Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

20. Tizimning sinergiyaligi.
Tizimning samarali faoliyat ko`rsatishi quyi
tizimlarning samarali faoliyat qo`rsatish yig`indisiga teng emas. Agar quyi
tizimlarning samarasi yig`indisi tizim samarasidan katta bo`lsa, demak sinergiya
samarasi salbiydir.
21. Tizimning inertsiyaligi.
Tizimning ushbu xususiyati tizimga kiruvchi
ko`rsatkichlar o`zgaruvchanligiga javoban, tizimdan chiquvchi ko`rsatkichlarning
o`zgaruvchanlik tezligini xarakterlaydi.


86
22. Tizimning tashkil etilish darajasi.
Berilgan ko`rsatkichlarning
korxonaning proportsionallik, parallellik, uzluksizlik, ritm ko`rsatkichlarida
yaxshilanish darajasini xarakterlaydi.
23. Tizimni standartizatsiyalashtirish darajasi
. Yangi axborot, moliya, ishlab
chiqarish, 
boshqarish 
va 
boshqa 
texnologiyalarni 
joriy 
qilish, 
global
raqobatchilikning rivojlanishi, boshqa tizimlar bilan o`zaro almashuvni, to`g`ri
kelishishini 
ta`minlovchi 
standartizatsiya 
tamoyillariga 
asoslanadi.
Standartizatsiyalashning o`rni ayniqsa halqaro standartlarga asoslangan xalqaro
kooperatsiya rivojlangan sharoitda oshadi.
24. Tizim rivojlanishining innovatsion xarakteri.
Korxonaning innovatsion
faoliyati tabiiy omil, mehnat, kapitaldan foydalanib ularni ITTKI ishlab chiqarishni
va ularning natijalarini joriy qilishdir. Hozirgi vaqtda ITTKI, patent va nou-xau
natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish resurslarni tejash, mahsulotlarning
raqobatbardoshligini va qolaversa aholi turmush –tarzini o`stirishning asosiy sharti
hisoblanadi . Innovatsion yo`l tizim rivojlanishining asosiy va bitta yo`lidir.
Marketingli yondashuv
Marketingli yondashuvning
mohiyati shundan iboratki, tizim, quyi tizim
menejerning diqqati har qanday masalani yechishda iste`molchilarga yo`naltirilgan
bo`lishi kerak. Masalan firmaning strategiyasi quyidagilarga asoslangan bo`lishi
kerak:
a) ma`lum mahsulot yoki xizmat bo`yicha mavjud kelgusi, istiqboldagi
strategik talabga;
b) bozorni strategik segmentlashtirishga;
v) kelajakda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hayotiy davrini
istiqbollashga;
g) o`zining va raqobatchilar mahsulotlari raqobatbardoshligini tahlil qilishga;
d) raqobat qonunlarining harakat qilish mexanizmini istiqbollashga.
Yuqorida qayd etilgan strategik marketing funksiyalarini bajarish strategik
menejmentning eng quyi muammolaridan biri hisoblanadi. Firmaning har qanday


87
bo`limida har qanday masalalarni yechishda marketingli yondashuvdan foydalanish
maqsadga muvofiq bo`ladi.
Marketingli yondashuvni qo`llab, menejment funksiyalarini tanlashda
quyidagilar ustuvor bo`lishi kerak:
1)
Iste`molchilar talabiga mos holda mahsulot sifatini oshirish;
2)
Mahsulot sifatini va servis sifatini oshirish evaziga iste`molchilar
resurslarini tejash;
3)
Fan-texnika taraqqiyoti, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`paytirish
hisobiga menejment tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish obyekti resurslarini
tejash.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə