Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K


- rasm. Innovastion menejmentning boshqaruvchi tizimchasi



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

4.2.- rasm.
Innovastion menejmentning boshqaruvchi tizimchasi
Ierarxiya ikkinchi bosqichi
ishlab chiqarish tizimchasining ajralib turuvchi xususiyati
oqimlarni muvofiqlashtirish va muvofiq taqsimlash vazifasidan, shu jumladan ierarxiyaning
birinchi, pastki bosqichi tipik texnologik jarayonlarini dekompoziyalash va agregastiyalash
(biriktirish) dan iboratdir. Bunda har bir tipik jarayon kirishlar, chiqishlar, holatning har xil
parametrlari, boshqaruv va berilgan maqsaddan chetga chiqishlarga ega kichik tizim bo’ladi.
Ko’pgina tipik jarayonlar ierarxiyaning pastki darajasidayoq determinastiyalanganlik
(asoslanganlik)ning pastki darajasi bilan ta’riflanadi. Ayniqsa bu “insoniy resurslar”
tizimchasiga tegishlidir. tushunarliki, ierarxiyaning yuqoriroq darajalarida tizimning
noaniqligi o’sadi. Shuning uchun tizimlarning noaniqligini bartaraf qilish uchun
ierarxiyaning barcha bosqichlarida jarayonlarni mahalliy barqarorlashtirish, egiluvchan,
moslashuvchan jarayonlar va boshqaruv tizimlarini, hamda o’z ichiga bashoratli ustunni
tahlil qilish, boshqaruv qarorlarining daraxtini yaratish, yashash davrili va ehtimolli
yondashishlarni qo’llash, ekonometrik, statistik, imitastion va vaziyatli modellashtirishdan
foydalanishni oluvchi menejmentning yangi usullari kabi tizimchalarni boshqarish
vazifalarini alohida ajratish zarur.
Murakkab tizimchalarni boshqarishda evristik modellashtirish, ko’p bosqichli
muvofiqlashtirish asosiy usullar bo’lishlari mumkin. Evristik modellar xodimlarni
boshqarish tizimlariga nisbatan ko’proq qo’llanadilar, ko’p bosqichli muvofiqlashtirish esa,
ishlab chiqarish va marketingni boshqarish tizimlariga nisbatan qo’llaniladi.
Ko’rib chiqilgan boshqaruvchi va boshqariladigan tizimchalar ta’minlash tizimchasi,
ilmiy tizimga, firma mikromuhiti kabi asosiy tizim yagona bir butun sifatidagi tashkilotning
tashkil qiluvchilari bo’ladilar.
Tashkilot
“ochiq tizim
” sifatida faoliyatning turli tuman shakllari, jihatlari tashkiliy
tuzilmalarning birligi bilan ta’riflanadi, falsafa vazifasiga ega.
Tashkilotni faoliyat yuritishining muvofiq shartlarini aniqlash uchun tizimchalar,
tipik jarayonlar va barcha darajadagi elementlarni tashkil qiluvchi katta, murakkab
tizimlarning ko’rsatkichlari va xususiyatlarini umumlashtirish zarur. Ochiq tizim sifatidagi


80
tashkilot innovastion faoliyatini qurishning umumlashtirilgan tamoyillari 4.3 – jadvalda
berilgan.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə