Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


Kichik innovatsion korxonalar, ularning afzalligi va turlari



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Kichik innovatsion korxonalar, ularning afzalligi va turlari
Fan va ishlab chiqarish integratsiyasining printsipial yangi shakllariga ilmiy-
texnik parklar, kichik innovatsion korxonalar, venchur tashkilotlar, moliya-sanoat
guruhlarini (MST) kiritish mumkin. Bu tashkiliy shakllardan ko`pchiligi qurilish,
rivojlanish va iqtisodiy eksperiment bosqichida turibdi. Ularning ilmiy xizmat
ko`rsatish tizimidagi roli va o`rnining aniq ta`rifi yo`q, bo`lsada huquq va burchlari
aniqlangan. Shunga qaramay alohida tarmoq va tashkilotlar tajribasi asosida bozor
munosabatlariga o`tish bosqichida maqsadga muvofiqroq bo`lgan fan va ishlab
chiqarish aloqasi shakllarini aniqlash mumkin. Bu jihatdan innovatsiyalar sohasida
kichik biznes, ya`ni kichik innovatsion korxonalar, shu jumladan venchur
(tavakkalchilik) korxonalar ilg`or yangi shakllardandir.
Keyingi yillarda kichik innovatsion korxonalar roli keskin oshdi. Bu,
birinchidan, bunday tashkilotlarning o`lchamiga mos zamonaviy texnika bilan
jihozlash va ilmiy ishlanmalar ustida ishlash imkoniyatini yaratish, ikkinchidan
moliyalashtirish yangi shakli, uchinchidan yirik korxonalarning printsipial yangi
mahsulotlar ishlab chiqarish va ishlab chiqarishni texnologik qayta qurishini amalga
oshirishni istamasliklari bilan bog`liq. Bular orasidan, keyingisi ayniqsa bozor
munosabatlariga o`tish yillarida yaqqol namoyon bo`ldi.


124
Umuman kichik innovatsion korxonalar yuqori samaradorlikka ega. Chet el
olimlari ma`lumotlariga qaraganda kichik korxonalarning yangiliklarni amalga
oshirishdagi ulushi 30-35% ni tashkil etadi. XX asrning 70 muhim kashfiyotlarining
50% dan ortig`i mayda firmalar va mustaqil kashifiyotchilar tomonidan amalga
oshirilgan.
Yangiliklarning joriy etilishi samaradorligini oshirishga yordam beruvchi
kichik korxonalar afzalliklariga:

bozor talablariga tez moslashuvchanlik;

boshqaruvning egiluvchanligi;

ichki kommunikatsiyalar egiluvchanligi;

ishlanmalarning asosan birinchi bosqichlarda amalga oshirilishi, ularning
bajarilishiga nisbatan kam xarajatlar talab etilishi (umumiy summadan 2% ga yaqin).
Xalq xo`jaligi xususiyatlarini hisobga olgan holda kichik innovatsion korxo-
nalarning tuzilishi uch xil ko`rinishda bo`lishi mumkin. Birinchi tur korxonalari
ishlab chiqarishga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va o`zlashtirishni
amalga oshira oladi. Ular bozorga chiqadi va yirik korxonalar bilan raqobatchilik
qiladi. Bunday korxonalar ixtisoslashtirilgan tovarlar bozoriga chiqish xarajatlari
nisbatan baland bo`lmagan tarmoqlarda samarali bo`lishi mumkin, masalan, mashina
qurilishi, asbobsozlik, aloqa vositalarini ishlab chiqarish.
Gen muhandisligi, tibbiyot uchun asboblar va qurilmalar ishlab chiquvchi
kichik innovatsion korxonalar juda samarador bo`la oladi. Ikkinchi turdagi
korxonalar iste`mol tovarlari bozorida muvaffaqiyatli ishlay oladi va yirik korxonalar
bilan raqobat qila oladi. Bunday kichik korxonalarning uch turi bo`lishi mumkin:
1. Nisbatan yuqori sifatli mahsulotlarni o`zlashtirish va ishlab chiqarish bilan
yirik korxonalar bilan raqobatlashadi.
2. Yirik korxonalar bilan raqobatlashmaydi, balki o`z bozor yo`lini topadi.
3. Bozorga individual ehtiyojlar. Moddaning tez almashuvi, tez buziluvchi
mahsulot turlari bilan bog`liq iste`mol mollarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi.
Bunday kichik innovatsion korxonalarga engil, oziq-ovqat va ASK korxonalari
misol bo`la oladi.


125

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə