Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar tasnifi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Ilmiy-texnik (innovatsion) tashkilotlar tasnifi
Yangi ilmiy-texnik tashkilotlarni tuzish va faoliyat ko`rsatayotganlarini
tashkillashtirish bo`yicha to`g`ri qarorlar qabul qilish uchun ularni tasniflash zarur.
Ular quyidagi belgilar bo`yicha sinflashi mumkin:

Ish mazmuni bo`yicha – fundamental va amaliy tadqiqotlar uchun ITI;

Eksperimental-tadqiqot ishlariga ixtisoslashtirilgan LKI;

Ilmiy-texnik axborot institutlari;

Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqot institutlari;

Ish ko`lamlari bo`yicha – xalqaro, tarmoqaro, tarmoq, quyitarmoq,
Respublika, regional (hududiy);

«Fan ishlab chiqarish» jarayoni qamrab olinish darajasi bo`yicha – ilmiy,
ilmiy-texnik, texnik, ilmiy-ishlab chiqarish;

Ixtisoslashtirish darajasi bo`yicha – ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha-
konstruktorlik va texnologik, tor va keng yo`nalishli tashkilotlar;

Yuridik va tezkor – xo`jalik mustaqilligi darajasi bo`yicha – yuridik shaxs
huquqiga ega va ega bo`lmagan tashkilotlar;

Oxirgi mahsulot harakteri bo`yicha – ilmiy bilimlarni kengaytiruvchi
tashkilotlar, yangi mahsulot turlarini yaratuvchi, texnologik jarayonlarni ishlab
chiqaruvchi, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish shakllari va uslublarini
ishlab chiquvchi tashkilotlar.
Innovatsion faoliyat tashkiliy shakllari va ularning keng tarqalganligi ko`p
jihatdan tarmoq va regional xususiyatlarga bog`liq. Yuqorida keltirilgan tasnifda
Innovatsion
tadbirkorlikning
tashkiliy shakllari
Ichki tashkiliy
bo`g’inlar asosida
Tashqi ta`sirlar
asosida
Venchurli tuzilmalar
asosida


117
berilgan tarmoqdagi ilmiy-texnik ishlanmalarning tashkil etilish shakllarining turli-
tumanligi to`g`risida mashina qurilishi misolida tasavvurga ega bo`lish mumkin.
Mashina qurilishi sanoatning eng keng tarmoqli, mamlakat ko`lamida eng ilg`or,
fanga yaqin sohasi hisoblanadi.
Mashina qurilishida ilmiy-texnik (innovatsion) ishlanmalar asosan 7 tashkilot
shakllarida amalga oshiriladi
.
1. Ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik institutlari (ITLKI)
2. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIB);
3. Mustaqil-konstruktorlik byurolari (MKB);
4. Korxonalar birlashmalari qoshidagi konstruktorlik byurolari. Bunda KB
nafaqat ishlab chiqarish bilan, balki ko`p hollarda ular xizmat ko`rsatuvchi
korxonalar bilan hududiy bog`langan;
5. Tor va keng yo`nalishli ilmiy-tadqiqot va loyiha-texnologik institutlari;
6. Ishlab-chiqarish, texnik-iqtisodiy izlanishlar va ma`lumotni tashkil etish
(ITI);
7. Davlat loyiha institutlari (DLI).
Bu innovatsion ishlanmalar tashkiliy, shakllari belgalanishi, vazifasi, hal
etiluvchi masalalar ko`lami, alohida bajariluvchi ishlar turi va ularning asosiy
yo`nalishlari bo`yicha farq qiladi. (5.1.-jadval).
Bunday taqsimot bir mahsulot turining MKBda, ikkinchisi ITI, uchinchisining
KKB yaratilishini anglatmaydi.
Bunda shakllar ko`pligi, ular o`rtasida mehnatning keng taqsimoti mavjud.
Shunday, masalan, aviayuritma qurilishda yuritmaning yangi konstruktsiyasini MKB
ishlab chiqiladi, u o`z tajriba-eksperimental bazasiga ega bo`lib, tajriba namunasini
tayyorlab oxirigacha yetkaza oladi, zavod BKB esa bu loyihalarni bevosita ishlab
chiqarishga joriy etish va ularni qisman takomillashtirish ustida ish olib boradi.
Dastgohsozlik va elektrotexnika innovatsiyalari ITI, MKB, BKBlarida ishlab
chiqiladi, ya`ni ilmiy-texnik ishlanmalarni tashkil etilgan hamma asosiy shakllari
ishlaydi.


118
Ilmiy – texnik va innovastion soha tashkilotlarining tasnifi 5.1- jadvalda
berilgan.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə