Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


-guruh. Tizimning mohiyati va murakkabligini xarakterlovchi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

1-guruh.
Tizimning mohiyati va murakkabligini xarakterlovchi
xususiyatlar.
1. Tizimning birlamchiligi.
Tizimlar nazariyasi bo`yicha tizimlar butun tarzida
mavjud va undan keyin ular alohida komponentlarga bo`linadi. Ya`ni komponentlar
butunlikni tashkil qilmaydi, aksincha bir butunlik komponentlarga bo`linadi.
2. Tizim o`lchamlari.
Tizimdagi komponentlar soni va ularning o`zaro aloqasi.
Komponentlar soniga nisbatan tizimlar kichik, o`rta va kattaga bo`linadi.
3. Tizim tuzilishining murakkabligi
. Tizim tuzilishi murakkabligi quyidagi
o`lchamlar bilan xarakterlanadi:
Tizimni boshqarish bo`g`inlari soni, komponentlarning ko`pligi va ularning
aloqasi, tizimni yoritish va boshqarishning murakkabligi, boshqarish modelining
o`lchamlari soni, boshqarish uchun kerakli axborotlar soni va hokazo.
4. Tizimning kattaligi.
Tizimning kattaligi quyidagi o`lchamlar bilan
xarakterlanadi: berilgan vaqt oralig`ida - tizim o`lchamlarning o`zgarish darajasi,
tizimning faoliyat ko`rsatishiga obyektiv qonun va qonunchilikning ta`sir darajasi,
tizimning erkinlik darajasi va hokazo.
5. Tizimning vertikal butunligi.
Boshqaruv bosqichlari soni va uning
o`zgarishining tizimga ta`siri, boshqaruv bosqichlarining o`zaro aloqasi, boshqaruv
subyektlarining obyektga ta`sir darajasi, tizim quyi tizimlarining mustaqillik darajasi.
6. Tizimning yotiq ( gorizontal) munosabatlari
. Bir bosqichdagi quyi tizimlar
orasidagi aloqalar soni, ularning bog`liqligi va gorizontal buyicha ularning
integratsiyalashuvi.
7. Tizimni yoritishining ko`p qirraligi.
Tizimning murakkabligi tufayli
ularning barcha xususiyatlari va tomonlarini o`rganish qiyin. Shuning uchun tahlilda
tizimning ma`lum bir bosqichi bilan chegaralanish maqsadga muvofiqdir.


84

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə