Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Kompleks yondashuv
Kompleks yondashuv qo`llanilganda menejmentning
texnik, ekologik,
iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik, kerak bo`lganda siyosiy, demografiya
tomonlari va ularning o`zaro bog`liqligi hisobga olinishi kerak. Agarda
menejmentning bitta muhim tomoni hisobga olinmasa muammo to`la yechilmasdan
qolishi mumkin. Ammo amaliyotda ushbu talablarga hamma vaqt rioya qilinmaydi.
Masalan, yangi korxonalar qurishda ijtimoiy savollar «keyinga» olib qo`yiladi,
buning natijasida obyekt umuman ishga tushmaydi yoki u to`la quvvat bilan
ishlamaydi. Yangi mehnat qurollarini loyihalashtirishda uning ekologik va ergonomik
ko`rsatgichlariga ba`zan ikkinchi darajali e`tibor beriladi. Buning natijasida ular
raqobatbardosh bo`lmay qoladi.
Yangi tizimlarni shakllantirishda va eskilarini qayta tashkil etishda har doim
ijtimoiy va psixologik tomonlar hisobga olinavermaydi.
Menejmentda kompleks yondashuvni qo`llash quyidagi sxemada ko`rsatilgan.


95
Rasm-4.4. Menejmentda kompleks yondashuvni qo`llash sxemasi.
Integratsion yondashuv
Menejmentda
integratsion yondashuv
quyidagilarni tadqiq qilishga va ularning
o`zaro aloqasini kuchaytirishga yo`naltirilgan:
a) innovatsion menejment tizimining quyi tizimlari va komponentlari orasida;
v) boshqarilayotgan obyektlar hayotiy davri bosqichlari orasida;
g) vertikal bo`yicha boshqaruv bosqichlari orasida (davlat, hudud, firma, uning
bo`limlari), gorizontal bo`yicha boshqaruv subyektlari orasida.
«Integratsiya»
degan termin boshqaruv subyektlarining hamkorligini
chuqurlashtirish, ularni birlashtirish, boshqaruv tizimi orasidagi o`zaro harakat,
o`zaro aloqalarni chuqurlashtirishni bildiradi.
Obyektning hayotiy davri bo`yicha integratsiya – ushbu integratsiya sifat,
miqdor, xarajat ko`rsatgichlaridan tashkil topgan boshqarishning yagona, kelishilgan
axborot tizimini shakllantirishni ta`minlaydi.
Vertikal bo`yicha integratsiyada kichik, yuridik, mustaqil firmalar raqobat
ustivorlikka erishish maqsadida birlashadilar. Bu yerda ustunlik kuchli ilmiy-tadqiqot
bazasi, yangi axborot texnologiyalari, murakkab dastgohlar yaratish hisobiga
erishiladi.
Jarayonlarni tashkil
etish
Eko-tizimni
saqlash
Psigologiya va
sotsiologiya
Texnika va
texnologiya
Xavfsizlikni
ta`minlash

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə