Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


-jadval Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovastion faoliyatini qurishning



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

4.3-jadval
Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovastion faoliyatini qurishning
tamoyillari
Qurish tamoyillari
Mazmuni
1.Tizimning yaxlitligi
Tizim elementlarining yaxlitligi va o’zaro hamkorligi. Tashqi ta’sirlarga
tizim yagona bir butun sifatida javob qaytaradi.Korxonaning avtonom
tizim sifatidagi operativ, ishlab chiqarish, moliya, investistion,
innovastion, strategik faoliyatining yaxlitligi.
2.Elementlarning
o’zaro bog’liqligi va
o’zaro hamkorligi
Tizimning tarkibiy qismlari to’g’ridan to’g’ri va teskari aloqa bilan
bog’langanlar. Masalan ishlab chiqarishning yakuniy mahsuloti mehnat
vositalari, mehnat predmetlari, texnologiyalar, tashkil qilishlar,
xodimlarning o’zaro hamkorligi asosida olinadi.
3.Vazifalarni
asoslanganligi
Korxona vazifalari beixtiyor emas, balki ishlab chiqarishning
maqsadlari, talabning talablari, resurslarning mavjudligiga muvofiq
shakllanadi va o’zgaradilar.
4.Ierarxiklik
Tizimning har qanday gorizontal va vertikal darajalarida elementlar
(texnologik zanjirchaning bo’g’inlari, tarkibiy bo’linmalar, alohida
xodimlar va h.k) o’rtasidagi ierarxik o’zaro hamkorlik ta’minlanishi
kerak.
5.Elementlarning
avtonomligi
Tizimning har qanday vertikal va gorizontal darajalarida boshqa
bo’linmalar harakatlariga bog’liq bo’lmagan vazifalar aniq
chegaralanadilar. Masalan, TNB, xodim, bosh konstruktor xizmatlari,
ishlab chiqarish bo’linmalari va h.k. bir biriga bog’liq bo’lmagan
vazifalarni bajaradilar, ya’ni avtonom ravishda harakat qiladilar.
6.Moslashuvchanlik,
sinxronlik, bir tekislik
Tizimning barcha bo’g’inlari va tarkibiy elementlari vaqtda
sinxronlashtirilganlar va qanday va qat’iy belgilangan usullar va yo’llar
(ishlab chiqarish jarayonlarining reglamentlar (ish tartibi), qo’llanmalar.
Texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasining me’yoriy talablari, ekologik
me’yorlarga rioya qilish, mehnat jarayonlarining tarifini belgilash)dan
foydalanishda tashkilotning asosiy maqsadlari bilan moslashganlar.
7.Moslashuvchanlik,
egiluvchanlik
Tizimni o’zgarishlarga moslashuvchanligi, masalan, ishlab chiqarish
apparatini yangi texnika, texnologiyalarga moslashuvchanligi, xodimlarni
innovastion va tashkiliy o’zgarishlariga moslashuvi va h.k.
8.Boshqaruvchanlik
Uskunani ishlashida to’xtashlar va bekor turishlarni yo’qligi, ishlab
chiqarish jarayonining har xil bosqichlarining bir tekisligi va sinxronligi,
xodimlarning sababsiz ishga kelmasliklari va kelmay qolishlarining
yo’qligi. Axborot va moddiy oqimlarning tartibga solinganligi,
boshqaruvchi bo’g’inning buyrug’i bo’yicha vazifalarni bajarilishining
muntazamligi.
9.Ko’p vazifaviylik,
ko’p jihatlik
Tizimning qaytadan yo’lga qo’yilishga, yangiliklarni tadbiq etilishiga,
xodimlar tez qayta o’qitilishiga, navlarni o’zgarishi va kengayishiga,
qismi yoki to’liq modernizastiyalanishga yangilanishga va h.k. qobiliyati.
10.Ravshanlik
Texnik va ishga doir hujjatlarning yagona atamashunosligi, tizimning
barcha bo’g’inlariga nisbatan talablarning yagonaligi, jazolar, me’yorlar
va tartibga soluvchi bazaning yagona tizimi. Tashqi ta’sirlar ta’siri ostida
qaytadan yo’naltirilishi imkoniyati.
11.Muvofiqlik
Eng muhim xususiyat-barcha bo’linmalar harakatlarini


81
muvofiqlashtirish imkoniyati, asosiy vazifalarga qaratilganlik. Barcha
yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga rioya qilish bilan ta’minlanadi.
Ma`lumki har qanday
iqtisodiy tizim rivojlanishining asosiy belgilariga
quyidagilar kiradi:
- ilmiy bilimlar integratsiyasi, fanlar orasida muammolarning ko`payishi,
- muammolarning kompleksligi va ularni texnik, iqtisodiy, ijtimoiy,
psixologik, boshqaruv va boshqa tomonlari bilan birgalikda o`rganilishi,
- echilayotgan muammolarning murakkablashuvi,
- obyektlar orasida aloqalar sonining ko`payishi,
- ayrim resurslarning etishmasligi,
- ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonida standartizatsiyalash va
avtomatlashtirish elementlari darajasining oshishi,
- inson omilining boshqaruvdagi rolining oshishi.
Yuqorida qayd etilgan belgilarning hammasi tizimli yondashuvni qo`llashni
talab qiladi va shu orqali boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta`minlash
mumkin.
Tizimli yondashuv
– obyektni tizim sifatida tadqiq qilish uslubiyotida. Tizim
ikkita tarkibdan tashkil topgan:
1)
Tashqi atrof muhit
– tizimga kirish, chiqish va tashqi muhit aloqasidan
tashkil topgan.
2)
Ichki tuzilishi
- o`zaro bog`liq komponentlarning yig`indisi bo`lib,
boshqaruv subyektining obyektga ta`sir qilish jarayonini, tizimga kirish, chiqish va
tizimning maqsadiga erishishni ta`minlaydi.
Tizimli turkumlashtiris
h.
Tizim bir-biridan farq qiluvchi bir qator belgi va o`lchamlari bilan
xarakterlanadi.
1.
Tizimning tashqi muhit bilan o`zaro harakati bo`yicha
:
1.1. Himoyalangan tizim – tizimning tashqi muhit bilan kirish va chiqish
aloqasi yo`q.


82
1.2. Yopiq tizimlar. Tizimning tashqi muhit bilan faqat bitta aloqasi bor. (kirish
yoki chiqish)
1.3. Ochiq tizimlar – tizimning tashqi muhit bilan chiqish va kirish aloqalari
bor ( masalan, davlat, firma, odam, mashina va hokazo).
2.
Tizimning o`lchamlari bo`yicha
:
2.1. Kichik tizimlar – tizimdagi komponentlar soni 30- dan kam.
2.2. O`rta tizimlar- tizimdagi komponentlar soni 30-300 gacha.
2.3. Katta murakkab tizimlar – tizimdagi birlik komponentlar soni 301 dan
ko`p.
3.
Tizimning turlari bo`yicha
:
3.1. Biologik tizimlar- tirik organizmlar.
3.2. Texnik tizimlar- berilgan funksiyani bajaruvchi, detal va butlovchi
qismlardan tashkil topgan buyum.
3.3. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar - turli vazifalarni bajaruvchi iqtisodiy, ijtimoiy,
ishlab chiqarish, texnik va ijtimoiy tuzilmalardan tashkil topgan kompleks tizim.
4.
Tizimning ixtisoslanish darajasi:
4.1. Kompleks tizimlar - obyekt hayotiy davri bosqichlaridagi barcha ishlarni
yoki funksiyalarni boshqaruvchi tizimdir.
4.2. Ixtisoslashgan tizimlar obyekt hayotiy davrining bitta bosqichdagi bitta ish
yoki funksiyani boshqaruvchi tizim (bank, marketing tashkiloti, butlovchi korxona ).
5.
Tizimning faoliyat ko`rsatish davomiyligi bo`yicha
:
5.1. Qisqa muddatli tizimlar - qisqa vaqt faoliyat ko`rsatadi yoki bir marta
ishlatiladi.
5.2. Diskret tizimlar – tizimlar ma`lum vaqt oralig`ida faoliyat ko`rsatadi (
masalan, inson, avtomobil`).
5.3. Uzoq muddatli tizimlar – tizimning faoliyat ko`rsatish davri vaqt bilan
chegaralanmagan.
Tizimli yondashuvning mohiyatini
tushunish uchun asosiy belgilari bilan
birgalikda uning xususiyatlarini ham o`rganish boshqaruv qarorlarining sifatini
ta`minlashda muhim o`rin egallaydi.


83
Tizimning xususiyatlarini 4 guruhga bo`lishimiz mumkin:
1. Tizimning mohiyati va murakkabligini xarakterlovchi xususiyatlar;
2. Tizimning tashqi muhit bilan aloqasini xarakterlovchi xususiyatlar;
3. Tizimning maqsad metodologiyasini xarakterlovchi xususiyatlar;
4. Turli tizimlarning faoliyat ko`rsatish o`lchamlarini xarakterlovchi tizimlar.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə