit liniyalarini o`zlashtirayotgan xalqaro moliya institutlari
loyihalarni tanlash, investitsiya qarorlarini qabul qilishda o`z talablarini, kredit
resurslarini berishda o`z shartlarini qo`yadilar. Bu xalqaro moliya institutlari faqat
loyiha tashabbuskorining o`z mablag`lari ham ishtirok etgan hollardagina resurslarni
bera oladilar. Qarzdorning o`z kapitali ishtiroki xissasi 25 foizdan kam bo`lmasligi lozim.
Yaponiya taraqqiyot banki loyihalarni moliyalashtirishda loyihani amalga
oshirish uchun zarur mablag`larning eng ko`pi bilan faqat 40 foizini taqdim qilishi
mumkin, qolgan 60 foizini qarzdor o`z kapitali yoki xususiy banklar ssudasi
hisobiga qoplashi lozim. Bunda Yaponiya taraqqiyot banki mablag`larni jalb qilish
rejasining asosli ekanligini va ijrosi-ning realligini jiddiy ravishda tekshiruvdan
o`tkazadi. Yaponiya taraqqiyot banki milliy iqtisodiyotga foydali, xususiy shaxs
tomonidan amalga oshirish murakkab bo`lgan, loyihalarni maqsadli moliyalashtirish
bilan shug`ullanadi. Yaponiya taraqqiyot banki davlat moliya instituti tarzida
bevosita loyihaning o`zini hamda qarz oluvchining faoliyatini tahlil qiladi va
baholaydi. Loyihalarning tahlilini o`tkazishda va baholashda belgilangan iqtisodiy
siyosat uchun loyihaning ahamiyati aniqlanadi (yonlash imkoniyatlari kengayadimi,
aholi uchun loyiha qanday qulayliklar yaratadi, loyihani moliyalashtirish tizimiga mos
kelishi, loyiha uning tadbiq etuvchisiga nima beradi va nima uchun faqat shu loyihaga
mablag`lar safarbar etiladi). Bank tomonidan tahlil olib borilishida asosiy e`tibor loyiha
tavsifiga moliyalashtirish ko`lamini, qurilish xarajatlarini mos kelishini tekshiradi,
qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomadagi narxlarga baho beradi, loyihani tadbiq


392
etish uchun jalb qilinadigan kapital rejasini tahlil qiladi. Bunda asosiy e`tibor loyiha
rentabelligiga, investitsiyalarning qoplanish tahliliga qaratiladi. Bank beradigan
kreditlarini belgilangan foiz stavkalari bo`yicha ajratib boradi. Natijada qarzni uzish
muddati 10-15 yil bo`lganda ham, inflyatsyaga qaramay, foiz stavkasi o`zgarmaydi,
bu esa hukumat iqtisodiy siyosatining amalga oshishiga dalil bo`la oladi.
Jahon banki baholariga ko`ra O`zbekistonning xorijiy mamlakatlar bo`yicha
eksport tarkibi o`zgaruvchan bo`lgan. Mamlakatlar bo`yicha eksport tarkibi
barqarorlashmaganligi 
sababli, 
loyihalarning 
eksportbop 
mahsu-lot 
ishlab
chiqarishga (xizmat ko`rsatishga) qaratilishi va aniq mamlakatlar bozoriga
yo`naltirilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu munosabat bilan, mamlakat
eksportini rivojlantirish strategiyasi masalalarini amalga oshirishda, tadbiq etiladigan
loyihalar mahsulotlari bozorlarini teran marketing tadqiqotlari asosida o`rganish
talab qilinadi. Loyihalarni baholash, tanlovini tashkil etish va investi-tsiyalar
bo`yicha qarorlar qabul qilish masalalarini mamlakat eksportini kengaytirishning uzoq
muddatli strategiyasi bilan muvofiklashtirish talab etiladi.
Investitsiya loyihalarini baholash va amalga oshirish samaradorligini ko`tarish
maqsadlarida loyiha tsikli hamda loyiha tahlili bo`yicha jami ishlar majmuini yagona
davlat instituti — O`zbekiston tiklanish va taraqqiyot banki zimmasiga yuklatish zarur.
Davlat investitsiyalar dasturiga faqat TIA o`tkazilgan, smetalari tasdiqlangan,
muqobil qarorlar asosida, moliyalashtirish manbalari bilan yuz foiz ta`minlangan,
shu jumladan tashqi moliyalashtirish manbalari bilan aniq ta`minlanishi belgilangan
loyihalarni kiritish lozim. Loyihani
tanlash to`g`risidagi qaror har bir
moliyalashtirish manbai qiymatini alohida baholash va jami investitsiya kapitali
tuzilmasi qiymatining narxini aniqlash asosida qabul qilinishi talab etiladi.
Investitsiyalar xususidagi qarorlar, davlat investitsiya dasturlari menejmentini
tashkil qilish, ularni moliyalashtirish resurslari va investitsiya loyihalarini amalga
oshirish natijalarini kelgusida soliqqa tortilishini hisobga olib amalga oshirilishi
zarur. SHubhasiz, investitsiya loyihasi ostidagi moddiy resurslar menejmenti
programmasi davlat miqyosida amalga oshirilishi kerak. Resurslar qo`yilish


393
tanlovining muqobil usulidan foydalanish mazkur jarayonga aniqlik va ravshanlik
kiritadi.
Davlat investitsiya dasturlariga muqobil loyihalargina kiritilishi lozim.
Loyihani tanlash haqidagi davlat qarori moliyalashtirishning har bir manbai qiymatini
baholash bilan qo`shib amalga oshirilishi talab qilinadi.
Davlat byudjet mablag`lari ajratiladigan limitlar asosida taqsimlashdan
bosqichma-bosqich voz kechishga to`g`ri keladi. Davlat byudjeti mablag`laridan qat`iy
maqsadli vazifalar bo`yicha, moliya lizingini qo`llashni kengaytirish yo`li bilan
foydalanishga o`tish uchun hamma asoslar bor. Bunda investitsiyalarni moliyalashtirish
uchun yo`naltiriladigan xuddi shu davlat byudjeti mablag`lari moliyalashtirish
manbalari bo`lib xizmat qilishi mumkin.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə