Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Direktiv yondashuv
.
Ushbu yondashuvning mohiyati shundan iboratki, unda menejment tizimining
elementlari, xarajatlar sifat normativlari, huquq, majburiyatlar, funksiyalar, normativ
akt (buyruq, qaror, standart va boshqalar) orqali chegaralab qo`yiladi.


100
Direktiv yondashuv
asosida menejmentning ma`muriy metodlari yotadi va ular
quyidagilarga asoslanadi:
1)
Hudud va davlatning qonunchilik aktlari tizimi.
2)
Firmaning va yuqori tashkilotning normativ-direktiv va uslubiy hujjatlari.
3)
Reja, dastur va topshiriqlar tizimi;
4)
Operativ boshqaruv tizimi;
Davlat konunchilik aktlariga davlat qonun va qarorlari, davlat standartlari,
ko`rsatma va davlat organlari tomonidan tasdiqlangan hamda mamlakatimiz katta
hududida bajarish majburiy bo`lgan boshqa hujjatlar kiradi. Ularning tarkibi,
tuzilishi, mazmuni va o`zaro aloqasida boshqarishning barcha nazariy, amaliy
tomonlarini qamrab oluvchi menejment ilmiy yondashuvlari hisobga olinishi kerak.
Qonunchilik aktlari bir tizimga birlashishi va ularning asosiy maqsadi aholining
turmush tarzini ko`tarish bo`lishi kerak.
Birinchi 
darajali 
qonunchilik 
aktlarining 
maqsadi
-
mamlakatning
raqobatbardoshligini ta`minlash, tabiiy resurslardan, mehnat va kapitaldan oqilona
foydalanish, hamma hududlarning mikromuhit va infratuzilmalarini rivojlantirish,
menejment va iqtisodiy boshqarishning zamonaviy metodlaridan foydalanish
hisoblanadi
Firma va yuqori tashkilotning normativ - direktiv va uslubiy hujjatlariga
standartlar, uslubiyot, qaror, buyruqlar kiradi. Firma rahbariyati tomonidan
tasdiqlangan hujjatlar faqat ushbu firmada (yuqori tashkilot tizimida ) qo`llaniladi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan qonunchilikdan farqi shundaki, bu yerda menejment tizimi
va barcha quyi tizimlari elementlarining tarkibi, mazmuni va o`zaro harakati aniq
firma bo`yicha chegaralab qo`yiladi.
Firmaning normativ - direktiv hujjatlari quyidagilarni o`z ichiga olishi kerak -
hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, maqsadni amalga oshirishda rioya
qilinishi kerak bo`lgan tamoyillar va ilmiy yondashuvlar, boshqaruvchilar, ish sifatiga
talablar, resurslarni tejash, muddati va axborotlar manbai.


101
O`zaro bog`lik rejalar tizimi dastur va rejalar ham menejmentning ma`muriy
metodlariga kiradi, chunki ularning bajarilmasligi jami kollektivning bir tekisda
ishlashini buzadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə