Xayitov sh. N., Artikova d. M., Musayeva j. K



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/171
tarix30.12.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#166910
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171
INNOVATSION MENEJMENT OQUV QOLLANMA

Funktsional yondashuv
Funktsional yondashuvning
menejmentga nisbatan mohiyati shundan iboratki,
ya`ni bu yerda ehtiyoj funksiyalar yig`indisi sifatida ko`riladi va bu funksiyalarni
bajarish shart. Funksiyalar o`rnatilgandan keyin ushbu funksiyalarni bajarish uchun
bir nechta al`ternativ obyektlar tuziladi. Al`ternativ obyektlar ichidan obektning
hayotiy davridagi uning birlik foydali samarasiga minimal xarajatlarni talab qiluvchi
obyekt tanlab olinadi. Obyektning zanjirli rivojlanishi quyidagicha: ehtiyoj funksiya
– kelgusi obyekt ko`rsatkichlari - tizim tuzilishidagi o`zgarishlar.
Hozirgi vaqtda boshqarishda asosan predmetli yondashuv qo`llaniladi va unda
mavjud obyekt takomillashtiriladi. Masalan, texnik tizim marketing tadqiqotlari
natijasi, fan-texnika taraqqiyoti tahlili, iste`molchilar takliflari asosida mavjud tizim
takomillashtiriladi. Ushbu yondashuvning qanday kamchiliklari mavjud?
Birinchidan, konstruktorlar o`zlari jahon bozorini chuqur va keng qo`lamli
tahlil qilishga qiziqmaydi, chunki ular o`zlari uchun murakkab masalalar tuzgan
bo`ladilar. Obyektni joriy qilish vaqtida iste`molchilarning jahon bo`yicha ehtiyoj
darajasini konstruktorlar istiqbol qila olmaydi, buni faqat marketologlar obyektiv
istiqbollashi mumkin. Ikkinchidan, konstruktorlar harakat qilishlari natijasida
jahondagi eng yaxshi natijani yaratish mumkin. Ammo ushbu namuna kecha
loyihalashtirilgan va unda eski texnik g`oyalar o`z ifodasini topgan bo`lishi mumkin.


88
Umuman olganda predmetli yondashuvda investorlar va menejerlar faqat
kechagi kun ko`rsatkichlarini yechishga harakat qilishadi va jahon darajasiga hech
qachon chiqolmaydi.
4.4-Jadval
Firma tuzilishining rivojlanishiga nisbatan funktsional va predmetli yondashuvdagi
farqlar
.
Belgi
Predmetli yondashuv
Funktsional yondashuv
1.Yondashuv g`oyasi.
Mavjud tuzilma va ishlab
chiqarilayotgan modellarni
takomillashtirish.
Bozor talablaridan kelib
chiqqan holda yangi obyekt
va tuzilmalarni yaratish.
2. Firma tuzilishining tashkil
etilish shakli.
Chiziqli-funktsional yoki
matritsali.
Mummoli-maqsadli yoki
matritsali.
3. 
Firma 
tashkiliy 
ishlab
chikarish darajasining yangilik
darajasi.
Past
Yuqori.
4. Asosiy moddiy aktivlar
holati.
Eskirgan.
Yangi.
5. Shtat jadvali shakllanish
tamoyili
Bo`lim tuzilmalarning
ishlovchi xodimlarga
moslashtirish (adaptatsiya)
Bo`lim vazifalari va
funksiyalari firma chiqish
ko`rsatkichlari bo`yicha.
6. Yuqori malakali menejer va
mutaxassislarning solishtirma
hissasi.
Past.
Yuqori.
7.Menejer 
va
mutaxassislarning o`rtacha ish
haqi.
Yuqori emas.
Ikki marta katta.
8. 
Menejer 
va
mutaxassislarning 
o`rtacha
yoshi.
50-55 yosh
35-40 yosh
9.Firma 
faoliyatining
samaradorligi va barqarorligi.
Past
Yuqori
10. 
Firmaning
raqobatbardoshligi.
Yuqori emas.
Yuqori

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə