Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 O`zbekistonda innovatsiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

15.2. O`zbekistonda innovatsiya sohasini davlat tomonidan tartibga solish
metodlari
Innovatsion faoliyatga davlat tomonidan ta`sir qilish metodlarini ikki guruhga
bo`lish mumkin: to`g`ri va egri.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to`g`ri metodlarini
ikki shaklda amalga oshiriladi: ma`muriy, dasturli-maqsadli. Ma`muriy shaklda
innovatsiyaga bevosita ta`sir qilish maqsadida u moliyalashtiriladi. Ushbu
moliyalashtirish maxsus qonunlar asosida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni dasturli
– maqsadli tartibga solishda yangiliklar qo`llab-quvvatlashning davlat maqsadli
dasturlari bo`yicha innovatsiyalar kontrakt asosida moliyalashtiriladi. Ya`ni, davlat
tomonidan yangiliklarni (tovar, texnologik
jarayon, xizmat) kontrakt asosida sotib
olish tizimi tashkil etiladi. Kontrakt
asosida moliyalashtirish – hozirgi kunda
keng tarqalgan – buyurtmachi va ishlab
chiqaruvchilar 
o`rtasida 
shartnoma
tizimining bir elementidir.


370
Shartnomada 
ishlarni 
tugatish 
vaqti, 
ishlarni 
ishtirokchilar 
orasida
taqsimlashini moddiy rag`batlantirish aniq ko`rsatiladi. Bu yerda o`zaro
majburiyatlar, iqtisodiy sanktsiyalar kelishib olinadi.
Innovatsion jarayonga davlat tomonidan bevosita ta`sir qilish metodlar tizimida
sanoat korxonalar va universitetlar kooperatsiyasini rag`batlantiruvchi tadbirlar
muhim o`rin egallaydi.
Sanoat va universitetlar kooperatsiyasi natijasida birinchidan ilg`or ilmiy
g`oyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish imkoni yaratilsa, iikinchidan sanoat
korxonalarining fundamental va izlanish tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qiziqish
paydo bo`ladi.
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishda egri metodlar ham
muhim o`rin tutadi. Davlat innovatsion siyosatini amalga oshirishda qo`llaniladigan
ushbu metodlar birinchidan innovatsion jarayonlarni rag`batlantirishga va
ikkinchidan innovatsion faoliyat uchun qulay muhit (iqtisodiy, ijtimoiy va
psixologik) yaratishga yo`naltirilgan. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan
tartibga soluvchi egri metodlarning tarkibi, tuzilishi va mazmuni turlicha. Ushbu
metodlarga soliq imtiyozlari va kredit imtiyozlarini kiritish mumkin.
Soliq imtiyozlari quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi: perspektiv innovatsion
ishlamalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan korxona foydasini soliqdan ozod
qilinadi; ilmiy-texnik mahsuloti sotishdan olingan ilmiy institut va oliy o`quv
yurtlarining valyuta mablag`lari soliqqa tortilmaydi; ilmiy-texnika tashkilotlarining
mulki, yeri kamaytirilgan qo`shimcha qiymat solig`iga tortish; korxona (firma)larning
yangiliklarni joriy qilish hisobiga olingan foydasi ma`lum davrga imtiyozli soliqqa
tortish.
Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishda imtiyozli kreditlar berish
ham katta samara berishi mumkin, ya`ni, aktsionerlik jamiyatlariga, korxonalarga,
firmalarga kichik foiz stavkasida kreditlar berish.


371

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə