Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 - BOB. KORXONALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

5 - BOB. KORXONALARDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL
QILISH.
5.1. Innovastiyalarni tashkil qilish tushunchasi
Iqtisodiy
rivojlanishni
innovastion
yo’naltirilganligi,
texnologik
yangilinishning o’sib borayotgan zaruriyati innovastion faoliyatda tashkil qilish
tamoyillari va tarkibiy-tashkiliy o’zaro aloqalarga aniq va mos kelishning
muhimligini ta’kidlaydi. Gap innovastion impulslarni iqtisodiy haqiqatga kiritishning
muvofiq yo’llarini qidirib topish haqida ketmoqda. Tushunarliki, innovastion
o’zgarishlarni kengayib borgani sari innovastion rivojlanishning vazifaviy –
elementar bazasini ilmiy asoslangan shakllanishi talab qilinadi.
Innovastiyalarni tashkil qilish o’z ichiga uchta asosiy jihatlarni oladi:
- innovastion faoliyatning yangiliklarini ishlab chiqish, tadbiq etish va ishlab
chiqarishni birgalikda amalga oshiruvchi odamlarning birlashmasi bo’lgan sub’ektni;
- Tashkilotning
innovastion
faoliyatdagi
zaruriy
vazifalarni
bajarishga
qaratilgan jarayonlari va harakatlarining majmuasini;
- Tizimni ichki tartibga solinganligi va uning elementlari tizimchalari
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni takomillashuvini ta’minlovchi tuzilmalarni.
Ushbu nuqtai nazardan innovastiyalarni tashkil qilishni innovastion faoliyatni
tartibga solish jarayoni sifatida, sub’ekt, firma, institut, innovastion korxona sifatida,
bo’linmalarning tarkibi va o’rnini belgilab beruvchi, hamda innovastion faoliyatda
amalga oshiriladigan shakllar, usullar, jarayonlar tadbirlarini tartibga soluvchi
tashkiliy tuzilmalar sifatida tushunish kerak.
Tashkilot
firma
nuqtai
nazaridan
odamlarning
birlashmasi
yoki
innovastiyalarni amalga oshirish bo’yicha ishlarni bajarish haqidagi ularning
kelishuvi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Turli xildagi elementli va turli
o’lchamlardagi firmalar, kompaniyalar, assostiastiyalar, OO’Yu, ilmiy institutlar,
texpolislar, texnoparklar va h.k. innovastion faoliyatining sub’ektlari bo’ladilar. Bu
barcha tashkilotlar ishlab chiqarishni haqiqiy yangilanishini amalga oshiruvchi asosiy
manbalar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’ladilar. Yashash davrasining “o’zining”


113
bosqichi bilan yaqindan bog’langan maxsus innovastion biznesni paydo bo’lishi
vaqtning taqazosi bo’ladi.
Masalan, innovastion korxonalar va tashkilotlar fundamental tadqiqotlar
(akademik va OO’Yu sektori va ITI (amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlamalar)ga
ixtisoslashishlari mumkin, bular ilmiy innovastion korxonalar, Oliy o’quv yurtlari,
kichik tadbirkorlik sub’ektlari, ilmiy-texnik majmualar va birlashmalar bo’lishlari
mumkin. Tajribaviy namunalarni yaratish va tadbiq etish bosqichi bilan ham
tadbirkorlik tuzilmalari va ham ITTKI ning rivojlangan bazasiga ega firmalar,
institutlar va korporastiyalar bog’langanlar. Amaliy ITTKI va TKI bazasida
innovator-izbosarlar bazaviy texnologik, ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni
yaratadilar.
Ilmiy-texnik va mahsulotli yangiliklarni tadbiq etish va ishlab chiqarish bilan,
qoidagi ko’ra, yaxshi resurs bazasi, malakali xodimlar, bozordagi belgilangan
o’rinlarga ega yirik firmalar shug’ullanadilar. Tadqiqotchilar firmaning o’lchamini
kashfiyotlar soni
bilan
bog’lamasalar
ham,
G’arbiy
Evropada
innovastion
rivojlanishning katta tajribasi to’plangan. Ammo Franstiya va Buyuk Britaniyada
shunday fikr tarqalganki, ilmiy ishlab chiqishlar bosqichida akademik va OO’Yu
sektori va kichik firmalar asosiy rolni o’ynaydilar.
Tajribali ishlab chiqarish, marketing va sotish bosqichida turli ko’lamli biznes
ilgariga chiqadi, shuning bilan bir vaqtda yangiliklarni ishlab chiqarish va tarqatish
yirik va o’rta korxonalar va sanoat kompaniyalarida amalga oshiriladi.
Innovastion faoliyatda vujudga kelgan mehnatni iqtisodiy taqsimlanishining
turiga muvofiq kichik va o’rta ko’lamdagi korxonalarning ko’pchiligi yarim
fabrikatlar, butlovchilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan, hamda asosiy
biznesni ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi yirik firmalarning
subpudratchilari bo’ladilar.
Yangiliklarni yashash darajasining o’z bosqichiga bosh firmadan kurtaklab
chiqqan (“spin. ofat”) deb ataluvchi, ilmiy-texnik yangiliklarni mustaqil ravishda
ishlab chiquvchi bo’linmalar ham xizmat ko’rsatadilar. Innovastion korxonalar yana


114
ular faoliyatining ob’ekti bo’lgan innovastiyalarning ustuvor turiga ko’ra ham
farqlanadilar. Masalan, ular quyidagi sinflarga bo’linadilar:
- yangi ilmiy kashfiyotlar, qo’llashning yangi usullari va pionerli (birinchi)
kashfiyotlarni mo’ljallovchi etakchi innovatorlar;
- oldin qilingan kashfiyotlar asosidan tubdan yangi jarayonlar va mahsulotlarni
yaratuvchi etakchi innovatorlar;
- eski usul asosida bazaviy innovastiyalarni yaratuvchi innovatorlar;
- yangilikni ishlab chiqaruvchi, modernizastiyalovchi va rastionallashtiruvchi
innovatorlar;
- oldingi
mahsulotlar
va
texnologiyalarni
o’rinni
bosuvchi
yangilikni
yaratuvchi innovatorlar;
- yangiliklarni sotishlar va marketingga ixtisoslashuvchi innovatorlar;
- yangi bozorlardagi talabni qanoatlantiruvchi innovastiyalarni yaratuvchi
innovatorlar;
- xalq xo’jaligining har xil sohalarida yangiliklarning diffuziyasi, tarqatilishi va
ko’paytirilishi bilan shug’ullanuvchi innovatorlar.
Innovastion korxonalar ham ishlab chiqarilayotgan innovastiyalarning yangiligi
darajasi (tubdan yangilar, nisbatan, qisman, mahalliy yangilik yoki imitastiyaga
egalar) muvofiq ixtisoslashadilar.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə