Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


-rasm. Tashkilotning yashash davrasi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

4.5-rasm. Tashkilotning yashash davrasi.
I – innovastion tadbirkorlik bosqichi, yuqori ijodiy imkoniyatlar; II –
innovastion faoliyatni faollashishi, nomoddiy aktivlarni shakllantirish, jamoadagi
norasmiy muloqat; III-yangiliklarning yirik seriyalariga chiqish, barqaror tashkiliy
tuzilmalar, iqtisodiy samaradorlikka e’tibor berish; IV-tuzilmalarni murakkablashishi,
rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashishni tugatish, har
tomonlama rivojlanish, yangi bozorlarga o’tish, V-qo’ldan berilgan imkoniyatlar va
texnologiyalarni eskirishi, innovastion faoliyatni davom ettirish uchun birlashishlar
va yutilishlar zaruriyati.


105
Tashkilotlarning ularning raqobati kurashida mavjud bo’lishilari nuqtai
nazaridan yashash davralari nazariyasi I. Adizes tomonidan ko’rib chiqilgan. I.
Adizes konstepstiyasi 1990 yillarning o’rtalarida Harbiy iqtisodiyotda keng tarqalgan
edi. Vaziyatli tahlilga asoslangan I. Adizes konstepstiyasi tashkilotni yaratilishi, tez
o’sishi, etukligi, barqarorligi va tanazzuli bosqichlarini batafsil tadqiqot qiladi.
Muallif firmani o’sishi kasalligi uning tashqi va ichki muhitdagi vaziyatlarga bog’liq
hulqining xususiyatlarini ko’rsatadi, ularning sabablarini tadqiqot qiladi, “tashhis”
qo’yadi va “bashorati”ni beradi: “sog’lomlashtirish” yoki “o’limga olib boradigan”
imkoniyatlari va yo’llarini ko’rsatadi. I. Adizes birinchi marta firmaning yashash
davrasi bosqichlarini “kasallikning og’irligi” bilan, ya’ni davra fazalarini muvofiq
o’tishidan chetga chiqishlar bilan bog’laydi.
U menejmentning xatolarini va ularni tuzatish bo’yicha to’g’ri xarakatlarni
ko’rsatadi, shuning bilan bir vaqtda chorasiz vaziyatlar va menejer harakatlarning
foydasizligini ajratadi. Firmaning o’sish nazariyasi firmaning ko’pgina “kasalliklari”
ni oldini olishni namoyish qila turib, tadqiqotchilar e’tiborini eskirish sabablariga
jamlaydi. Masalan, taraqqiy qilish va eskirish va tanazzulni kelishidan uzoqlashish
omillari orasida firmaning innovastion faolligi va ustuvor raqobatli afzalliklarni
shakllantirish ajratadi.
Tashkilotni tashkil qilish bosqichida ijodiy jarayon erkin o’tadi, u tashqi muhit
vaziyatlarini tahlil qilish va ayniqsa raqobat mexanizmlarini o’rganishga asoslanadi.
Firmani tashqi muhitga vaziyatli yondashishi o’sish imkoniyatlarini his qilish va
kerakli resurslarni olinishini ta’minlashdan iborat bo’ladi, ular orasida yangi bilimlar
va texnologiyalar, nou-xaular alohida rol o’ynaydi.
Birinchi bosqich uchun tashqi va ichki muhit omillarining yuqori noaniqligi
xosdir. Adizes rastional kutishlar gipotezasini tahlilning qurollari ko’rinishida taklif
qiladi. Bozorlar, raqiblar va iste’molchilarni tovarga javoblari haqidagi menejer olish
mumkin bo’lgan barcha axborotlardan foydalangan holda, talabning o’rtacha kutilgan
darajasi, narxlarning dinamikasi, raqiblar bilan kurashish natijasining ehtimolini
belgilash mumkin.


106
Rastional kutishlar gipotezasi ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar nisbati
muammosini hal qilishga harakat qiladi, ya’ni moslashtirilgan kutishlar va kutilgan
foydalikning ertaroq nazariyasiga katta ulush qo’shadi.
Tashkilot
yashash
davrasining
ikkinchi
bosqichida
innovastion
biznes
kengayadi, ya’ni samarali yaratish va yangiliklarni tadbiq etish firmani iqtisodiy
o’sishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi yangiliklar raqobat afzalliklarini ichki
resurslar (malakali xodimlar, yangi texnika va texnologiya, investistiyalar)dan
muvofiq foydalanish imkoniyatini yaratadilar.
Ushbu bosqichda boshqaruvning adekvat tashkiliy tuzilmalari va usullarini
tanlash muhim vazifa bo’ladi. Firmani o’sish bosqichi Adizes taxminlariga
asoslanadi, to’liq bo’lmagan axborotlar sharoitida kutilgan foydalikni ko’paytirish
gipotezasi tanlovni tahlil qilishning dastlabki joyi bo’lishi mumkin. Xuddi shu erga
tashkilotning uzoq muddatli yutuqni ko’paytirish mumkin bo’lgan strategik hulqini
modellashtirish imkoniyati qo’yilgan, qisqa muddatli davrda barcha yangiliklar ham
foydani kattalishishini namoyish qilmaydilar.
Moliyaviy barqarorlik va o’sishning dinamikligini ta’minlovchi jarayonlarning
muvofiq nisbati ushbu bosqichda tashkilot sog’lomligining o’lchami bo’ladi.
“Kasalliklarni oldini olish” aqliy aktivlarni shakllantirish, mustahkam ilmiy-texnik
bazani yaratish, boshqaruvning norasmiy psixologik usullaridan foydalanishga to’g’ri
yondashishdan iborat bo’ladi.
Yetuklik bosqichi barqaror va unumdor texnologiyalarning poydevoriga,
innovastiyalarning samaradorligini oshishiga asoslanadi. Bu erda firma faoliyatning
turli tumanligini kengaytirish, sotishlar hajmini ancha ko’paytirish, yangi tuzilmalar
va bo’linmalarni paydo bo’lishini mo’ljallaydi. Ko’pincha firma yirik, ierarxik
murakkab tashkilotga aylanadi, unda bozor ishtirokchilarining soni nisbatan katta
emas va ular faoliyatning ko’lamlari, raqobat afzalliklari va iqtisodiy natijalar
bo’yicha solishtirish mumkin. Bitta ishtirokchining hulqi umuman bozorning holatiga
va demak, raqiblarning holati va hulqiga albatta ta’sir ko’rsatadi.
Agar
innovastion
biznesni
yaratilishi
bosqichida
xo’jalik
yurituvchi
sub’ektlarning
harakatlari
muhitning
holatiga
hech
qanday sezilarli
ta’sir


107
ko’rsatmasa, chunki mukammal raqobat sifatida bozorning boshqa ishtirokchilarining
xulqi ham boyliklar narxiga g’oyatda kam ta’sir ko’rsatadi, unda bu erda kutishlar
nazariyalarining qurollari keng qo’llaniladi. Yetuk yirik firma oldini olish uchun na
mukammal oldindan ko’rishga va na rastional tanlovga ega. Barqarorlashish
bosqichida
raqobat kurashidagi tanazzul va mag’lubiyatdan
qochish
uchun
rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashtirish jarayonlarini
vakolatlarni boshqacha topshirish bilan muvofiq birlashtirish zarur.
Yuqori innovastion faollikka ega eng muvaffaqiyatli firmalar ishlab chiqarishni
har tomonlama rivojlantirishlari, shuning asosida bundan keyingi yangilanish
strategiyasini qurishlari va yangi bozorlarga bostirib kirishlari kerak.
Ammo ko’pgina yirik firmalarni rivojlanishida hamma vaqt ham har
tomonlama rivojlanish va innovastion rivojlanishning afzalliklaridan foydalanib
bo’lmaydi. Qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar, tovarlar va texnologiyalarni eskirishi
firmani og’ir “kasalliklar”ga olib keladi. Avvalgi raqobat afzalliklarini “sug’urib
olish”, yangilash va qaytarishga katta mehnat bilan erishiladi. Ko’pgina firmalar,
samarali yo’lni topa olmay, qayta tashkil qilishlar, birlashishlar va yutib
yuborilishlarga
murojaat
qilishga
majburlar.
Qo’llangan
harakatlarning
samarasizligida firmaning “kasalligi” zo’rayadi va bankrotlik ehtimoli o’sadi. Adizes
nazariyasi hozircha bizning sharoitimizda kamroq qo’llaniladi, ammo katta
imkoniyatlar va istiqbollarga ega.
Tashkilotning yashash davri konstepstiya asosiy dastlabki tamoyillarining
alohidagi ahamiyatini namoyish qiladi, ular iqtisodiy ob’ektlar va tizimlarni ularning
o’zini o’zi rivojlantirish va takomillashtirish nuqtai nazaridan o’rganishni talab qiladi.
Davraviy yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning bilan
izohlanadi, buning asosida innovastion faoliyatni boshqarish jarayoniga tizimlilik,
butlik va yakunlanganlikni kiritish mumkin bo’ladi.
Innovastion faoliyatda korxona, tashkilot, texnika va texnologiya, tovarlar va
xizmatlar kabi iqtisodiy ob’ektlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo’naltirilgan
vositalar va usullarning yaxlit yig’indisi sifatidagi ierarxik birga tobe bo’lish va
o’zaro hamkorlikda ko’rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko’lam va


108
darajadagi innovastion jarayonlar iqtisodiy tizimlarni rivojlanishining asosini tashkil
qiladilar.
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tashkiliy, kreativ va sostial tizimlarda
o’tuvchi innovastion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovastion
menejmentning natijaviyligini oshirishning asosida yotadi.
Innovastion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g’oyalar, yangi
bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizimchasini, balki g’oyani
tajribali namunada ishlab chiqarishli ro’yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi
texnologiya, yangi materiallarni qo’llashni ham ajratish kerak. Yangilik kiritish
ilmiy-texnik gavdalantirish bosqichini o’tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya
sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning natijasi bo’ladi. Yangilik kiritishdan
haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi tarqatilishi, diffuziyasi va
tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo’ladi.
Innovastion menejmentdagi boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi va
takomillashtirilishi tizimli yondashishda to’liqroq ochib beriladi. Tizimli tahlilning
markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni murakkab ichki qurilishga, bir birlari va atrof
muhit bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning katta soniga
ega ob’ektdan iboratdir.
Innovastion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy
dalil bo’ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o’zaro hamkorlikka ega bo’lgan holda, u
tashqi muhit tomonidan ham to’g’ridan to’g’ri va ham vositali ko’p sonli ta’sirlarga
duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlari ham
tashqi muhit omillariga o’zaro bog’liqlikda bo’ladilar.
Tizimning elementlari mustaqil va shartli bo’linmaydigan birliqdir. Har bir
tipik jarayon yagona harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi.
Xulosa
1. Tizimli yondashuv – obyektni tizim sifatida tadqiq qilish uslubiyotidir.
Tizim ikkita tarkibdan tashkil topgan: a) tashqi atrof muhit – tizimga kirish, chiqish
va tashqi muhit aloqasidan tashkil topgan, b) ichki tuzilishi- o`zaro bog`liq


109
komponentlarning yig`indisi bo`lib boshqaruv subyektining obyektga ta`sir qilish
jarayonini, tizimga kirish, chiqish va tizimning maqsadiga erishishini ta`minlaydi.
Tizimning xususiyatlarini 4 guruhga bo`lishimiz mumkin:

Tizimning mohiyati va murakkabligini xarakterlovchi xususiyatlar

Tizimning tashqi muhit bilan aloqasini xarakterlovchi xususiyatlar

Tizimning maqsad metodologiyasini xarakterlovchi xususiyatlar

Turli tizimlarning faoliyat ko`rsatish o`lchamlarini xarakterlovchi tizimlar.
2. Marketingli yondashuvning mohiyati shundan iboratki tizim, quyi tizim
menejerining diqqati har qanday masalani yechishda iste`molchilarga yo`naltirilgan
bo`lishi kerak.
3. Funktsional yondashuvning menejmentga nisbatan mohiyati shundan
iboratki, ya`ni bu yerda ehtiyoj funksiyalar yig`indisi sifatida ko`riladi va bu
funksiyalarni 
ehtiyojni 
qondirish 
maqsadida 
bajarish 
shart. 
Funksiyalar
o`rnatilgandan keyin ushbu funksiyalarni bajarish uchun bir nechta al`ternativ
obyektlar tuziladi
4. Takror ishlab chiqarish yondashuvi ishlab chiqarish obyektini aniq bozor
ehtiyojlarini, bozordagi xuddi shunday eng yaxshi obyektga nisbatan bir birlik foydali
samaraga to`g`ri keladigan jami xarajatlarni kamaytirgan holda doimiy ravishda
ishlab chiqarish obyektini yangilashga yo`naltirilgan.
5. Me`yoriy yondashuvning mohiyati shundan iboratki, unda menejment
tizimining barcha quyi tizimlariga boshqaruv normativlari o`rnatiladi. Bu yerda,
normativlar tizimning barcha quyi tizimlariga o`rnatilishi kerak. Ushbu normativlar
vaqt va o`lchami bo`yicha foydalanish mumkinligi, kompleksligi, samaradorligi va
asoslanganligi kabi talablarga javob berishi kerak.
6. Kompleks yondashuv qo`llanilganda menejmentning texnik, ekologik,
iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik, kerak bo`lganda siyosiy, demografik
tomonlari va ularning o`zaro bog`liqligi hisobga olinishi kerak.
7. Menejmentga nisbatan integratsion yondashuv quyidagilarni tadqiq qilishga
va ularning o`zaro aloqasini kuchaytirishga yo`naltirilgan: a) innovatsion menejment
tizimining quyi tizimlari va komponentlari orasidagi; v) boshqarilayotgan obyektlar


110
hayotiy davri bosqichlari orasidagi; g) vertikal bo`yicha boshqaruv bosqichlari
orasidagi (davlat, hudud, firma, uning bo`limlari) gorizontal bo`yicha boshqaruv
subyektlari orasidagi.
8. Jarayonli yondashuvda menejment funksiyalari o`zaro bog`liqlikda ko`riladi.
Boshqarish jarayoni – bu strategik marketing, rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil
etish, hisob va nazorat, motivatsiya bo`yicha uzluksiz o`zaro bog`liq harakatlarning
zanjiridir.
9. Direktiv yondashuvning mohiyati shundan iboratki unda menejment
tizimining elementlari, xarajatlar, sifat normativlari, huquq, majburiyatlar,
funksiyalar normativ akt (buyruq, qaror, standart va boshqalar) orqali chegaralab
qo`yiladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə