Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Jarayonli yondashuv
Jarayonli yondashuvda
menejment funksiyalari o`zaro bog`liq holda ko`riladi.
Boshqarish jarayoni – bu strategik marketing, rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkil
etish, hisob va nazorat, motivatsiya bo`yicha uzluksiz o`zaro bog`lik harakatlarning
zanjiridir.
Rasm-4.6. Menejment funksiyalarining davri.


99
Funksiyalarining qisqacha mazmunini ko`rib chiqamiz.
Strategik marketing – bozorni strategik segmentatsiya, mahsulot sifatini
oshirish, strategiyasini isbotlash asosida firmaning strategiyasida yangiliklar va
innovatsiyalar portfelini shakllantirish bo`yicha kompleks ishlardir.
Rejalashtirish tashqi muhit holat va omillarini tahlil qilish, istiqbollash,
optimallashtirish, maqsadga erishishning al`ternativ variantlarini baholash va eng
yaxshi reja variantini tanlash bo`yicha kompleks ishlardan iborat menejment
funksiyasidir.
Jarayonlarni tashkil etish rejani amalga oshirish bo`yicha boshqaruv va ishlab
chiqarish jarayonlarining yig`indisidan tashkil topgan menejment funksiyasidir.
Jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi bo`lishi mumkin.
Jarayonlarni 
tashkil 
etishning 
asosiy 
tamoyillariga 
quyidagilar 
kiradi:
proportsionallik, uzluksizlik, paralellik, to`g`ri oqimlik, ixtisoslashuv va boshqalar.
Hisob – menejment tizimining qandaydir parametrlarini, resurslarining
sarflanishini, vaqtini hisobga oluvchi menejment funksiyasi.
Nazorat – dastur, reja, yozma yoki og`zaki topshiriq, boshqaruv qarorlarini
amalga oshirishni ta`minlovchi menejment funksiyasi.
Tartibga solish

innovatsion menejment samaradorligiga, boshqaruv
qarorlarining sifatiga ta`sir qiluvchi tashqi muhit omillarining o`zgarishini o`rganish
bo`yicha menejment funksiyasi.
Motivlashtirish – o`zini va boshqalarni firma va shaxsiy maqsadlarga erishish
faoliyatiga undovchi jarayon.
Muvofiqlashtirish - menejmentning muhim funksiyalaridan bo`lib, reja va
topshiriqlarni operativ boshqarish uchun tizim kompaniyalari ishlarini moslashtirish,
o`zaro harakatini tashkil etish va o`zaro aloqasini o`rnatishdan iborat.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə