Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Amerika qo`shma shtatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Amerika qo`shma shtatlarida innovatsion faoliyatni boshqarish
xususiyatlari
AQShda innovatsion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar
kiradi:

Amerika ilmiy fondi (fundamental tadqiqotlarni boshqaradi);

Amerika ilmiy kengashi (sanoat, universiteti);

Milliy kosmik agentligi (NASA);

Milliy standartlar byurosi;

Sog`liqni saqlashning milliy instituti;

Mudofa ministrligi;

Sanoat tadqiqotlarining milliy markazi,

Milliy fanlar akademiyasi;

Milliy texnik akademiya;

Fan rivojlanishini qo`llab quvvatlovchi Amerika assotsiatsiyasi.
Oxirgi to`rtta tuzilishlarning moliyalashtirish manbai turlicha bo`lsada,
qolganlari faqat federal byudjetdan moliyalashtiriladi.
Fan talab juda katta bo`lgan va samarali tadqiqotlarni davlat ularning
murakkabligini, xarajatlar va tavakkalchilik darajasi yuqori bo`lgani va kuchli
xalqaro raqabotchilikni hisobga olib to`la o`z hisobidan moliyalashtiradi.
Milliy ilmiy fondning ma`lumotlariga asosan hozirgi davrda ilmiy texnik
taraqqiyotda kichik biznes ilmiy tekshirish ishlarining o`rni kuchayib bormoqda.
Kichik va o`rta biznes firmalari oxirgi o`n yillikda yirik korporatsiyalarga
nisbatan o`rtacha bir kishiga 2,5 marta ko`p ixtirolar yaratilgan.


373
Boshqa texnologik rivojlangan davlatlar kabi AQShda ham venchur firmalar,
«spin-off» firmalar ( oliy o`quv yurtlari, mustaqil institut, davlat tadqiqot markazlari
va yirik korporatsiyalarning maxsus laboratoriyalaridan ajralib chiqqan firmalar) va
investitsion firmalar faoliyat ko`rsatib bormoqda. Davlat faol ravishda «spin-off»
firmalarni 
yirik 
notijorat 
ilmiy 
markazlar, 
universitetlar 
tomonidan
subsidiyalashtirilib bormoqda. Bundan tashqari «spin-off» firmalari orqali ilmiy
yutuqlarni tarqatish maqsadida, mamlakatda milliy ilmiy fond tomonidan
moliyalashtiriladigan bir qator innovatsion fondlar faoliyat ko`rsatmoqda.
Bu yerda, o`zlarining «spin-off» firmalarini tashkil etuvchi xohlovchilar
(asosan universitet o`qituvchilari va studentlari) kurs o`qishida. Kursning maqsadi-
kichik firmalarni tuzish jarayonini yengillashtirishdan iborat.
Bu yerda, yana qo`shimcha qilib tijorat maqsadlar uchun federal hukumatning
byudjet hisobiga moliyalashtirilgan tadqiqotlar natijasida olingan patent va ixtirolarni
firmalarga bepul sotish tajribasini ko`rsatish mumkin.
Investitsion fondlar faoliyatning asosiy maqsadi kichik innovator firmalarga va
yakka ixtirochilarga moliyaviy yordam ko`rsatishdan iboratdir. Kichik firmalarni
investitsiyalashda Milliy ilmiy fond muhim o`rin egallaydi, ya`ni ushbu fond
investitsion firmalarni kredit bilan ta`minlaydi, balki ularga grantlar ajratadi.
Bunday fondlar qatoriga AQSh energetika vazirligining investitsion fondini
kiritish mumkin. Bu fond ham kichik firmalar tomonidan amalga oshirilayotgan
ayrim tadqiqot loyihalar kabi, shaxsiy ixtirochilarni subsidiyalash bilan
shug`ullanadi.
Innovatsion jarayonlarni to`g`ridan-to`g`ri qo`llab quvvatlashning muhim
elementi davlat innovatsion infratuzilmalarini tashkil etishdir. Davlat yangiliklarni
tarqatuvchi markazlar va innovatorlarga xizmat ko`rsatuvchi konsul`tativ markazlar
tashkil etishi mumkin Davlat innovatsion bozorlarning (davlat matbuotlarida axborot,
birja, yarmarka va ko`rgazma) shakllanishini qo`llab quvvatlaydi va o`zi uning agenti
sifatida o`zini ko`rsatadi.


374
Davlat organlari mamlakatda va xorijdagi innovatsion jarayonlarning
monitoringini va istiqbolini olib borishi lozim. Bu yerda ko`pchilik hollarda ishlab
chiqarishga joriy qilish uchun katta samara beruvchi ilg`or texnologiyalarni izlaydi.
AQShda 
innovatsion 
faoliyatni 
rag`batlantirishda 
ma`naviy 
qo`llab
quvvatlashga ham katta e`tibor beriladi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin: davlat mukofotlari, faxriy unvonlar berish, xo`jalik yuritishning innovatsion
usullarini targ`ibot qilish, davlat arboblarining ilg`or innovatsion tashkilotlarga tashrif
buyurishi, ilmiy - texnika intellegentsiya namoyondalarining muhim davlat
tadbirlarida ishtirok etishi va h.k.
Boshqarishning bilvosita yo`llariga birinchi navbatda soliq bo`yicha
imtiyozlarni kiritish mumkin: foydaning soliqga tortiladigan qismini kamaytirish,
soliq stavkalarini kamaytirish.
AQShda boshqaruv qarorlarini istiqbollashga, optimallashtirishga va
standartizatsiyalashga, 
innovatsion 
loyihalarning 
davlat 
ekspertizasiga,
innovatsiyalarning davlat statistikasiga katta e`tibor beriladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə