Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Normativ yondashuv
Normativ yondashuvning mohiyati shundan iboratki, unda menejment
tizimining barcha quyi tizimlariga boshqaruv normativlari o`rnatiladi.
Bu yerda, normativlar tizimning barcha tizimlariga o`rnatilishi kerak. Ushbu
normativlar vaqt va o`lchami bo`yicha foydalanish mumkinligi, kompleksligi,
samaradorligi va asoslanganligi kabi talablarga javob berishi kerak.
Tashqi muhit komponentlari faoliyati normativlari firmaning menejment
tizimini boshqara olmaydi, ammo unda ushbu normativlarning to`plami bo`lishi,
ularga rioya qilish (ayniqsa huquqiy va iqtisodiy normativlar) va ularni
takomillashtirishda bevosita ishtirok etishi kerak.
Menejment bo`yicha asoslangan va miqdoriy ifodalangan normativlarning soni
qancha ko`p bo`lsa, boshqarishning barcha bosqichlarida tashkillashtirish,
avtomatlashtirish darajasi shuncha yuqori bo`ladi.
Normalashtirish aylanma mablag`lardan foydalanishni tahlil qilish, ularning
elementlari sarf normasi, normativni ishlab chiqish va tasdiqlash jarayonidir.
Sarf normasi – ishlab chiqarishni rejalashtirilgan sharoitda, kerakli sifatdagi
birlik mahsulotni (ishni) ishlab chiqarish uchun xom-ashyo, material va boshqa
elementlarining zaruriy maksimal rejali miqdori.
Normativlar - quyidagilar bilan xarakterlanadi:


93

Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda birlik massaga, maydonga,
unumdorlikka, 
quvvatga, 
ishlovchilarga 
normalashtirila-yotgan
elementning
solishtirma sarfi;

Barcha ishlab chiqarish jarayonlari bo`yicha texnologik chiqit va
yo`qotishlarning miqdori;

Foydadan olingan ajratmalar-iqtisodiy normativlar;

Ishlovchilar ijtimoiy ehtiyojining tuzilishi va tarkibi – ijtimoiy normativlar;
Sarf normalariga qo`yiladigan talablar:

Ular mahsulot va ish turlari bir xil metodika asosida ishlab chiqilishi va
o`rnatilishi kerak;

Ma`lum bir vaqt oralig`ida ular qayta ko`rilishi va takomillashtirilishi kerak;

Ularni joriy qilishda FTT natijalarini hisobga olish kerak;

Mahsulot sifati va ijtimoiy normativlar talablarga javob bergan holda
resurslarni tejash bo`yicha ichki imkoniyatlardan maksimal foydalanishni ta`minlashi
lozim.
Normalarni ishlab chiqarishning to`rtta metodi mavjud:
1) hisob – analitik metod;
2) tajriba metodi
3) hisobot – statistik metod;
4) iqtisodiy matematik.
Hisob analitik metodda shaxsiy normalar konstruktorlik – texnik hujjatlar,
retseptlar, reglament, tajriba – sanoat sinovlari ma`lumotlari asosida o`rnatiladi.
Tajriba metodida normalar ishlab chiqarish yoki tajriba (laboratoriya)
sharoitida aniqlangan ma`lumotlarga asoslangan holda ishlab chiqiladi.
Hisobot – statistik metod o`tgan yillarda resurslardan foydalanish bo`yicha
hisobot ma`lumotlarga asoslanadi. Ushbu metod eng oddiy va noaniq metod.
Iqtisodiy-matematik metod ehtimollar nazariyasi, matematika va eHMga
asoslangan. Ushbu metodni qo`llash uchun resurslar sarf va ularga ta`sir qiluvchi
omillar bo`yicha katta hajmda statistik ma`lumot kerak.


94
Norma va normativlardan foydalanishda ularning asoslanishi
muhim
ahamiyatga ega. Chunki, aks holda ular ishlarni rejalashtirish sifatiga va menejment
samaradorligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Ayniqsa norma va normativlarning
asoslanishi resurslar chegaralangan sharoitida kuchaytirlishi lozim.
Norma va normativlar resurslardan foydalanishni boshqarishda, mahsulot
sifati, ishlab chiqarishning ilmiy–texnik taraqqiyotini, ishlab chiqarish jarayonini,
ishlab chiqarish jamoasining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda muhim rol`
o`ynaydi.
Norma va normativlarning ilmiy assoslanishini oshirish ayniqsa, material
sig`imi katta bo`lgan tarmoqlar uchun muhimdir. Chunki ushbu tarmoqlarda
mahsulot tannarxining 80-90 % ini xom-ashyo va materiallar tashkil etadi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə