Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


 Ilmiy-texnik va innovastion soha tashkilotlarning tasnifi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

5.2. Ilmiy-texnik va innovastion soha tashkilotlarning tasnifi.
Innovatsion jarayonni tashkil etish – innovatsion rivojlanishni tezlashtirish va
samaradorligini oshirishga qaratilgan mos reglamentlar va jarayonlar asosida ilmiy-
texnik xodimlar urinishini birlashtirish bo`yicha faoliyatdir. Tashkilot maqsadi -
innovatsion jarayonni tartibga solish, tashkil etish, uning tavsiflarini yaxshilash,
izlanishlar va ishlanmalar o`tkazish, takroriy ishlanmalar va tadqiqotlar o`tkazish
Bilan bog`liq bo`lgan, mavjud kashfiyotlardan to`liq foydalanilmaslik, «izlanish-
ishlab chiqarish» jarayoninig sekin amalga oshirilishi bilan bog`liq yo`qotishlarni
bartaraf etish.


115
Innovatsion jarayonning tashkil etilish xususiyatlari unga xos ichki noaniqlik
bilan bog`liq. Maqsadga erishilishi noaniqligi fundamental izlanishlar bosqichida 5-
10%; amaliy izlanishlar bosqichida 85-95% gacha oshadi, ishlanmalar jarayonida esa
95-97% gacha tashkil etadi. Biroq innovatsion sikl keyingi bosqichlarda ham
samaraga erishish uchun zarur bo`lgan vaqt va xarajatlarning ma`lum noaniqligi
qoladi. Muddatlar va xarajatlarning qattiq me`yorlanishi berilgan natijaning olinish
ehtimolligini kamaytiradi, natijalar va muddatlar reglamentlanishi esa mablag`larning
ancha ortiq sarflanishi ehtimoliga yo`l qo`yilishi bilan bog`liq. Xulosa qilib aytganda,
innovatsion jarayonni tashkil etish uning ehtimollik xarakterini, bu yerda ta`sir
etuvchi qonuniyatlar statistik tabiatini hisobga olinishiga asoslanadi.
Innovatsion jarayonni tashkil etish so`zi keng ma`noda ilmiy - ishlab chiqarish
tsiklini tashkil etishni, tashkilotlar ixtisoslashuvi va javobgarligini tashkil etish,
ularning hajmi, joylashuvi, ishlar bajarilishi izchilligi va tartibini o`rnatilishi,
personal mehnatini va boshqaruvni tashkil etishni o`z ichiga oladi.
Mahsulotlarni, texnik jarayonlar, ular raqobatbardoshligini yangilash yuqori
sur`atlari va samaradorligi innovatsion mexanizm tashkiliy-tarkibiy qismlari bilan
ko`p jihatdan aniqlanadi. Bunda innovatsiyalarni yaratish va o`zlashtirish bo`yicha
asosiy ishlar qaratilgan tashkilotlar tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik
institutlari, tajriba va maxsus konstruktorlik byurolari, konstruktorlik byurolari va
korxona bo`limlari, aktsionerlik jamiyatlari alohida rol` o`ynaydi. Umumiy
ko`rinishda ilmiy va ilmiy-texnik tashkilotlarni quyidagi tarzda tasniflash mumkin:

Ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI);

Konstruktorlik byurolari (KB);

Loyiha-texnologik institutlari (LTI);

Loyiha-konstruktorlik institutlari (LKI);

Davlat loyiha institutlari (DLI).
Bunda asosiy maqsadi ilmiy izlanishlar o`tkazish bo`lgan ilmiy (ilmiy-texnik)
tashkilot sifatida ixtisoslashtirilgan va alohida xo`jalikka ajratilgan mustaqil
muassasani tushunish kerak. Ilmiy tashkilotlarga bozorning innovatsiyalarga
ehtiyojini va davlat manfaatlarini hisobga olgan holda tuzilgan ilmiy ishlar rejasi,


116
izlanishlar o`tkazishning moliya manbalariga ega, ushbu reja asosida ma`lum bilim
va fan sohasida doimiy ilmiy izlanishlar olib boruvchi tashkilotlar kiradi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə